2.3. Maktabda “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-
yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish
O‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini milliy va umuminsoniy
qadriyatlar asosida shakllantirishda o‘qituvchilar va murabbiylar quyidagilarga
qat’iy rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
xalq orasida keng tarqalgan va yoshlar fuqarolik madaniyatining
shakllanishiga ta’siretuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ijobiy fazilat kasb
etgan qadriyatlar mohiyatini atroflicha tushuntirish;
tashkiliy-pedagogik tadbirlarning suhbat, munozara, savol-javob
kechalari, konferensiya, ekskursiya kabi usullaridan keng foydalanib, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risida puxta ma’lumotlar berish ;
o‘quv mashg‘ulotlari, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘rganilayotgan
mavzular mazmuni bilan bog‘lab, o‘quvchilarning insoniy madaniyati, bilimlari
saviyasini takomillashtirishga erishish.
“Ma’naviyat” soatlarida va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tadbirlarida
o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini,
bilimlarini mustaqil, ijodiy tarzda bayon etishi ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish.
O‘zbek xalqining turli asrlar mobaynida shakllanib, davr ruhidan yangi
mazmun kasb etib millatning quvonchi, qo‘lga kiritilgan g‘alabasini,
muvaffaqiyatini, iftixorini aks ettiruvchi milliy bayramlari mavjud. Ular shaklan
milliy, mazmunan hududiy xususiyat kasb etib o‘quvchilarda fuqarolik
madaniyatini shakllantirish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.
“Chunki kishilar, ayniqsa bolalar baramda eng yaxshi kiyimlarini kiyadilar, lazzatli
taomlar tayyorladilar, ularda ko‘tarinki kayfiyat hamroh bo‘ladi, eng yaxshi
an’analarga rioya etishlarini, o‘zlarining qobiliyatlarini, ijodkorliklarini namoyish
qiladilar. Demak, bayram – ijtimoiy, madani, ma’naviy yutuqlarini namoyish
etuvchi, shu yutuqlar asosida tarbiyalovchi vositadir. Shu boisdan bayramlar
o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi o‘ziga xos sehrli kuchga egadir”.
Mamlakatimizda milliy bayramlarimiz juda ko‘p. Bular madaniyat, san’at,
mehnat, ma’rifat, oilaviy, diniy, ommaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan bayramlardir.
Ular ichida eng ta’sirchani, muqaddasi mustaqillik bayramidir.
Ma’lumki, 1991-yil 1-sentabr O‘zbekiston xalqi, o‘zbekiston millatining
hayoti uchun mo`tabar kun bo‘lib, uning tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi. Bu
kun O‘zbekiston mehnatkashlari uchun aziz bayram mustaqillik bayrami,
Umumxalqbayrami bo‘lib qoldi. Xalqimizning azaliy orzusi, maqsad-muddaosi
ushaldi. Shuning uchun bu bayram elimizda har yili katta shodiyonalik, faxru-
iftixor bilan nishonlanadi. Yurtimiz yangicha ko‘rinish, chiroy kasb etadi.
Mustaqillik har mamlakat kishisi, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar qalbini
tug‘yonga keltiruvchi, ularni yangi zafarlar sari chorlovchi bayram hisoblanadi.
O‘zbekiston mustaqilligining asosini shu diyorining o‘zi, uning xalqi, uning
ma’naviy va madaniy merosining mazmunini tashkil etgan onatili, tarixi, urf-
odatlari, an’analari, marosimlari tashkil etadi. Shuning uchun ham mustaqillik
qadriyat hisoblanadi.
Zero, mustaqillik davlatni davlat, millatni millat, elni el etadi. Uning
mohiyat-mazmunini anglagan har bir fuqaro, shu jumladan, yoshlar uni asrab-
avaylashga, qudratini yuksaltirishga, unga sodiq qolishga astoyidil o‘qiydi va
mehnat qiladi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini izhor etadi.
Shunday ekan bayram kunlarida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari,
murabbiylari, guruh rahbarlari o‘quvchilarga mustaqillikning mazmunini teranroq
anglashga ko‘maklashishi, O‘zbekistonning davlat ramzlari – bayrog‘i, tamg‘asi
(gerbi), madhiyasi bilan faxrlanishga da’vat etishi, uning Konstitutsiyasi to‘g‘risida
tushuncha berib, yoshlarni elim deb, xalqim deb yonib yashashga o‘rgatishi lozim.
Shuni inobatga olib, tajriba ishlari olib borgan ob’ektlarda “Mustaqillik – buyuk
qadriyat”, “Mustaqillik sodiqlik – elga sodiqlik”, “Mustaqillik – mening
hayotimda”, “Mustaqillikni asrash har bir yoshning – fuqarolik burchi”, “Men
nechun ardoqlamay mustaqillikni”, “Gulla, yashna mustaqil O‘zbekiston”,
“Mustaqillik bo‘lsang mustaqil bo‘l! Davlat bo‘lsang, davlat bo‘l!” mavzularida
munozaralar, suhbatlar, tarbiyadarslari, ma’naviyat soatlari, savol-javob davralari
tashkil qilindi.
Mustaqillik
–
mamlakatda
demokratik
o‘zgarishlarni
yanada
chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uchun ongimiz va
fikrimizni yanada yuksaltirish hamda jahonhamjamiyatida o‘z o‘rnimizni
egallashdir.
Vatanparvarlikni shakllantirishda o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy–
ma’rifiy tarbiya ishlari bilan birga, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan
foydalanish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar millatni, xalqni jumladan,o‘quvchi-yoshlarning buyuk
kelajak va ulug‘vor maqsadlarga yetaklash, taraqqiyot, Vatan ravnaqi uchun doimo
ma’suliyat sezib yashash hamda yetuk shaxs bo‘lib tarbiyalanishlari uchun katta
imkoniyatlar yaratadi.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqining madaniy va siyosiy hayotida asrlar
davomida shakllanib, sayqallanib va takomillashib kelayotgan milliy va
umuminsoniy qadriyatlar mazmunida xalqning noyob urf-odatlari, an’analari,
intizomi, madaniyati, hayot qonunlari mujassamlashtirgan bo‘lib, ular kishilarning
moddiy va ma’naviy hayotini mukammalashishiga, iqtisodiy va madaniy
taraqqiyotiga zamin tayyorlab kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun
ham ular oliy o‘quv yurti o‘quvchilarida fuqarolik madaniyatini shakllantirishda
muhim mexanizm rolini o‘tashi tabiiy.
Qadriyat atamasi ilmiy manbalarda qayd etilishicha, inson tomonidan
amalga oshiriluvchi faoliyatining mazmunini ochib beruvchi falsafiy–sotsiologik
va aksiologik tushuncha hisoblanib, voqelikdagi voqea va xodisalarning ijtimoiy-
madaniy xususiyatini aks ettiradi. Chunonchi, «Mustaqillik: izohli ilmiy–ommabop
lug‘atida qayd etilishicha, «Qadriyatlar–borliq va jamiyat, narsalar, voqealar,
hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish
uchun qo‘llaniladigan tushuncha».
Albatta, ushbu tushuncha muayyan jamiyat, sinf yoki fuqarolar turmushi
va madaniyatining jixatlarini ifodalab ular inson ma’naviy–kamoloti, yoki
jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondirish, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini
boyitishga xizmat qiladigan ne’matdir. Shuning uchun u inson va jamiyat rivojiga
ijobiy hissa qo‘shadigan millat, elat hamda ijtimoiy guruhlarning manfaatlari,
maqsadlariga xizmat qiladigan pedagogik omil hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlardan biri
– bu milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qayta tiklanishi, ularga yangicha
mazmun berilishi bo‘ldi. Darhaqiqat Respublika prizedenti I.A Karimov mustaqil
O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari xususida gapirar ekan,
bu negizlar:
o umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
o
xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
o
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
o
vatanparvarlik”dan iborat bo‘lishi kerak deb ta’kidlar ekan, mazkur
ma’naviy-axloqiy negizning kuch-qudrati umuminsoniy va milliy qadriyatlarning
mushtarakligini uqtiradi. Chunki, qadriyatlar xoh u umuminsoniy bo‘lsin, xoh
milliy jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllanib, rivojlanib o‘tmish uchun muhim
jamiyat etib qolmasdan, balki bugungi kun, kelajakning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
madaniy, ma’rifiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi hodisa hisoblanadi.
Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning
zaruriy mahsuli, muayyan bir davr, sharoit va ehtiyojning ko‘zgusi sifatida
milliyligi va umumbashariyligi bilan farqlanadi.
Milliy qadriyatlar ma’lum bir millatning tarixini, madaniyatini, tilini,
san’atini, adabiyotini, ruhiy va axloqiy-estetik fazilatarini qamrab oluvchi, uning
o‘tmishi, hozirgi davi va kelajak taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi, millatni
birlashtiruvchi
axloqiy-ma’naviy,
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy-madaniy
munosabatlar majmuidir. Shu ma’noda milliy qadriyat millat va xalq uchun
o‘tmish ajdodlari, hozirgi avlodlari tomonidan yaratilib, eng katta va kuchli
moddiy hamda ma’naviy boylik sifatida e’zozlanadi, asrab-avaylanadi va yosh
avlod tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Umuminsoniy qadriyatlar turli millat va elatlarning tarixi, turmush tarzi,
madaniyatining bir-biriga o‘xshashlik, bir butunlik tomonlarini ifodalaydi. Uning
asosini, dunyo xalklari o‘rtasidagi tenglik, xamjixatlik, adolat o‘zaro hamkorlik,
xalqaro huquq normalariga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy,
ma’rifiy-madaniy, xususiyatlar tashkil etadi.
Insoniyat aql-idroki va tafakkurining buyuk samarasini tashkil etgan fan-
texnika taraqqiyoti, madaniy-ma’rifiy yutuqlar, dunyo mamlakatlari va xalqlari
o‘rtasidagi iqtisodiy-siyosiy hamkorlik umuminsoniy qadriyatlar mazmunini
qamrab oladi. Umumbashariy qadriyatlar o‘quvchilarda dunyo xalqlarining hayoti,
madaniyati, mehnat faoliyati, odati, marosimlari, urf-odatlari haqida ma’lumot
berib, ularni insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, estetik,
axloqiy, mehnat, falsafiy madaniyatiga yaqinlashtiradi. Buning natijasida
o‘quvchilar mamlakatda yashaydigan turli millat, elat, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, mehnat faoliyati, turmush tarzi, yashash sharoiti bilan bog‘liq holda, shu
millat, elat, xalqning turli urf-odatini, axloq normalarini, odobini, o‘tmishi va
kelajagini bilib oladilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini
shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatga sadoqat, madaniy merosimiz,
tariximiz, ona tilimiz, ruhiyatimizga hurmatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va
yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tashabbuskor shaxsiga aylantiradi.
Demak, bo‘lajak mutaxassislarni maktabdanoq o‘qish jarayonida milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga va ular asosida tadbirlar tashkil qilib
o‘tkazishga jalb qilish, ajdodlarimiz va butun jahon xalqlarning hayot tarzi mehnat
faoliyati, turmush odobi, ijtimoiy– tarixiy taraqqiyotini mukammalroq o‘rganishga
ko‘maklashadi. Va ular o‘quvchilarning xulq madaniyati, iymon–e’tiqodi, ijodiy,
mustaqil tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari kabi fuqarolik madaniyatining sifatlarini
shakllantirishga yordam beradi. Bu esa fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan
dadil odimlayotgan mamlakatimiz uchun ham, tadbirkor, ishbilarmon, fidoyi,
Vatanni, xalqi uchun yonib yashaydigan fuqarolarni voyaga yetkazish uchun
muhim pedagogik voqea bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |