YUpqa qatlamli xromatografiya uchun qo‘llaniladigan sorbentlar xarakteristikasi
Sorbent
|
pH
|
Bog‘lovchi
qo‘shilmasi
|
Zarrachalar
o‘lchami, mkg
|
Silikagel Merk (FRG) 60G 60GF254
|
6.8-7.0
6.8-7.0
|
13%gips 13%gips+f.i.
|
10-40
10-40
|
Silikagel (CHSSR) Ls/40 (Ls/40)
LL254 (LL254)
LSs/40 (LSs/40) LSL254(LSL254)
|
6-7
6-7
6-7
6-7
|
yo‘q Fi254
13%gips
13%gips
|
5-40
|
Alyuminiy oksidi Merk G (tip 60/E)
GF254 (tip 60/E)
|
7,5
7,5
|
9-10 %gips
9-10%gips+f.i.
|
10-40
10-40
|
Alyuminiy oksidi Woelm (FGR)
|
|
|
|
asosli (DS)
|
|
|
|
neytral (DS)
|
9
|
yo‘q
|
30
|
kislotali (DS)
|
7,5
|
yo‘q
|
30
|
GDC
|
4
|
yo‘q
|
30
|
|
|
10% gips
|
30
|
Magniy silikat Woelm (FGR)
|
10
|
Mg-SiO2(2%)
|
30
|
Ko‘pchilik chet el firmalari YUQX uchun tayyor silikagelli plastinkalar ishlab chiqariladi. Bunday plastinkada mustahkam qavat hosil qilgan alyuminiy oksid markasi ishlatiladi. Xromatografiya uchun alyuminiy oksidining asosan neytral va kislotali formasi qo‘llaniladi.
Neytral formasi suvsiz moddalar eritmasidan, alkan, aldegid, spirt, fenollar xosilalarini ajratishga yaxshi yordam beradi. Kislotali formasi esa karbon kislotalar va turli xil kislotali xarakterga ega bo‘lgan moddalar aralashmasini ajratish uchun qo‘llaniladi. Sorbentlarning aktivligi ularning o‘z tarkibida saqlagan suv miqdori bilan bog‘liq. Alyuminiy oksidining aktivligini aniqlashda uglerod IV xlor sistemasida bo‘yoq standart moddalar to‘plamidan foydalanib, yupqa qatlam xromatografik jarayon o‘tkaziladi. Standart bo‘yoq moddalarning plastinkalardagi Rf ko‘rsatkichlari aniqlanib, jadval bilan solishtiriladi va aktivligi aniqlanadi.
Tarkibida alyuminiy oksid saqlagan yupqa
qatlamli plastinkada bo‘yoq standartlarning Rf ko‘rsatkichlari.
Bo‘yoqlar
|
Bo‘yoqlar bo‘yicha aktivlik darajasi
|
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
Azobenzol
|
0,59
|
0,74
|
0,85
|
0,95
|
p-metoksiazobenzol
|
0,16
|
0,49
|
0,69
|
0,89
|
Sudan I
|
0,01
|
0,25
|
0,57
|
0,78
|
Sudan IV
|
0,00
|
0,10
|
0,33
|
0,56
|
p-aminoazobenzol
|
0,00
|
0,03
|
0,08
|
0,19
|
YUQX da sorbent sifatida silikagel va alyuminiy oksid bilan bir qatorda yana mayda dispers sellyuloza kukuni xam qo‘llaniladi. Sellyuloza plastinkada bog‘lovchi materiallarsiz mustahkam qavat hosil qiladi. Ular aminogurux bilan tugallanadigan, nitril bog‘ va aldegidlarni adsorbsiyalovchi organik polimerlar hisoblanadi. Poliamidlarning kation almashuv xususiyatini oxirgi karboksil gruppalar, amil almashinuvini esa amino gruppalar taminlaydi.
Poliamidlar polyarsiz moddalarni adsorbsiyalash xarakteriga ega. Erituvchilarni elyuatrop qatori quyidagi tartibda bo‘ladi:
suv
Chidamsiz va turli xil nordonlashtirilgan poliamidlar konsentrlangan kislota va turli xil organik kislotalarda, erituvchilarda eritiladi. Ular ishqorda kuchsiz kislotalarda, organik erituvchilarda erimaydi. Poliamid kukuni aralashmasini plastinkaga o‘tkazish uchun suvda emas, balki metil va etil spirtida suspenziya tayyorlab olinadi. Bu poliamidlarni gidrofobligi bilan bog‘liq. Bunda erituvchilar kukuni massasidan 3-4 marta ko‘p olinadi. Poliamidlar uchun bog‘lovchi sifatida kraxmal ishlatiladi. Aralashma platinkada qizdirmasdan quritiladi. Poliamidlar yuqori sorbsion sig‘imga egaligi va yaxshi tanlanuvchanligi, jarayonlarga to‘liq qo‘shila olishi uchun YUQX da keng qo‘llaniladi. Amaliyotda sorbentlar tayyorlash uchun ularning moddalarni ajra olish xususiyati asos qilib olingan. Avval xromatografik ajratilishi zarur bo‘lgan moddalarni eruvchanligi ko‘riladi. Ularni gidrofil va gidrofob xususiyatga egaligi aniqlanadi. Funksional guruxlar tabiati aniqlanadi, shundan keyin kislotali, neytral va amfoter xususiyatga egaligiga axamiyat beriladi. Nihoyat sorbentlar bilan kimyoviy bog‘ hosil qila olishi va sorbent va bog‘lovchi materiallar ta’sirida kimyoviy bog‘lar o‘zgarishi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |