YUQX uchun qo‘llaniladigan tayyor plastinkalar
Silufol: tagli sifatida - alyuminiy folgasi, sorbent-yirik g‘ovakli silikageldan foydalaniladi.
UB 254li silufol yuqoridagi tarkibga qo‘shimcha fluoressentlanuvchi indikatorlar qo‘shib tayyorlanadi.
Silpiril: tagli - alyuminiy folgasi, sorbent yirik g‘ovakli silikagel, bog‘lovi modda kraxmal.
Diafol: sorbent diostolit UB 254 saqlovchi fluoressentli indikatorlar bilan aktivlangan silufol plastinkasi.
Tayyor plastinkalar xromatografiya kamerasida distillangan suvda yuvilib, 4 daqiqa davomida 650S quritgich shkafida quritiladi. So‘ngra xromatografik aniqlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |