UMUMIY XULOSALAR
Mavzu yuzasidan yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalar va tadqiqot
natijalaridan kelib chiqib, quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:
Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy
tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyat ma’naviy yangilanishining
strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga
xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy
tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarning
muayyan majmui xalqimizning tarixi, urfodatlari, rasmrusmlari asosida
tayyorlanib, o‘quvchiyoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg‘otish ruhida
o‘tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o‘ziga xoslikka
haddan tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari, urfodatlarini
ozgina bo‘lsada kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlar bo‘yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy
qadriyatlar bag‘rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‘tkazilishi lozim.
Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini
o‘zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini
birlashtiradi. Ma’naviyati va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda
xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat
o‘z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va
ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo‘lida jipslashishlarida
qudratli omil sifatida xizmat qiladi;
Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy
madaniyatni takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy
kismidir. Bu esa mazkur yo`nalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga
solish va uning sub’ekti masalasini kun tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar
uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida Nizomi ishlab chiqildi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi
tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda
maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar
saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzkiy
davomchisi bo‘lib qolishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo‘ladi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy
va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu
jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Tarbiyaviy
ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko‘ngildagiday olib borishda
o‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va
mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan,
uyushgan, tahlil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo‘lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |