Svetofiltrni tanlash.
Fotoelektrokolorimetrik tahlil o‘tkazishda turli to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan monoxromatik nurlardan foydalanishni hisobga olish lozim. Polixromatik nurlarni monoxromatik nurlarga o‘tkazishda svetofiltlardan foydalaniladi. KFK-2 asbobida 11ta svetofiltrdan iborat to‘plam mavjud. Aniq bir svetofiltrdan foydalanish tekshiriluvchi eritma orqali aniq to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan hamda tekshiriluvchi modda yutadigan nurni o‘tkazish imkonini beradi. Odatda samarali to‘lqin uzunligi va svetofiltr rangi qo‘llaniladigan usulda keltirilgan bo‘ladi. Agar bunday ko‘rsatma bo‘lmasa kerakli svetofiltrni quyidagi jadval orali tanlash mumkin.
Eslatma.
Ushbu jadval bo‘yicha svetofiltr tanlash taxminiydir, chunki ayrim eritmalar bir xil rangga ega bo‘lsa ham tanlab turli to‘lqin uzunlikdagi nurni yutadi. Shu bois svetofiltr tanlashda tekshiriluvchi moddaning nur yutish spektrini bilgan ma’qul, va svetofiltrni shunday tanlanadiki u modda maksimal darajada yutadigan to‘lqin uzunlikdagi nurni o‘tkazishi darkor. Shunday qilib svetofiltr tanlanganda tekshiriluvchi moddaning optik zichligi yung yuqori bo‘lgan nur optimal to‘lqin uzunlikdagi nur hisoblanadi.
Kyuveta tanlash
Ma’lumki eritmaning yorug‘lik nuri o‘tadigan qatlami qancha qalin bo‘lsa yutiladigan nur boylami, hamda tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Kolorimetrga ishchi yuzalarining orasidagi masofa bilan farqlanuvchi kyuvetalar to‘plami biriktirilgan bo‘ladi. Bu masofa kyuvetaning bir ishchi yuzasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kyuvetaning yon devorida suyuqlik quyish chegarasi belgilab qo‘yilgan.Uchuvchan xususiyatga ega bo‘lgan suyuqliklarni tahlil qilishda kyuveta maxsus qopqoqchalar bilan berkitiladi.
Har bir qurilmaga qatlam qalinligi 1 dan 50 mm gacha bo‘lgan kyuvetalar biriktirilgan. Kyuveta tanlashda shunga e’tibor qaratish lozimki tekshiriluvchi eritmaning optik zichligi 0,15 dan kam bo‘lmasligi va 0,7 dan oshib ketmasligi kerak. Ayni shu oraliqda Buger-Lambert–Ber qonuni amalga oshaadi. Shuning uchun rang intensivligi yuqori bo‘lgan eritmalarni tekshirishda qatlam qalinligi kichik bo‘lgan, rang intensivligi past bo‘lgan eritmalar tahlilida esa qatlam qalinligi yuqori bo‘lgan kyuveta tanlanadi.
6-rasm. Har xil qalinlikdagi kyuvetalar
Laboratoriya mashg‘ulotini yakunida har bir talaba mustaqil ravishda bajarilgan ishiga baho berishi, hamda ishchi daftariga kerakli ma’lumotlarni yozishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |