Asosiy bosqich ishning tugallovchi bosqichi bo’ladi va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog’liq. Bizning misolimizda uni bajarish uchun «Tovar moddiy boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va boshqalar kabi hujjatlarni olishga imkon beruvchi «Hisobotlar» menyusining modulidan foydalaniladi. Asosiy bosqichning bajarilishini ta’minlashda ma’lumotlar bazasida hisobot tuzish uchun foydalaniladigan har xil kombinatsiyali (ishchi) axborot to‘plamlami mashina tomonidan olinishi ta’minlanadi. Har bir ishchi axborot to‘plamlar qandaydir asosiy so‘z (masalan, materialning nomenklatura nomeri) bo‘yicha navlarga ajratilishi va undagi yakuniy ma’lumotlar hisoblanishi kerak. Natijada hisobot ma’lumoti shakllanadi, keyin u «Bosib chiqarishga» topshiriladi.
Ma’lumotlarni mashina xotiralarida arxivlashtirish va boshqa AUga uzatish uchun axborotlami shakllantirish kabi operatsiyalami ham bajarish mumkin.
Kompyuter ishlab chiqishni rivojlantirish hozirgi bosqichi uchun buxgalteriya hisobi vazifalarini texnologik jarayonning operatsiyalari
§ 18.2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari
543
tomonida ko‘zda tutilgan integratsiyalashishi xosdir. Uning mohiyati shundan iboratki, buxgalteriya hisobining har bir uchastkasini alohida AUda ishlab chiqara turib, axborot shakllantiriladi, u keyinroq birlashtiriladi va dasturining asosiy moduli tomonidan yig‘ma buxgalteriya hisobi uchun foydalaniladi.
Hisob vazifalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini amalga oshirish- ning muhim elementi uning dasturiy ta’minlanishi bo‘ladi. Kompyuter dasturlari bozorida har xil korxonalar, firmalar, tashkilotlar uchun mo‘l- jallangan buxgalteriya dasturlari variantlarining turli-tumanligi taqdim etilgan. Dasturiy mahsulotlami ishlab chiqarish ko‘p sonli firmalar tomonidan olib boriladi. Buxgalteriya hisobining vazifaviy ADPlarini tasniflashda ulami kichik, o‘rta va yirik korxonalarga mo‘ljallanishi asos bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘pgina firmalar dasturlami ikki variantda: mahalliy va tarmoqli ishlab chiqaradilar. Ta’kidlash kerakki, tarmoqli variantlar ancha murakkab va qimmat, «mijoz-server» texnologiyasini amalga oshirishni, maxsus uskunalar va operatsion tizimlami, hamda hisoblash tarmog‘iga xizmat ko’rsatuvchi mutaxassislar shtatining mavjudligini talab kiladi. Qoidaga ko‘ra, tarmoqli ADPlar buxgalteriya hisobining dasturlaridan tashqari, - barcha firmalar yoki tashkilotlar uchun boshqaruv axborotlarini kompyuterli ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Buxgalteriya hisobining ba’zi bir vazifaviy ADPlarining ta’rifini ko‘rib chiqamiz.
Kichik-hisobxona ADPlari kam sonli, hisobning aniq uchastkasi bo‘yicha xodimlami aniq aks ettirilgan hisobxonalar uchun mo‘ljallangan «Buxgalteriya yozuvi Asosiy kitob-Balans» umumiy nomi ostidagi kichik biznesga mo’ljallangan dasturlar asosan sintetik va murakkab bo‘lmagan tahliliy hisobni olib borish vazifalarini bajaradi. Bu sinfdaga eng mashhur ADPlar «IS: Buxgalteriya», «Turbo-Buxgalteriya» va boshqalardir.
Kichik hisobxona ADPlar o‘zlashtirish va ishlatishda sodda, kasb egasi bo'lmagan foydalanuvchiga mo'ljallangan. Ularning katta turli- tumanliklariga qaramasdan, qoidaga ko‘ra ular umumiy ta’riflarga egalar. Masalan, xo’jalik operatsiyalarining qayd etish daftarini avtomatlashtirilgan usulda olib borish, schotlar rejasi va namunaviy buxgalteriya yozuvlarining mavjudligi, bir qator birlamchi buxgalteriya hujjatlarini shakllantirish imkoniyati, yig‘ma buxgalteriya hisobotini avtomatlashtirilgan usulda tuzish.
«Mujassamlashgan buxgalteriya tizimi» ADPlari kichik va o‘rta biznesni olib borish uchun mo‘ljallangan. ADPning aspsiy xususiyati uning moduli qurilishidir. «Provodka-Asosiy kitob-Balans» moduli kichik korxonalar- niki kabi ADPning asosi bo‘ladi, unda hisobning keng yoyilgan tahliliy hisobi olib boriluvchi ba’zi bir uchastkalari bo’yicha modullar qurilgan. Masalan, hisobning ish haqi, materiallar, asosiy vositalar, xazina, bank, shartnomalar, yetkazib beruvchilar va boshqalar kabi uchastkalari bo’yicha tahliliy hisob mustaqil usulda amalga oshiriladi, ammo keyinchalik ulami
544
18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
yakuniy buxgalteriya hisobotini tuzilishi ta’minlanadigan «Provodka-Asosiy kitob-Balans» moduliga mujassamlashuvi sodir bo'ladi. Bu ADPlar «kichik- hisobxonawdan kelib chiqqanlar va eng keng tarqalgandirlar. Bu sinfdagi eng yaxshi- ADPlar «Parus», «Kompex+», «Buxkompleks»lardir.
«Buxgalteriya hisobining kompleks tizimi» ADPlari buxgalteriya dasturlari mavjud bo‘lishining eng eski shaklidir. Hisobning har bir bo‘limi ostida belgilangan ADPni yaratilishi tarixan zamonaviy ShKlami paydo bo‘lishiga qadar vujudga kelgan. Bu sinfning ADPlari o'rta va yirik korxonalar uchun eng ratsional bo'ladi va buxgalteriya hisobining kengaytirilgan tahlil hisob olib boriladigan va yig‘ma hisobning AIJ va hisobning ayrim uchastkasining AIJ o‘rtasidagi axborotlami almashtirish interfeysini ta’minlaydigan uchastkalari bo‘yicha mahalliy, ammo o‘zaro bog‘langan ADPlar majmuasinida mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Majmua ADPning tarkibi quyidagicha: «Provodka-Asosiy kitob-Balans», mehnat va ish haqining hisobi, ishlab chiqarishda xarajatlaming hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, tayyor mahsulotlarning hisobi, fondlaming hisobi, moliyaviy natijalaming hisobi, korxonaning moliyaviy holatining tahlili. Buxgalteriya vazifalari an’anaviy majmuasining tarkibi yangi boshqaruv, savdo va tahliliy modullarini yaratilishi hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bunda asosiy tamoyilga rioya qilish zarur — ADPlar o‘zaro axborotli bog‘langan bo‘lishlari kerak, bu faqat ADPning butun majmuasini bitta firmadan xarid qilingandagina mumkin.
§ 18.3. YIRIK KORXONALAR BUXGALTERIYA
HISOBI MASALALARINI KOMPYUTERDA
QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
Yirik korxonalarda buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish muammosi hozirgi zamonning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu hammadan awal katta hajmdagi axborotlami yig'ish, qayta ishlab chiqarish, ulami tahlil qilish va ulardan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o‘z vaqtida ratsional foydalanishdan iborat.
Katta hisoblash mashinalari davrida yirik sanoat korxonalari uchun birinchi buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) yaratilgan. Bunday hisoblash axborotlami ishlab chiqishni avtomatlashtirishga imkon bergan. Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar, hamda ShKlaming paydo bo‘lishi bu sinfdagi hisoblash vositalarining deyarli to‘liq yo‘qolib ketishiga olib keldi. Hisob axborotlarini markazlashmagan holda ishlab chiqish keng tarqaldi. ShKdan foydalanish axborot manbalarini vositachilar (hisoblash markazlari, korxonalaming axborotlarini tayyorlash bo'yicha bo‘limlari va boshqalami) chetlab o‘tgan holda, ushbu axborotning foydalanuvchisi hisobiga yaqinlashtirdi, hamda ShK zaminida hisobchining avtomatlashtirilgan ish joyini (HAIJ) yaratishga olib keldi. Hisob axborotlarini ishlab chiqarishning barcha tadbirlarini bevosita ish joyida avtomatlashtirishning imkoniyati paydo bo‘ldi.
§ 18.3. Yirik korxonalar buxgalteriya hisobini kompyuterda qayta ishlash
545
Hozirgi vaqtda BHATning yangi iste’molchilari — yirik korxonalar menejerlari uchun bozor sharoitlarida nafaqat hisob vazifalarini avtomatlashtirish, balki korxonalami boshqarishning samaradorligini oshirish, moliyaviy muvozanatni saqlab qolish, barqaror foyda olish imkoniyati muhimdir. Shuning uchun ham yirik korxonalaming BHATi quyidagilami ta’minlashi kerak:
buxgalteriya hisobi, rejalashtirish, korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatining tahlili, hamda ichki audit vazifalarining butun majmuasini avtomatlashtirilgan holda yechimini;
korxonadagi ishlaming joriy holati haqida tezkor, doimo o'zgarib turuvchi axborotlarini olishni. Bunday usul, masalan, o‘z resurslaridan samarali foydalanishga harakat qilayotgan yirik sanoat korxonalari uchun ham, tovarlar va boshqa mablag1 laming harakati va mavjudligi haqidagi axborotlar qisqa vaqt ichida yangilanmagan hollarda zararlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan yirik savdo uylari uchun ham, hamda katta hajmdagi mablag1 laming doimiy harakati sodir bo‘ladigan boshqa korxonalar uchun ham muhimdir. Bunda asosiy e’tibor tezkor tahliliy hisoblami va kiritilgan moliyaviy resurslardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlami olishga qaratilishi kerak;
birlashtirilgan holda ham boshqarish, ham umumlashtirilgan moliyaviy hisobotni olish imkoniyati. Yirik korxonalar filiallar va uzoq masofadan omborlarga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari, bunday korxonaning mablag‘lari mulkdorlar guruhiga tegishli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham bunday tizimlardan markazdan turib tezkor boshqarish uchun ma’lumotlami almashtirishni amalga oshirish imkoniyatiga ega uzoqlashtirilgan ish joylarining mavjudligi muhimdir.
Ushbu talablarga javob beruvchi yirik korxonalar BHATni markazlash- tirilgan boshqaruvga ega tarmoqda hisob xodimlarining AIJ majmuasi asosida yaratish maqsadga muvofiqdir.
Xorijiy va mamlakatimizning ushbu sohaga tegishli nazariyasi va amaliyotini o’rganish va umumlashtirish shuni ko‘rsatadiki, yirik korxonalarda buxgalteriya hisobi boshqaruviniig ikki darajali,— tizim boshqaruvi va moliyaviy hisob bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunda axborotlar faqat fbydalanuvchilar uchun mo‘ljallangandir.
Boshqaruv hisob tannarx ko‘rsatkichlari, bo‘linmalaming xarajatlari bilan ish olib boradi, javobgar shaxslar, faoliyat sektorlari, boshqa bo‘lin- malar bo‘yicha o’tkazilgan operatsiyalaming natijalarini aniqlaydi. Smeta, me’yomoma, kalkulyatsiya, xarajat va natijalaming muvofiq nisbatlar — boshqaruv hisobining obyektidir. Uning tahliliy ma’lumotlaridan operatsiya, bo‘lim, brigada va bo‘linmalami boshqarishda keng foydlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |