Qaror qabul qilish jarayoni quyidagi operatsiyalami o‘z ichiga oladi (2.2-jadvalga qarang): muammolami aniqlash va maqsadlami shakllantirish; axborotlarni qidirish; ularni ishlab chiqish; resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini aniqlash; maqsadlami silliqlash; vazifalami shakllantirish; kerakli hujjatlami rasmiylashtirish; vazifalami amalga oshirish. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, ushbu operatsiyalaming eng mehnat talab qiladigani — bu kerakli boTgan axborotlarni tanlab olishdir. 2.7-rasmda menejeming axborotlarni izlash jarayonidan bir lavha keltirilgan.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlariga tizimiy yondashishni qoTlash muammo tuzilishi, uni hal qilishning tizimi, tizim tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqasi va ularni takomillashtirishning navbatiyligini aniqlashga imkon beradi.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda vaqt va mablag‘ni tejash maqsadida «qora quti»ning tarkibiy qismlarini takomillashtirish (shakllantirish ishlab chiqish)ning quyidagi navbatiyligi tavsiya etiladi.
Dastavval bizga nimalami olish, qaror qanday oTchamlarga ega boTishi kerakligini aniq shakllantirish zarur.
Boshqaruv qarori sifatining oTchamlariga quyidagilar kiradi:
entropiyaning, ya’ni muammo noaniqligining ko’rsatkichi. Agar muammo faqat sifatiy, ya’ni miqdoriy ko‘rsatkichlarsiz shakllansa, unda entropiya ko’rsatkichi ishlab chiqarish nolga yaqinlashadi. Agar muammoning barcha ko'rsatkichlari miqdoriy aks ettirilsa, unda entropiya ko’rsatkichi birga yaqinlashadi;
sarmoyalar kiritishning xavf-xatarlik darajasi;
62
2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi
sifat, xarajatlar, muddatlar ko'rsatkichlari bo'yicha qaromi amalga oshirish ehtimoli;
nazariy modelning u ishlab chiqqan doimiy ma’lumotlarga o‘xshashlik darajasi (yoki bashoratning aniqligi darajasi, approksimatsiya koeffitsiyenti).
2.7 - rasm. Menejerlaming axborotlami tanlab olayotgan jarayonidan bir lavha.
Boshqaruv qarorining sifati va samaradorligining (muammoni yechish
uchun qabul qilinishi kerak bo‘lgan samaradorlikning chegarasi, yo‘l
qo‘yiladigan minimum belgilanadi) o‘lchamlarini oldindan tartibga
solingandan keyin, qaror sifati va samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi
muhitning omillari tahlil qilinadi. Keyin tizini «Kitis>h»ining o’lchamlati
tahlil qilinadi va ulami yaxshilash, kiruvchi ishlab chiqarish axborotlari
sifatini oshirish bo‘yicha tadbirlar qabul qilinadi.
«Chiqish»ning talablari, qaroming sifati va samaradorligiga ta’sir etuvchi
ishlab chiqarish «tashqi muhit» omillari aniqlangandan, «kirish» tizimi
ishlab chiqilgandan keyin, uning texnologiyasini modellashtirish, jarayon
o’lchamlarini tahlil kilish, ulami yaxshilash bo‘yicha qarorlar qabul qilish
va qarorlami ishlab chiqishga bevosita kirishish kerak. Agar «kirish»ning
sifati «qoniqarli» baholansa, unda tizimdagi jarayonlaming har qanday sifati
ham, «chiqish»ning sifati, ya’ni qaroming sifati ham «qoniqarli» bo’ladi.
Boshqaruv qarorlarining yuqori sifati va samaradorligini
ta’minlashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi:
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda menejmentning ilmiy
yondashishlarini qo‘llash;
boshqaruv qarorlarining samaradorligiga iqtisodiy qonunlarning
ta’sirini o‘rganish;
§ 2.2. Boshqaruvning maqsadlari, shakllari va vazifalari
63
qaror qabul qiluvchi shaxsni qaror ishlab chiqish tizimining «chiqish», «kirish», «tashqi muhit» va «jarayon» o‘lchamlarini ta’riflovchi sifatli obyektlar bilan ta’minlash;
vazifaviy-qiymatiy tahlil, bashoratlash, modellashtirish va har bir qarorda iqtisodiy asoslash usullarini qo’llash;
muammoni tuzilmalash va maqsadlar daraxtini qurish;
qarorlar variantlarini solishtirish (qiyoslash)ni ta’minlash;
qarorlaming ko‘p variantliligini ta’minlash;
qabul qilingan qaroming huquqiyligini asoslash;
axborotlami yig‘ish va ishlab chiqarish qarorlami ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini avtomatlashtirish;
sifatli va samarali qaroming javobgarligi, motivatsiyalash tizimini ishlab chiqish va faoliyatini yuritish;
qaromi amalga oshirish mexanizmlarining mavjudligi.
Boshqaruv qarorlari sifati va samaradorligini oshirishning sanab o’tilgan shartlarini bajarish ancha qiyin va u qimmat turadi. Sanab o'tilgan shartlar to‘liq majmuasini bajarishda gap faqat qimmatbaho obyektlar (loyihalar) bo'yicha ratsional boshqaruv qarorlari haqida borishi mumkin. Ayni paytda raqobat har bir sarmoyadomi boshqaruv qarorlari sifati va samaradorligini oshirishga majbur qiladi. SHu bois ham hozirgi paytda menejment tizimini avtomatlashtirish asosida qarorlar sifati va samaradorligini oshirishning hisobga olinadigan shartlari miqdoriy ko'paytirish tendensiyalari kuzatilmoqda.
Awal ta’kidlab o’tilganidek, boshqaruv qarorlari sifati va samaradorligini oshirishning shartlaridan biri qarorlarning ko‘p variantligini ta’minlashdir, ya’ni maqsadga erishish bo'yicha bittagina vazifani bajarish- ning uchtadan kam bo’lmagan tashkiliy texnik variantlarini ishlab chiqish kerak.
Boshqaruv qarorlarining muqobil variantlari quyidagi omillar bo‘yicha solishtirma ko‘rinishda berilishi kerak:
Vaqt omili (loyihalarni amalga oshirish va sarmoyalarni kiritish vaqti).
Obyektning sifat omili.
Obyektning ishlab chiqarish ko'lami (hajmi) omili.
Obyektning ishlab chiqarishda o’zlashtirish omili.
Boshqaruv qarorini qabul qilish uchun axborotlami olish usuli.
Obyektni qo'llash (foydalanish) shartlari.
Inflyatsiya omili.
Xavf-xatar va noaniqlik omili.
Sanab o’tilgan barcha omillar bo’yicha muqobil variantlaming solish- tirilishi, qoidaga ko‘ra, menejment tizimidagi maqsadiy tizimchalaming xususiy ko’rsatkichlari (mahsulotning sifati va resurslarni talab qilish
64
2 - bob. AKTning boshqaruv tizimida tutgan o‘mi
ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishi darajasi, ekologiya muammolari) yaxshilashga yo‘naltirilgan texnik, tashkiliy yoki iqtisodiy tadbirlami asoslanishida hamda boshqariluvchi yoki boshqaruvchi tizimcha ta’minlanishi rivojlanishida, tizimning tashkil muhiti bilan aloqalar yaxshilanishida ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |