Iqtisodiy axborot — axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadL Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.
Hozirgi paytda axborotlarni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:
Axborot — milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari iste’mol etuvchi zaxira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zaxiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilaming turli masalalari haqidagi mavjud
§ 3.2. Axborot - iqtisodiy resurs sifatida
95
ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko'proq ta’sir ko'rsatmoqda.
Axborot — fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma’lumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va “xomashyo”sidir.
Axborot — axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig‘indisidir, ya’ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste’mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.
Ko'rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Chindan ham, axborotlashgan jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda.
Yuqorida qayd qilinganidek, jamiyatni axborotlashtirishda muhim tushunchalardan biri axborot zaxiralari tushunchasidir. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o'tish davri haqida gap borgan davrdan beri davom etib keladi. Bu masala bo‘yicha ko'plab asarlar e’lon qilingan.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlaming ulkan oqimida zarur axborotlarni ko'rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayon. Shuning uchun uni tasniflash zarur (3.1-rasm).
Tasnif tizimini axborotlarga qo'llash uchun quyidagicha yondoshish zarur:
axborotlarni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo'lishi kerak;
tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo‘yilishi lozim;
ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlami bilish zarur;
tahlilning mohiyati va teranligi, avvalo, berilgan axborotlar turi va hajmiga bog'liq.
Axborotlarni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin (3.3-rasm.).
Do'stlaringiz bilan baham: |