I bob boʻyicha xulosa
2015-2017 yillardan rivojlanayotgan mamlakatlarga jami kapital oqimi hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng boʻlgan, bunda, toʻg‘ridan toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar 612 mlrd. AQSh dollariga, portfel investitsiyalar xajmi 224 mlrd. AQSh dollariga, boshqa investitsiyalar esa 214 mlrd. AQSh dollariga teng boʻlgan. Jami investitsiyalar hajmida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning salmog‘i 58 foizni tashkil etgani holda 2013 yilga nisbatan 6,6 foizga oshgan.
Mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish orqali ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikamizning ortiqcha ishchi kuchi mavjud boʻlgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
BOB. TO’G’RIDAN-TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH AMALIYOTI TAHLILI Jahon iqtisodiyotida toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarning tarkibi va rivojlanish holati tahlili
Iqtisodiyotda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik yangilashda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI)ni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy globallashuv sharoitida jahon iqtisodiyotida koʻplab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni eksport va import qiluvchilar sifatida mazkur jarayonning faol ishtirokchisi hisoblanishadi. Chunki, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar asosan transmilliy korporatsiyalar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning tarkibini xorijiy kapitalni jalb qiluvchi va kapitalni chetga chiqaruvchi mamlakatlarni guruxlagan holda tahlil qilish maqsadga muvofiqdir toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yoʻnalishlari mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog‘liq holda belgilanadi. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni asosan jalb etuvchi va chiqaruvchi mamlakatlar sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar hisoblanishadi va ularning ulushiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar yillik oqimining 80% i toʻg‘ri keladi.
2017 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimlari sezilarli oʻzgarish tendentsiyalarii bilan xususiyatlandi. toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning global oqimi 2017 yilda 1,43 trln.AQSh dollarini tashkil etdi. 2017 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi barcha asosiy iqtisodiy guruhlarda – rivojlangan, rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarda keskin oʻzgarish tendentsiyasiga ega boʻldi. Jalb etilgan jami toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2015 yilga nisbatan 25,6 foizga kamayib 1,43 trln. AQSh dollarini tashkil etgan. Chetga chiqarilgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy
investitsiyalar hajmi esa, 2015 yilga nisbatan 11,8 foizga kamaygan holda 2017
yilda 1,43 trln. AQSh dollarini tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |