Yupqa qatlam sorbentli plastinkalar tayyorlash. Silikagel sorbent kukunini tayyorlash. KSK silikagel sorbentini tayyorlash uchun ular avval aralashmalardan tozalanadi. SHu maqsadda uni 18-20 soatga 1:1 nisbatda suyultirilgan xlorid kislotaga solib qo‘yiladi. So‘ng kislota to‘kib yuboriladi. Silikagelni suv bilan yuviladi va 2 -3 soat nitrat kislota: suv 1:1 nisbatdagi aralashmasi bilan chayqatiladi. Kislotalar bilan ishlov berilgan silikagelni oddiy suvda yuvib, so‘ng neytrallanguncha distillangan suv bilan yuviladi. SHundan so‘ng 1300S 4-6 soat davomida quritgich shkafida quritilib, silikagelni maydalab 1 sm2 da 1600 gacha teshikli elakda elanadi. Tayyor sorbent og‘zi zich berkiladigan idishlarda saqlanadi.
Gips kukuni tayyorlash. Gipsni( CaSO4 .2N2O) 6 soat davomida 1600S da quritgichshkafidaqizdiriladi. So‘ng gipsni forfor xavonchada dastak bilan maydalanadi va elakdan o‘tkaziladi.