«Mezozavr» amaliy dasturlar paketi. Paket interaktiv rejimdagi ShKda ishlaydi, uning asosiy belgilanishi — vaqtli qatorlaming tahlilini o‘tkazishdir. Tadqiqotchi xohishiga ko‘ra mavjud raqamli axborotlami ishlab chiqishning turli usullarini qo'llab va bunda olinadigan natijalar, ulaming o‘xshashligini tahlil qilish bilan «sinab ko‘rish» zarur boTgan vaziyatga e’tibor beriladi. Paket tufayli bunday tadqiqotlar g'oyatda tezkor va samarali o'tadi. «Mezozavr» ADPdan o‘rtacha (bir necha ming kuzatishlardan ortiq boTmagan) uzunlikdagi vaqtli qatorlami tahlil qilish uchun foydalaniladi. Dialog foydalanuvchining istagiga ko'ra ruscha yoki inglizcha olib boriladi. Boshqaruv menyu, «tez kirish» tugmalari yordamida amalga oshiriladi.
«Vaqtli qator» deganda vaqt davrida (masalan, har yili, har oyda, har 5 daqiqada) qadamba-qadam qilingan ba’zi bir raqamli ta’riflar orasidan kuzatishning izchilligi tushuniladi. Milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiyot darajasidagi bunday ma’lumotlarga har yillik, har choraklik, har oylik ishlab chiqarish, yetkazib berishlar, tashishlar, iste’mol hajmlari, narxlaming indekslari va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, korxona darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, xarajatlar, resurslar sarflanishi, sifat ta’riflarining evolyutsiyasi va boshqalar misol bo'lib xizmat qilishi mumkin.
«Mezozavr» ADP axborot kiritish va saqlash bo'yicha bir qator afzalliklarga ega: u o‘z ma’lumotlar fayllarining standartiga ega, unda axborotini kiritish elektron jadvali turidagi ma’lumotlar muharriri orqali amalga oshiriladi; standart fayllarda tahlilni borishi davomida olingan har qanday maTumotlami saqlash imkoniyatlarini taqdim qiladi.
Bitta tahlil qilinadigan vaqtli qatoming chegaraviy uzunligi 18 ming belgiga teng, ammo bunday qatoming tahlil qilish imkoniyati g'oyatda cheklangan bo'ladi, shu bois 2—3 ming ma’noga ega qatorlar bilan ishlash eng sifatliroq boTadi. Bir vaqtda 256 ta qatorchani tahlil qilish mumkin, ammo ulaming miqdori, uzunligi 60 ming belgidan (tezkor xotiraning 640 Kbayt hajmida) oshib ketmasligi kerak. Bunda yoki haqiqiy vaqtli shkalalar 11 daqiqadan to istalgan vaqtgacha, yoki shartli vaqtli shkaladan foydalanish mumkin.
Ma’lumotlami tahlil qilish qurilgan jadvalli muharrir yordamida yoki grafik usulida amalga oshiriladi, ulami o'zgartirish esa ko'rilgan vazifalaming katta majmuasi bilan jihozlangan formulalar interpre-tatori yordamida hamda maxsus xarakterdagi o'zgarishlaming qo'shimcha menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, maTumotlaming oldingi o'zgarishlarini bevosita ko'rsatish imkoniyati bor, u keyingi tahlil jarayonida hisobga olinadi. Qatorlar ustidan barcha arifmetik operatsiyalarda vaqtli shkalalaming birga boTa olishligi hisobga olinadi.
ADP vaqtli qatorlar tahlili bo'yicha quyidagi asosiy tadbirlami: silliqlash, filtrlash, hamda har xil regression bog'liqliklami amalga oshiradi. Barcha tadbirlar turli shakllami o'matish, grafikning istalgan parchasini oshirish imkoniyati kabi
530
17 - bob. Statistikaning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
interaktiv imkoniyatlaming katta soniga ega qudratli grafik qo‘llab-quwatlash bilan ta’minlanadi.
Statistika sohasiga zamonaviy AAT va AATexni keng tatbiq qilish barcha hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi, mehnattalablikni kamaytiradi va mehnat unumdorligini oshirishga olib keladi.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Davlat statistika idoralarining asosiy vazifalarini aytib bering.
Statistik axborot tizimlari oldiga murakkab tizim sifatida qariday talablar ko'yiladi?
Iqtisodiy tahlil vazifalarini yechish uchun tahliliy majmua ko‘llashi-ning xususiyatlarini aytib bering.
Davlat statistika idoralari iqtisodiyotni boshqarish tizimida qanday rol o‘ynaydi?
Har xil Statistik vazifalami yechishda qanday axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llaniladi?
Axborotlami elektron ishlab chiqish majmualari nima uchun yaratiladi?
Ma’lumotlarning har xil avtomatlashtirilgan banklarini qanday qilib samaraliroq qo‘llash mumkin ?
Ko‘rsatkichlar bo'yicha ma’lumotlar banki yordamida ma’lumotlar bazasini shakllantirish, faollashtirish va faoliyat yuritish texnologiyasi qanday qilib amalga oshiriladi?
ADPlari qanday Statistik axborotlami tahlil qilish va bashoratlashga imkon beradi?
Mintaqa (tunian) daiajasida taitibga soluvchi vazifalarni ycchishni tashkil qilishning namunaviy tadbirlari tartibini belgilang.
Birlamchi hujjatlami kiritish, nazorat qilish va yozishda sozlovchi axborotlar to‘plami tarkibini tushuntirib bering.
Respublika darajasida ko'rsatkichlar MB muhitida ma’lumotlarning qanday bazalaridan foydalaniladi?
- BOB. BUXGALTERIYA HISOBIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI
§ 18.1. BUXGALTERIYA HISOBI AXBOROT TIZIMLARINING UMUMIY TA'RIFI
§ 18.2. BUXGALTERIYA HISOBIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
§ 18.3. YIRIK KORXONALAR BUXGALTERIYA HISOBI MASALALARINI KOMPYUTERDA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
§ 18.4. KICHIK BIZNES KORXONALARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARI
Aqliy zakovat va ruhiy-ma'naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |