1.2. Maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejalashtirish va tashkil etishning
pedagogik-psixologik jihatlari
Ma’naviyat va ma’rifat xonalari hamda maskanlarini qanday nomlagan
ma’qul? Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy
ma’rifiy, mafkuraviy sohalarda muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Xususan, oliy
o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari, barcha vazirliklar,
davlat qo‘mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar,
birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida yangi bir
“Ma’naviyat xonalari”, “Ma’rifat xonalari”, “Ma’naviyat maskani”, “Ma’naviyat
majmuasi”, “Ma’naviyat markazi” va hokazo nomlar bilan nomlanuvchi ma’naviy
ma’rifiy maskanlar paydo bo‘lmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir
ko‘rsatmasi yoki buyrug‘i bilan vujudga kelayotgani yo‘q, aksincha, har bir
jamoaning xohishistagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo‘lmoqda. Bu quvonarli
hol, albatta. Chunki ushbu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
ma’naviy ma’rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda paydo
bo‘layotgan bunday maskanlar jamiyatning ma’naviy ehtiyoji zarurati, desak, aslo
yanglishmaymiz.
Madomiki shunday ekan, tashkil bo‘layotgan bunday maskanlar qanday
nomlanishi kerak? Hozircha bunday maskanlarni ba’zilar “Ma’rifat xonasi”, yana
kimlardir “Ma’naviyat markazi”, boshqa birovlar “Ma’naviyat burchagi”,
“Ma’naviyat markazi” singari nomlar bilan nomlashmoqda. Bizning fikrimizcha,
tashkil etilayotgan bunday maskanlarni “markaz” yoki “burchak” deb nomlash
to‘g‘ri emas.
“Markaz” deganda, avvalambor barchaning ko‘z oldida o‘z hisob raqami va
nizomiga ega, Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan jamoatchilik tashkiloti
gavdalanadi. Ikkinchidan, “Ma’naviyat burchagi” deb nomlash ham mantiqan
unchalik to‘g‘ri emas. Masalan, maktablarda tashkil qilinayotgan xonalarni
aksariyat joylarda “Ma’rifat xonasi” deb yuritilmoqda. Axir, maktabning o‘zi
aslida ma’rifat maskani ku. Ma’rifat maskanida yana “Ma’rifat xonasi” tashkil
etish mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday joylarni
tashkil qilishdan avval uning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshilab aniqlab
olishimiz kerak. Ana shu maqsad va vazifalar mohiyatidan uning nomi ham kelib
chiqadi. Tashkil etilayotgan bunday joylarning eng asosiy maqsadi insonni
ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash ekan, ularni “Ma’naviyat maskani” deb
atasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, o‘rta
umumta’lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan
“Ma’naviyat maskani” shunchaki xo‘jako‘rsinga yoki ko‘zko‘z qilish uchun emas,
balki sof ma’naviy ma’rifiy ishlar natijasi o‘laroq vujudga kelishi kerak.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, “Ma’naviyat maskani” da faqatgina ayrim
tadbir va yig‘ilishlar o‘tkazilib, boshqa paytlar yopib qo‘yilmoqda. Albatta,
“Ma’naviyat maskani” ni bunday tashkil etish to‘g‘ri emas. Fikrimizcha,
“Ma’naviyat maskani” har bir jamoaning yuzi bo‘lishi va jamoaning har bir a’zosi
u yerdan ma’naviy oziq ola bilishi lozim.
“ Hikmat – ibrat” risolasida keltirilgan “Tillo qushchalar parvozi” nomli
hikmatlar yo‘riqnomasiga binoan “Ma’naviyat maskani”ning bir qismida
devorning katta va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, “Dono bo‘lay desangiz”
yoki “Olim bo‘lay desangiz” kabi so‘zlar zaruriyatga ko‘ra turli tillarda yozib
qo‘yiladi. Bu katta yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarga hikmatli so‘zlardan 15 –
20 tasi chiroyli qilib yoziladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushchalar parvozi,
daraxtlarda o‘tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi.
Ikkinchi yangilik – bu juda sodda, lekin g‘oyatda ma’suliyatli ish, milliy ma’rifat
tizimidagi g‘ochtda muhim o‘zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf-
odatlari, an’analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. “Ming
bor eshitgandan, bir bor ko‘rgan afzal”, - deydi dono xalqimiz.
“Odobnoma” hamda “milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”
darslarida, “Ma’naviyat kun”lari har doim og‘zaki bayon qilish uslubidan
foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara
bergan bo‘lar edi. To‘g‘ri ushbu yangilik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari
va oliy o‘quv yurtlarida moliyaviy mablag‘ talab etadi. Bunday muammoni
homiylar va o‘ziga baquvvat ishlab chiqarish korxonalari yordamida hal etish
mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi
videotasmalar “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi, “Oltin meros”, “Mahalla”
jamg‘armalarining joylardagi bo‘limlari hamda tuman xalq ta’limi metodistlari
bilan hamkorlikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Ma’naviyat
maskani”da videojamlanmani tashkil etish yosh avlodning ma’naviy kamolotida
zamonaviylikka mos vosita usuli bo‘lar edi.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari
aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari
shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo‘libgina qolmay, balki, juda katta
ijtimoiyma’naviy ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam
davlat barpo etish g‘oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng
avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |