Alyuminiy oksidli va gipsli plastinkalar tayyorlash.
10 ta plastinkaga sorbsion massa tayyorlash uchun elakdan o‘tkazilgan 50 g alyuminiy oksidi, 5 g gips va 75 ml distillangan suv olinadi. Alyuminiy oksidi bilan gips yaxshilab chinni tovoqchasida dastak bilan aralashtiriladi. Distillangan suv qo‘shib bir xil massaga kelguncha aralashtiriladi va plastinkalar yuzasiga o‘tkaziladi.
Tayyorlangan plastinkalarda sorbent qatlamlari bir xil joylashishi katta axamiyatga ega. SHunday tayyorlangan plastinkalar avval xona xaroratida, so‘ng quritish shkafida 1100 S.da 1soat davomida quritilib, germetik berkiladigan, namlikni shimuvchi tuzlar solingan eksikatorlarda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |