Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Boshqaruvda axborot oqimlari



Download 3,04 Mb.
bet41/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Boshqaruvda axborot oqimlari. Milliy iqtisodiyot boshqaruvi tizimidagi axborot oqimlarining mazmuni boshqaruvchi me’yorlaming nisbati bilan, kommunikatsion tarmoqning tuzilishi esa - tashkiliy xo‘jalik tuzilishi bilan belgilanadi. Keyingilari doirasida vazifaviy tizimchalar — milliy iqtisodiyotni rejalashtirish, ishlab chiqarishni sohaviy boshqarish, moddiy-texnik ta’minot, moliya-kredit tizimi, hisob, statistika va h. k.lami boshqarish shakllanadi. Ulaming nisbatan ajratilgan axborotlar kanallari va boshqaruvni tashkil qilishning har bir bosqichida qayta ishlab chiqish bloklari tashkil topgan.
Bozor munosabatlari sharoitida ham rejalashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirish tizimchasi ular orasida eng muhim o'rinni egallaydi, chunki rejali ko‘rsatkichlar barcha o'zga boshqaruvchi tizimchalaming faoliyat ko‘rsatishini asoslab beradi. Korxonani boshqarish blokida uning o‘tgan davrdagi ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati, texnik-iqtisodiy me’yorlari, asosiy fondlaming tarkibi, mehnat resurslari, tannarxi va h.k. axborotlar kira oladi. Tashqi kiruvchi axborotlar (xo‘jalik birlashmasining rejali vazifalari, shartnomalar bo‘yicha buyurtmalar, mahsulotga talab) bilan birga ular boshqaruvining bu blokida chiquvchisi bo‘lgan korxona rejasining ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Rejali-iqtisodiy va hisobli ko‘rsatkichlar, fan-texnika taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar, soha uchun rejaviy vazifalar, soha mahsulotlariga ehtiyojlar haqidagi ma’lumotlar sohani boshqarish blokining kiruvchi axborotlari bo‘lib xizmat qiladi. Uning chiquvchilari sohaviy rejaning ko‘rsatkichlari va korxonaning rejaviy vazifalaridan iboratdir.




68


2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi





Ishlab chiqarish


Tashqi muhit ta'siri


2.8 - rasm. Boshqaruv tizimi tuzilmasi.
Xuddi shunday yo‘l bilan ijtimoiy ishlab chiqarish tizimi (aholining, shu jumladan mehnatga layoqatli, soni va tarkibi, qidirib topilgan va o'zlash- tirilgan tabiiy zaxiralar, xomashyo, ekiladigan yerlaming mavjudligi, tashqi savdo aloqalari, mudofaa xarajatlari)ga nisbatan tashqi sohaviy ko'rsat- kichlar va axborotlar asosida milliy iqtisodiyotning darajasiga kiruvchi axborotlar shakllanadi.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishining umumlashtirilgan ko'rsatkichlari (milliy daromadni ishlab chiqarish va taqsimlash, shaxsiy va ijtimoiy iste’mol fondlari) hamda sohalamnng rejaviy vazifalari ushbu darajadagi chiquvchi axborotlar bo'ladi.
Korxonalar darajasida va rejalashtirishning yuqori darajasida ayla- nuvchi va ishlab chiqaruvchi axborotlaming milliy iqtisodiyot modellarining oMchamligiga, ularni boshqarish usullari ierarxiyasining turli reja ko‘rsatkichlarining detallashtirilishi darajasiga bog‘liq. Turli tashkiliy





§ 2.3. Iqtisodiy tizim — iqtisodiy kibernetikaning obyekti sifatida


69


darajalaming asosiy tashkiliy elementlari bilan bog'liq AKT ayrim etik
jihatlari quyidagi 2.3 - jadvalda keltirilgan.

Milliy iqtisodiyot va sohaviy rejalarni detallashtirish darajasini
aniqlashda milliy iqtisodiyot rivojlanishining aniq sharoitlariga (eng awalo,
mahsulotlar muayyan turining muhimligi va kamyobligiga) hamda zarur
chiquvchi axborotlami shakllantirish va ulami reja apparatining kuchlari
hamda ishlab chiqarishning imkoniyatlariga rioya qilinadi.

Yuqori ish unumdorligiga ega boTgan zanonaviy avtomatlashtirilgan
axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan foydalanish
axborotli hisoblash imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Ammo ishlab
chiqariladigan va iste’mol qilinadigan mahsulotlarning butun navlari
bo‘yicha tabaqalashtirilgan ko'rsatkichlarning bir qismi qanchalikda
markazlashtirilgan rejalashtirish bilan qamrab olinganda ulami bunday
darajaga erishishlari dargumon. Boshqaruvning yuqori etalonlari kichik joriy
ishlardan ozod qilinishi va strategak istiqbolli rejaviy qarorlar va ulaming
yagona rejadagi majmuaviy birikishda qabul qilinishi va bajarilishini
nazorat qilishga jalb qilishlari kerak.


  1. - jadval.


Turli tashkiliy darajalaming asosiy tashkiliy elementlari
bilan bog‘liq AKT ayrim etik jihatlari

Tashkiliy daraja


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish