Vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti kurs ishi


  Tarbiyaviy  tadbirlar  asosida  o‘quvchilarni  milliy  qadriyatlarga



Download 456,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana09.08.2021
Hajmi456,17 Kb.
#143391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi Tarbiyaviy ishlar metodikasi

2.4.  Tarbiyaviy  tadbirlar  asosida  o‘quvchilarni  milliy  qadriyatlarga 

va buyuk vatandoshlarga hurmat ruhida tarbiyalash 

 

Tarixdan  ma’lumki,  Spitamen,  Jaloliddin  Manguberdi,  Temur  Malik, 



Mahmud  Torobiy  kabi  milliy  qahramonlarimiz  mavjud  bo‘lib,  ular  ona  yurt 

ozodligi,  xalq  tinchligi,  farovon  hayot  uchun  jonlaridan  kelgan  insonlardirlar. 

Shuning  uchun  ular  milliy  qahramonga  aylanib,  millatimizning  faxriga 

aylanganlar.  Bugungi  kunda  o‘quvchi-yoshlarni  ularning  hayot  solnomasidan 

xabardor qilish, ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, mustaqillikni mustahkamlash 

va  fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishga  hormay-tolmay  xizmat  qilishga 

undashda  tarixiy  qadriyatlardan,  ayniqsa  buyuk  sarkarda,  milliy  qahramonlar 

jasorati haqida ma’lumot berish muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hisoblandi. 

 

Ayniqsa  bunday  tarixiy  qadriyatlardan  Buxoro  yaqinidagi  qishloqda 



tug‘ilgan,  oddiy  hunarmand  oilasida  tarbiya  ko‘rgan,  yovga  nafrat  o‘ti,  vatanga 

muhabbat  tuyg‘usi  bilan  yongan,  ozodlikni  muqaddas  burch  va  majburiyat  deb 

bilgan,  o‘zbek  xalqi qahramonligini  o‘zida  to‘liq  mujassamlashtirgan,  ona  yurtini 

arosatda  ko‘rib  «Uzoq  uxladik,  uyg‘onmak  kerak,  alhol,  Tangrim  kechirmagay!» 

deb  Chingizxon  qo‘shiniga  qarshi  qo‘zg‘olon  ko‘targan  va  shahid  bo‘lgan 

Mahmud  Torobiyning  jasorati  alohida  hurmatga  loyiq.  U  o‘zbek  xalqining  milliy 

qahramoni, Buxoroning faxridir. 

 

Tarixiy  qadriyatlar  tizimida  bobokalonimiz  sohibqiron  Amir  Temurning 



hayot  solnomasi  va  jangovor  faoliyat  yo‘li  ham  o‘quvchilarda  fuqarolik 

madaniyatini shakllantirish ta’sirchan vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. 

 

Tarixdan  ma’lumki,  Amir  Temur  yurtni  turli  bosqinchilardan  tozalab, 



parokanda  yurtni  birlashtirib,  markazlashgan  yagona  davlat  barpo  eta  olgan,  ilm-

ma’rifatga  homiylik  qilib,  madaniyat,  ma’rifatni  rivojlantirish  orqali  taraqqiyotni 

tezlashtira olgan buyuk shaxs, yengilmas sarkarda hisoblanadi. Shuning uchun ham 



uning  hayot  yo‘li,  jasorati,  ilmiy-ma’rifiy  faoliyati  bugungi  o‘quvchilar-yoshlar 

uchun  hayot  maktabi,  ilm-ma’rifat,  adolat,  jasorat  manbai  va  fuqarolik  tarbiyasi 

vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. 

 

Amir  Temur  o‘z  faoliyatida  adolatga  suyanib  yashadi  va  uni  o‘z 



mamlakatida o‘rnatdi hamda targ‘ib qildi. Uning shiori ham  «Rusti-rosti» («Kuch 

adolatda»)  degan  iboradan  tarkib  topganligi  sababli,  uning  adolat  qilichi  bir  umr 

sinmay,  doimo  unga  zafar  keltirdi.  Amir  Temur  qoldirgan  tarixiy  meros  «Temur 

tuzuklari»  jahon  madaniyati  xazinasidan  joy  olgan  asar  bo‘lib,  u  tarixiy 

taraqqiyotni  turli  davrlarida  davlatni  boshqarish  ishlarida  dasturamal  bo‘ldi  va 

shunday bo‘lib qolmoqda. 

 

Umuminsoniy  qadriyatlar  milliy  qadriya  bilan  uyg‘unlashsa,  o‘quvchida 



ma’naviy  kamolot,  fuqarolik  madaniyati  shakllanishi  tezlashishini  tadqiqotimiz 

natijasi  ko‘rsatdi.  Masalan,  butun  jahonni  mavq  etgan  Amir  Temur  ham 

umuminsoniy  qadriyatlarni,  ya’ni  o‘zga  xalqlar,  millatlar  qadriyatlarini,  urf-

odatlarini  yaxshi  bilgan  va  ularga  hurmat  bilan  yondashgan.  Shuning  uchun  ham 

boshqa ellar, xalqlarning hurmatini qozona olgan. 

 

Milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarning  mohiyatidan  kelib  chiqib, 



dastavval  tadqiqotimiz  jarayonida  o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyatini 

shakllantirishni  ta’minlaydigan  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar  tasnifi  ishlab 

chiqildi. 

 

Binobarin  jadvalda  keltirilgan  «Ma’naviy-ma’rifiy  qadriyatlar»,  «Tarixiy 



qadriyatlar»,  «Axloqiy  qadriyatlar»,  «Umuminsoniy  qadriyatlar»,  «Milliy 

marosimlar»,  «Milliy  bayramlar»  mazmunini  muayyan  millat,  xalq  uning 

ajdodlariga  xos  bo‘lgan  g‘oyat  qadrli  ma’naviy–ma’rifiy  va  moddiy  boyliklar 

tashkil etadi. Shuning uchun ham ular katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. 

 

Demak,  o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishda  ulardan 



foydalanish  mazkur  qadriyatlarning  mazmun-mohiyati  o‘quvchilar  bilan  birga 

o‘rganish  birinchidan  qadriyatga  bo‘lgan  o‘quvchining  hurmat  va  sadoqatini 

tarbiyalasa,  ikkinchidan,  o‘quvchining  qadriyat  mazmunini  boyitishga  intilishini 

kuchaytiradi. 

 

Masalan, salomlashish, kattalarga hurmat, kichiklarga e’zozda bo‘lish,  




o‘zaro  yordam,  muomala  odobi  kabi  qadriyatlar  o‘zbek  xalqining  asrlar  davomida 

asrab  kelinayotgan  va  avloddan-avlodga  o‘tib,  boyib,  sayqal  topib,  rivojlanib 

borayotgan  qadriyat  hisoblanib,  u  o‘tmish  ajdodlarimizning  ma’naviy–axloqiy, 

badiiy–estetik odatlaridan darak berib, talab-yoshlarning insoniy burch, ma’suliyat, 

majburiyatini, mustaqillik tafakkuri bilan boyitishga ko‘maklashadi. 

 

Shunday  ekan  o‘quvchilarga  ushbu  qadriyatlarning  ahamiyatini  falsafiy-



pedagogik  talqin  qilish,  ma’naviy-ma’rifiy  mazmunini  yoritish  yoshlarni  ezgu 

niyatlar  sari  yetaklashga  imkoniyat  yaratish  muqarrar.  Shuning  uchun  ham 

qadriyatlarni  asrab  avaylash,  ularga  hurmat  bilan  qarash  va  sodiq  qolishga 

o‘quvchilarni  o‘rgatish  oliy  ta’lim  professor–o‘qituvchilarining  kasbiy–  ma’rifiy 

burchi  hisoblanadi.  Qolaversa,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida 

ta’kidlaganidek,  «Fuqarolar  O‘zbekiston  xalqining  tarixiy  ma’naviy  va  madaniy 

merosini avaylab asrashga majburdirlar». 

 

           Bu    tadbirlar    oliy    o‘quv    yurtlarida    har    hafta    o‘tkaziladigan  



“Ma’naviyat  soatlari”    va        “Ma’naviyat  kunlari”ning  tarbiya  darslarida  olib 

borildi.      Ma’lumki,  buyuk  insonlar  va  mashhur  kishilarning  ta’limoti,  turmush 

tarzi  muhim  qadriyat  hisoblanadi.  Shu  ma’noda  ma’naviy-ma’rifiy  qadriyatlar 

tizimidagi  mashhur  shoiru-fuzalolar,  buyuk  siymolarning  hayot  va  ijod  yo‘li, 

qomusiy  olimlar,  diniy  ilm  namoyondalarining  ta’limoti,  o‘tmish  va  hozirgi 

kundagi  donish  uylari  yoshlarimizga  inson  va  uning  aqliy  tafakkurning  qudrati 

haqida  ma’lumot  berib,  o‘quvchilarda  fuqarolik  madaniyati  to‘g‘risidagi 

tushunchalarni  boyitishga  shakllantirishga  ko‘maklashishi  bilan  birga  millatning, 

xalqning  urf-odatlarii,  milliy-mintaqaviy  jihatlari,  inson  qudrati,  uning  qadr-

qimmati  haqida  bilim  beradi  va  insonni  e’zozlash,  uning  qadr-qimmati,  shaxsini 

hurmat qilishni o‘rgatadi. 

 

Natijada o‘quvchilarda, buyuk insonlarga hurmat, ular ta’limotiga e’tiqod, 



ota-onaga sadoqat, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-kuyga hurmat kabi fazilatlar tarkib topa 

boradi.  O‘z  turmushini  yaxshilash,  bilimini  oshirish,  mehnat  ko‘nikmalarini 

takomillashtirish,  sog‘ligini  avaylash,  jismoniy  va  aqliy  kuchlarini  yuksaltirishni 

tarbiyalaydi. Zero, halollik, iymon, vijdon, adolat, mehr–shavqat, insonni ulug‘lash 

va  e’zozlash  kabi  sharqona  fazilatlar  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishning 

asosi bo‘lib xizmat qiladi. 

 



O‘quvchi-o‘quvchilarda  tarixiy  qadriyatlar  muhim  tarbiyaviy  ahamiyat 

kasb  etadi.  Modomiki  inson  va  uning  hayoti,  ijod  yo‘li  oliy  qadriyat  hisoblanar 

ekan,  uning  mehnati,  hatti-harakati,  odob–axloqi,  aql-zakovati,  ma’naviy-axloqiy 

salohiyati  bilan  yaratilgan  tarixiy  merosni  o‘rganish,  uning  asosida  yoshlarning 

shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirish muqaddas burch hisoblanadi. 

 

Shu  nuqtai  nazarda  mustaqillikni  mustahkamlash,  fuqarolik  jamiyati 



asoslarini shakllantirish sharoitida o‘tmish bobokalonlarimiz Ahmad Yassaviy, Ibn 

Sino,  Mirzo  Ulug‘bek,  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  Abdurauf  Fitrat, 

Mahmudxo‘ja  Behbudiy,  Abdulla  Avloniy  kabilarning  hayot  yo‘llari-yu 

ta’limotlarini, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk 

sarkardalar  Temur  Malik,  Mahmud  Tarobiy,  yanglig‘  xalq  qahramonlarining 

turmush-tarzi-yu,  jasoratini  o‘rganish,  donishmandlik  maktablari-yu,  diniy  ilm 

namoyondalarining purma’no  fikrlaridan bahramand bo‘lish  va ularga amal qilish 

har  bir  o‘quvchi-yoshda  fuqarolik  madaniyatini  shakllantirishga  amaliy  yordam 

ko‘rsatishi muqarrar. 

 

Shuning  uchun  oliy  ta’lim  muassasalari  o‘qituvchi-professorlari, 



murabbiylari,  guruh  rahbarlari  bu  manbalarni  mukammal  bilishlari  va  o‘quvchi-

yoshlar  tarbiyasiga  ulardan  o‘rinli  foydalanishlari  maqsadga  muvofiq  ekanligini 

tadqiqotimiz natijalari isbotladi. 

 

Fuqarolik  madaniyati  muhim  mezonlaridan  biri  –  bu  vatanparvarlikdir. 



Vatanparvarlik  har  bir  insonning  ajdodlari  avlodlari  yashab  o‘tgan  muqaddas 

manzilga,  kindik  qoni  to‘kilgan  joyga  munosabatdir.  Boshqacha  aytganda 

vatanparvarlik –har bir fuqaroning fidoyiligi, vatanning har bir qarich tuprog‘ini  

muqaddas bilishi, uni asrab-avaylashi, ona hududga bo‘lgan  mehr-muhabbatining  

iymon va e’tiqod darajasiga ko‘tarilishidir. 

 

O‘quvchi-yoshlarda  vatanparvarlikni  tarbiyalashda  tarixiy  qadriyatlar 



muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ayniqsa,  asrlar  davomida  yaratilgan  arxitektura 

obidalari,  machitu-minoralari,  muqaddas  tuproqni  bosqinchilar  zulmidan  ozod 

etishga  qaratilgan  xalq  qahramonlari,  ularning  jangovor  jasoratlari,  mustaqillik 

yillarida  tarixiy  meros,  dunyo  ilm-faniga  hissa  qo‘shgan  ulamo-yu-fuzalolar 

tavalludini nishonlanishi, Vatan himoyasi, yurt ravnaqi uchun jangovor yo‘lini  



bosib  o‘tgan  buyuk  sarkardalarning  qayta  yodga  olinib,  bayram  qilinishi  o‘quvchi-

yoshlar qalbini janbushga keltiradi, qalbini iftixor tuyg‘usi bilan to‘ldiradi. Shu el 

farzandi,  shu  yurt  fuqarosi  ekanligidan  faxrga  to‘maris  tuyg‘usini  paydo  qiladi  va 

yoshlarda vatanparvarlik hissini tarbiyalaydi. 

 

Shu  ma’noda  o‘quvchilar  bilan  ma’naviyat  soatlari  va  tarbiya  darslarida 



“Buyuk  Amir  Temur”,  “Sheryurak  va  yengilmas  Jaloliddin  Manguberdi”,  “Qalbi 

jasoratga  to‘la  Mahmud  Tarobiy”,  “Xalq  farzandi  Spitamen”,  “Buyuk  Buxoro 

farzandi”  kabi  mavzularda  o‘tkazilgan  davra  suhbatlari  o‘quvchilarda  o‘zlikni 

anglash, fuqarolik burchi va ma’suliyatni chuqur his qilish tuyg‘ularini tarbiyalash 

uchun  asos  bo‘ldi  .  Ma’lumki,  ota-bobolarimiz  azal-azaldan  inson  tarbiyasi 

masalalariga jiddiy e’tibor berib kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, 

takomillashib,  yangicha  usullar  evaziga  boyib  borgan.  Zotan,  inson  ma’naviyati 

tarbiyaga  bog‘liq.  Tarbiyasiz  ma’naviyat  poydevorsiz  binoga  o‘xshab  omonatlik 

kasb  etadiki,  bu  holni  sharhlab,  izohlab  o‘tirishning  hojati  yo‘q.  Shu  boisdan-da, 

ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. 

 

Ma’naviy  islohot  ma’naviyatimiz  manbalari  va  sarchashmalari  bo‘lgan 



madaniy  merosimizni  istiqlol  mafkuramizning  asosiy  manbalaridan  biri  sifatida 

qarash  bilan  birgalikda  bu  merosni  har  tomonlama  xolisona  o‘rganishni,  uning 

hozirgi  davrimiz  uchun  nihoyatda  ahamiyatli  ekanligini  nazarda  tutadi.  Shu  bilan 

birgalikda  ma’naviy  soha  milliy  qadriyatlarimizni  tiklash,  ularni  to‘plash, 

o‘rganish,  xalqqa  yetkazib  berishni  ma’naviy  siyosatimizning  poydevoriga 

aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi. 

  

Ilm-fan  jadal  taraqqiy  etayotganligi  tufayli  turli  fan  sohalarida  erishilgan 



yutuqlar tez yangilanib bormoqda. Bilim o‘sish omilidir, uni vaqt talabi darajasida 

texnika o‘sishidan bir necha barobar tez yangilab borish kerak. Shu tufayli oliy va 

o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  sohasida  ishlayotgan  kadrlar  malakasini  oshirish 

ham katta e’tiborga molikdir. 

 

Ayniqsa,  madaniy–ma’rifiy,  ijtimoiy  fanlarning  mohiyati,  mafkuraviy 



jihatdan  yangilanib  zamonaviylashganligi  va  ko‘pgina  masalalarning  eskirganligi 

bu soha o‘qituvchilarining malaka oshirishini yanada dolzarb masalaga aylantiradi.      

 

 

 



 

 

 





Download 456,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish