Magnityo'lkanikodlash odatda kartani embossirlaydigan uskunada amalga oshiriladi. Bunda karta raqami hamda uning amal qilish muddati haqidagi axborot magnit yo'lkada ham, relefli bosma yozuvda ham bir xil bo'ladi. Biroq shunday hollar ham bo'ladiki, dastlabki kodlashdan keyin axborotlami ko'shimcha ravishda magnit yo'lkaga ham tushirish talab qilinadi. Bunday hollarda «o'qish-yozish» vazifasini bajaradigan maxsus qurilmalar qo'llanadi. Bu, xususan, kartadan foydalanish uchun PIN-kod maxsus dastur yordamida shakllantirilmay, mijoz tomonidan o'z ixtiyoriga ko'ra tanlab olinganida sodir bo'ladi.
Mikrosxemani dasturlash alohida texnologik usullami talab qilmaydi, biroq ayrim o'ziga xos tashkiliy xususiyatlarga ega. Jumladan, xavfsizlikni oshirish va ehtimoliy suiste’mol qilishlaming oldini olish uchun mikrosxemaning turli sohalarini dasturlash bo'yicha operatsiyalar hududlar bo'yicha taqsimlab
654
21 - bob. Axborot xavfsizligi
chiqilgan hamda ushbu jarayonda ishtirok etayotgan turli xodimlarning huquqlariga qarab chegaralangan.
Odatda bu amallar uch bosqichga bo‘linadi:
birinchi ish joyida karta aktivatsiyasi;
ikkinchi ish joyida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bajariladi;
uchinchi ish joyida kartani shaxslantirish amalga oshiriladi.
An’anaga ko‘ra mualliflashtirish jarayoni «qo‘lda» bajariladi (bunda sotuvchi yoki kassir so‘rovnomani operatorga telefon orqali uzatadi - ovozli mualliflashtirish) yoki avtomatik bajariladi (bunda karta POS-terminalga joylanadi, ma’lumotlar kartadan o‘qib olinadi, kassir to‘lov summasini kiritadi, karta egasi esa maxsus klaviaturada PIN-kodni kiritadi). Shundan so‘ng terminal to‘lov tizimining ma’lumotlar bazasi bilan aloqa o’matib (on-line rejim), yoki bo'lmasa kartaning o‘zi bilan qo’shimcha ma’lumotlar almashinuvini ishga solib (off-line mualliflashtirish) mualliflashtirishni amalga oshiradi. Naqd pullar berilganda ham jarayon aynan shunday kechadi, farq faqat shundaki, avtomatik rejimda pullar maxsus qurilma - bankomat tomonidan beriladi va bankomatning o‘zi mualliflashtirishni ham amalga oshiradi. Kartalami soxtalashtirishdan va ulardan keyinchalik ruxsat etilmagan foydalanishlardan saqlash uchun turli usul va yo’llar qo’llanadi. Masalan, kartalami shaxslashtirish uchun ulaming plastik asosiga karta egasining oq-qora yoki rangli surati termobosma usuli bilan tushiriladi. Har qanday kartada hamma vaqt karta egasining imzo namunasi tushirilgan maxsus yo‘l bo‘ladi. Kartani himoya qilish uchun turli to‘lov hamjamiyatlari uning yuz va orqa tomonida maxsus hajmli tasvirlami qo'llaydilar. O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR Axborot xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?
Axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarining dolzarbligi va muhimligiga nimalar sabab bo’lmoqda?
Axborot xavfsizligiga tahdidlaming asosiy turlarini keltiring.
Kriptotizimlaming nechta sinfi mavjud va qaysilar?
O‘z DSt shifrlash algoritmi haqida nimalami bilasiz?
Nosimmetrik kriptotizimlaming o‘ziga xos xususiyatlarini keltiring.
Bir yo’nalishli funksiyalar qayerda qo‘llaniladi?
RSA algoritmida ochiq kaliti qanday shartlar bajariladigan qilib tanlanadi?
Qaysi kriptotizimlar tezkor: simmetrik yoki nosimmetrik?
Brandmauer va firewall atamalarini tushuntiring.
Elektron pochtaning oddiy uzatish bayonnomasi qanday ataladi?
Fayllami uzatish bayonnomasi qanday ataladi?
Tarmoqlararo ekranlaming tarkibiy qismlarining kategoriyalarini keltiring.
Elektron to‘lov tizimi deb nimaga aytiladi?
Plastikkartanima?
- BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING ISTIQBOLLI YO'NALISHLARI
§ 22.1. BILIMLAR BAZASI
§ 22.2. EKSPERT TIZIMLARI § 22.3. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA TADBIRKORLIKNI YO'LGA QO'YISH § 22.4. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINI YARATISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI § 22.5. NANOTEXNOLOGIYA TO'G'RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
O'z-o'zini el ishiga bag'ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan oliyjanob o'qituvchilarni, mo'tabar muallimlarni bundan buyon ham boshimizga ko'taramiz.