Taqqoslash usulidagi kolorimetriya
Standart eritmalar yordamida. Buning uchun bir xil kolorimetrik probirkalarga aniq hajmdagi tekshiriluvchi va standart eritmalarning rangini taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Unda izlanuvchi eritmaning rangini standart eritma rangiga to‘g‘ri kelishi uning miqdorini tasdiqlaydi. Kolorimetrik titrlash usulida. Ikkita bir xil hajmdagi probirkaga biriga rangli izlanuvchi eritmadan, ikkinchisiga tozalangan suvdan solinadi. So‘ngra tozalangan suv solingan probirkaga byuretka orqali rangli standart eritmadan asta-sekin qo‘shib, birinchi probirkadagi eritmani rangiga tenglashtirilguncha qo‘shiladi. Aniqlanuvchi eritmadagi modda miqdorini, tozalangan suvga qo‘shilgan eritmaning miqdori bilan aniqlab olinadi.
Tenglashtirish usulida. Eritmadagi moddani miqdorini aniqlashda tekshiriluvchi va standart eritmalarning rangini tenglashtirish yordamida amalga oshiriladi.
A) Solishtirish usulida. Ikkita bir xil hajmdagi probirkaga standart va tekshiriluvchi rangli eritmalaridan solib, so‘ngra rangi to‘q bo‘lgan probirkadagi eritmani tozalangan suv yordamida ikkinchi probirkani rangigachan tenglashtiriladi. Izlanuvchi eritmadagi moddaning miqdorini quyidagi tenglama asosida hisoblab olinadi.
Vx hx
qx = qst ------- yoki qx = qst --------
Vst hst
qst – standart eritmadagi moddaning miqdori
Vx , Vst – izlanuvchi va standart eritmalarning hajmi yoki
hx va hst - probirkadagi izlanuvchi va standart eritmalarning hajmini balandligi.
Spektrofotometriya va fotokolorometriya usullarida moddalar miqdorini aniqlash uchun shu moddalarni eng kam miqdori bilan rangli eritma hosil qilishi uchun qo‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalarni ob’ektiv baholash lozim bo‘ladi. Buning uchun molyar nur yutish ko‘rsatkichlarini Emax aniqlanadi va shu qiymatlardan foydalaniladi.
Dmin Smin = ---------------
Emax . max
Shu formula asosida Emax (molyar konsentratsiyadamida spektrofotometriya usulida qo‘llash uchun moddaning eng kichik miqdorini aniqlash mumkin.
Agar D = 0,001, l=1sm, Emax=100000 deb qabul qilinsa u xolda
1.10-3
S= -----------= 1.10-8 mol/l bo‘ladi.
1.105
Agar l ni 10 sm gacha oshirsak sezgirlikni 10 marta oshirish mumkin, demak Smin = 1.10-9 mol/l bo‘ladi. Hozirgi zamon fotokolorimetriyalarida aniqlash aniqlik darajasi Dmin - 0,01 ga yaqin qiymatga ega. Rangli eritmalarda molyar yutish koeffitsenti (E) ning qiymati 50000 dan oshmaydi va shunga ko‘ra Smin qiymati 1.10-7 mol/l gacha (l=1 sm bo‘lganda) kamayadi.
Reaksiya sezgirligi faqat minimal konsentratsiyanm emas, balki aniqlash minimumini xarakterlaydi, yani ma’lum bir sharoitda moddani reaktivlar bilan hosil qiladigan reaksiya mahsulotlarni aniqlash uchun ketgan eng kam miqdoriga aytiladi. L.B.Ginzbur va YU.Lure, hamda Sendal shuni ko‘rsatkdilardi, rangli reaksiya sezgirligi optik zichligi D=0,01 ga teng bo‘lgan 1sm2 ko‘ndalang kesimli eritmaning rangli eritmaga aylantirilgan tekshiriluvchi eritma mikrogramm (mkg=1.10-6g) qiymati bilan ifodalangan (rangli reaksiyaning shartli sezgirligi).
Ko‘pgina rangli reatsiyalarning minimum sezgirligi spektrofotometrik va fotometrik usullarni aniqlashda 0.01-0,001 mkg/sm2 oralig‘ida bajariladi.
Moddalar eritmasini nur yutish xususiyatini tahlil qilishda quyidagi xatoliklar uchrashi mumkin.
Ayrim xolatlarda rangli eritmalar dissotsiatsiyaga yoki polimerlanishga, erituvchilar bilan birikishi yoki tarkibidagi mavjud boshqa moddalar bilan (masalan: tuzlar, kislotalar va asoslar), natijada rangli eritmalarni nur yutish xususiyati o‘zgarishi mumkin.
Natijada izlanuvchi moddaning optik ko‘rsatkichi o‘zgrishi, hamda optik ko‘rsatkichni modda eritmasining konsentratsiyasiga bog‘liq xolati, ya’ni Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysinmasligi kuzatiladi.
Kolorimetrik tahlil uchun hosil qilingan rangli eritma ma’lum rn sharoitda, aniq rang hosil qiluvchi reaktiv miqdorida va hosil bo‘lish oralig‘i, hamda aniq xarorat jarayonida olib borishni talab etiladi. Masalan: ayrim modda eritmalar turg‘un emas, havodagi kislotrod ta’sirida oksidlanishi, yorug‘lik ta’sirida parchalanishi, yoki kogulyasiyaga uchrashi mumkin. Bunday xolatlarda yangi tayyorlangan reaktiv eritmalardan, hamda eritmadagi moddani turg‘unligini oshirish uchun stabilizatorlardan foydalanishni talab etadi yoki himoyachi kolloidlardan jelatina, kraxmallardan foydalaniladi.
Ko‘proq kolorimetrik tahlilni olib borishda begona moddalar rang hosil qilishda xalaqit qilishi mumkin. Bunday xolatlarda niqoblash usullaridan foydalaniladi. Ular oksidlanish-qaytarish, kompleks birikma hosil qilish yoki ekstraksiya jarayonlari asosida amalga oshiriladi. Ayrim xolatlarda nur yutish oralig‘ini o‘zgartirish asosida, ya’ni xalaqit qiladigan moddani nur yutmaydigan oralig‘ida aniqlashni olib borish tavsiya etiladi.
Fotometriya usulining oddiyligi, universalligi va tez olib borilishida nur yutishiga asoslanib moddani hamda tarkibidagi chiqindi moddalarni qoldig‘ini (10-6%) gacha aniqlashni olib borilishi mumkin. Ayniqsa sanoatda po‘latni, ayrim rangli qotishmalarni va qora metallarni, yarim-o‘tkazgichlarni, har xil modda eritmalarini, suv xavzalaridagi suvlarni sifatini aniqlashda keng qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |