Ekspert tizimining tuzilishi va ulardan foydalanish usullari An’anaviy ET quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan: hal qiluvchi (interpre- tator)dan, yana ma’lumotlar bazasi (MB) deb ataluvchi ishchi xotira (IX)dan, bilimlar bazasi (BB)dan, bilimlami olish, tushuntirish va dialogli tarkibiy qismlardan iborat (22.3 - rasm).
22.3 - rasm. Ekspert tizimining namunaviy tuzilish.
Ma’lumotlar bazasi joriy vaqtda yechilayotgan vazifa chog’ida dastlabki va oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Bu atama tizimda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarni (birinchi navbatda joriy etnas, uzoq muddatli) belgilash uchun axborot izlanish tizimlari (AIT) va MBBTda foydalaniladigan atama bilan ma’nosi bo’yicha emas, balki nomi bo’yicha mos keladi. ETgi bilimlar bazasi ko’rib chiqilayotgan sohani ta’riflovchi uzoq muddatli ma’lumotlarni (ammo joriy ma’lumotlarni emas) va bu sohada ma’lumotlarni maqsadga muvofiq o’zgartirilishini ta’riflovchi qoidalami saqlash uchun mo’ljallangan. Hal qiluvchi IXgi dastlabki ma’lumotlar va BBgi bilimlardan foydalanib, qoidalaming shunday izchilligini shakllantiradiki, ular dastlabki ma’lumotlarga qo’llangan holda vazifaning hal qilinishiga olib keladi. Tushuntiruvchi tarkibiy qism tizim vazifasi yechimini qanday hal etgani (yoki nima uchun hal eta olmaganini) va bunda qanday bilimlardan foydalan- ganini tushuntiradi, bu ekspert tizimni testdan o’tkazishni yengillashtiradi va foydalanuvchining olingan natijaga ishonchini oshiradi.
660
22 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining istiqbolli yo'nalishlari
Dialogli tarkibiy qism foydalanuvchilaming barcha kategoriyalari bilan ham vazifani yecha borishda va bilimlami olib, ishning natijalarini tushuntirishda do‘stona muloqotni tashkil qilishga moTjallangan. ETni ishlab chiqishda quyidagi mutaxassisliklar vakillari ishtirok etadi:
ET yechadigan vazifaning muammoviy sohasi bo‘yicha ekspert;
bilimlar bo‘yicha muhandis — ETni ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis;
dasturchi — instrumental vositalarini (IV) ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassis.
Shuni ta’kidlash kerakki, ishlab chiqarish ishtirokchilari orasida bilimlar bo‘yicha muhandislaming yo ‘ qligi (ya’ni uning dasturchi bilan almashtirilishi) yoki ET yaratish jarayonlarida muvaffaqiyatsizlikka olib keladi yoki uni ancha cho‘zib yuboradi. Ekspert muammoli sohani ta’riflovchi bilimlar (maTumotlar va qoidalar)ni belgilaydi. ETga bilimlar kiritilishining toTiqligi va to‘g‘riligini ta’minlaydi. Bilimlar bo‘yicha muhandis ekspertga ETning ishlashi uchun zarur boTgan bilimlami aniqlash va tarkiblashga yordam beradi, ushbu muammo soha uchun ko‘proq to‘g‘ri keladigan AT tanlashni amalga oshiradi, ekspert tomonidan kiritiladigan qoidalarda foydalaniladigan andozaviy vazifalami (ushbu muammo soha uchun namunaviy boTgan) farqlaydi va dasturlaydi (an’anaviy vositalar bilan). Dasturchi o‘z doirasida ETning barcha asosiy tarkibiy qismlariga ega boTgan ATni ishlab chiqadi, ATni u foydalanadigan muhit bilan bogTanishini amalga oshiradi. ET ikki usulda ishlaydi: bilimlami olish va vazifalami yechish. Bilimlami olish jarayonlarida ET bilan muloqot bilimlar bo‘yicha mutaxassis vositachiligida amalga oshiriladi. Ekspert muammo sohani ma’lumotlar va qoidalar majmui ko’rinishida bayon qiladi. Ma’lumotlar obyektlami, ulaming ekspertiza sohasida mavjud ta’riflari va miqdorlarini belgilaydi. Qoidalar ko’rib chiqilayotgan muamo soha uchun xos boTgan maTumotlar bilan manipulyatsiya qilish usullarini belgilaydilar. Ekspert bilimlami olish tarkibiy qismidan foydalangan tizim bilimlami toTdiradi, ular ETga muammo sohadagi vazifani mustaqil ravishda yechishga imkon beradi. Bilimlami olish usulida tushuntirish tarkibiy qismi muhim rol o‘ynaydi. Aynan u tufayli ekspert testdan o’tkazish bosqichida ETning muvaffaqiyatsiz ishlashi sababini mahalliylashtiradi, bu ekspertga eski bilimlami zamonaviylashtirish va yangilarini kiritishga imkon beradi. Odatda tushuntiruvchi tarkibiy qism quyidagilarni xabar qiladi: axborotlardan foydalanuvchi qanchalik to‘g‘ri foydalanayotgani; ma’lumot yoki qoidalardan nima uchun foydalanayotgani yoki foydalanmagani, qanday xulosalar. chiqarilgani va h.k. Barcha tushuntirishlar, qoidaga ko‘ra, cheklangan tabiiy tilda yoki grafika tilida beriladi. Dasturlami ishlab chiqishda an’anaviy yondashishda bilimlami olish usuliga dasturchi tomonidan bajarilayotgan algoritmlash, dasturlash va sozlash bosqichlari mos kelishini ta’kidlash lozim. Dasturlarni ishlab
§ 22.2. Ekspert tizimlari
661
chiqishga an’anaviy yondashishdan farqliroq uni dasturchi emas, balki dasturlashni bilmaydigan ekspert amalga oshiradi. Maslahat usulida ET bilan muloqot yakunini foydalanuvchi amalga oshiradi, uni natija va qaromi olish usuli qiziqtiradi. ET belgilanishiga ko‘ra, foydalanuvchi ushbu muammo sohada mutaxassis boTmasligi mumkin, bu holda u javobni o‘zi olishni bilmasdan ETga maslahat uchun murojaat qiladi, yoki mutaxassis bo‘lsa, natija olish jarayonlarini tezlashtirish va mashaqqatli ishni yuklash uchun ETga murojaat qiladi. «Foydalanuvchi» atamasi u ham ekspert, ham ma’lumotlar bo’yicha muxandis, ham dasturchi ekanini bildiradi. Shu bois ET kim uchun qilinganligini ta’kidlash maqsadida «yakuniy foydalanuvchi» atamasidan foydalaniladi. Maslahat usulida foydalanuvchining vazifasi haqidagi ma’lumotlar dialogli tarkibiy qism tomonidan ishlab chiqiladi, u quyidagi harakatlami bajaradi:
ishtirokchilaming rolini taqsimlaydi va vazifani kooperatsiyalangan holda yechish jarayonlarida ulaming o‘zaro hamqorligini tashkil qiladi;
foydalanuvchining vazifasi haqida foydalanuvchi uchun odatdagi tilda berilgan ma’lumotlami tizimning ichki tiliga o’zgartiradi;
tizimning ichki tilida berilgan ma’lumotdarni foydalanuvchi uchun odatdagi tildagi (asosan bu cheklangan tabiiy til yoki grafika tili) ma’lumotlarga o’zgartiradi.
Ishlab chiqilgandan keyin ma’lumotlar IXga kelib tushadi. IXgi kiruvchi ma’lumotlar, muammo soha haqidagi umumiy ma’lumotlar va MBdan qoidalar asosida hal qiluvchi (interpretator) vazifaning echimini shakllantiradi. Vazifaning echimi uslida ET an’anaviy dasturlardan farqliroq, nafaqat operatsiyalarning belgilangan izchilligini bajaradi, balki, uni oldindan shakllantiradi, agar ETning javobi foydalanuvchiga tushunarsiz bo‘lsa, unda bu javob qanday olinganligini tushuntirishni talab qilishi mumkin.