Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet309/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Farmoyish beruvchilar — bu biror bir xo‘jalik operatsiyasini bajarishga ruhsatga ega hujjatlar, masalan, korxona bo‘yicha safarga chiqishga buyruq, safarga chiquvchi shaxsning hisoboti bo'yicha pul miqdorini berish uchun farmoyish beruvchi hujjat bo‘ladi.
Ijroiya (oqlovchi) — bu farmoyishning bajarilishi haqidagi axborotlarga ega hujjatlar.
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish beruvchi- ijroiyajdir, masalan, kreditga farmoyish beruvchilar tomonidan imzolangan ish haqini to*lash qaydnomasi xazinagar uchun farmoyish beruvchi hujjat




538


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


bo‘ladi, ish haqi berilib bo‘lgandan keyin qaydnoma ijroiya (oqlovchi) hujjat maqomini oladi.
Hisobli rasmiylashtirish hujjatli buxgalteriya provodkasi (hisob raqami korrespondensiyasiga) ega. Ularga yodgorlik ordenlari, shifrni oluvchi vazifa- lar kiradi.
Moddiy hujjatlar tovarmoddiy boyliklar (materiallar, yonilg'i, idishlar, ehtiyot qismlar, nim mahsulotlar, tayyor mahsulotlar)ning harakati bo'yicha operatsiyalami rasmiylashtiradi.
Hisob-kitob hujjatlari korxonaning o‘z kontragentlari bilan vujudga kelgan majburiyatlar (masalan, hisob-raqamlar, schot-fakturalari, to‘lov talablari, toshpiriqnomalari) bo'yicha o'zaro hisob-kitob munosabatlarini rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Yagona birlamchi hujjat bitta xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha axborotlar manbai, yig‘ma esa vaqtning belgilangan qismi (kun, hafta, oyjdagi bir turli xo'jalik operatsiyalarini butun majmuasi haqidagi axborotlar manbai bo‘ladi.
Bir martalik hujjatlar bir martalik xo'jalik operatsiyasini bajarish uchun, jamlovchidagi belgilangan muddatlar doirasida bir martalik xo‘jalik opera­tsiyalarini ko‘p marta bajarish uchun foydalaniladi. Masalan, materiallami chiqarish uchun har gal yangi hujjat chiqarish talabnomasini rasmiylashtirish kerak. Limit-kartalar bo‘yicha materiallar ombordan oy davomida belgilangan limit doirasida ko‘p marta chiqariladi. '
Bir qatorli hujjat bitta hisoblash pozitsiyasiga, ko‘p qatorli ikki va undan ko‘proq pozitsiyalarga ega. Bir qatorli hujjatlar (masalan, materiallami ke-lib tushishi va ulaming berilishini rasmiylashtirish uchun) hisobni ko‘l texnikasida olib borishda qo‘llaniladi, chunki ulardan foydalanish hujjatlami guruhlashni engallashtiradi (nomenklatura nomerlariga, materiallami turlari va xarajatlar yo nalishlari bo'yicha). Kompyutei lardan foydalanish bilan ma’lumotlami avtomatlashtirilgan ishlab chiqish sharoitlarida ko‘p qatorli hujjatlar qo‘llaniladi.
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo‘lda yoki kompyuterlarda) texnikasi korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo‘linmalarini kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog‘liq. Ammo ayrim xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda hujjatlami qo‘lda tuzishni ko‘zda tutadi.
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) alomat, masalan, bo‘linmalar, sexlar, brigadalar bo‘yicha ishlovchilar asosida buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar va gumhlar tuzish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlaming har xil turlari: umumdavlat, sohaviy va mahalliydan foydalaniladi.
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun 0‘zbekiston uchun yagonadir, buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: korxona va tashkilotlaming umumdavlat tasniflagichi (K.TÚT), milliy iqtisodiyot sohasining UT(MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THShK),




§ 18.1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi


539


davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o‘lchov birligi kodi (UBK), boshqaruv hujjatlarining UT. Qoidaga ko‘ra bu kodlar yig‘ma buxgalteriya hisobotlarining sarlavha qismiga qo‘yiladi va korxonadagi hisobning mahalliy uchastkalari buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalanilmaydi. Ularga zaruriyat faqat yig‘ma buxgalteriya hujjatlarini kompyuterda ishlab chiqishda vujudga keladi.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo‘lgan axborotlami kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib borilishini hisobga oigan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlaming sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo‘lgan tasniflagichlami kiritamiz.
Qoidaga ko‘ra, bu tasniflagichlar barcha namunaviy loyihalarda bir turli bo’ladi, shuning uchun korxonalar va firmalarda buxgalteriya vazifalami kompyuterlashtirishda ulami loyihalashtirish zarurati yo‘q. Ularga buxgalteriya hisobi sintetik hisob raqamlaming kodi, ish haqi bo’yicha to‘lovlar turlari va ushlab qolishlar turlari, moddiy mablag‘lar hisob harakatlari operatsiyalari turlari, amortazatsiya chegirishi me’yorlari, soliq to‘lovchilar kategoriyalari, kassa operatsiyalari kiradi. Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar uchun hosdir, shuning uchun ulami loyihalashtirish aniq korxonada hatto namunaviy loyihalami xarid qilishda ham olib boriladi.
Korxonada kodlami loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab qiladi, ya’ni kodlar korxonalaming barcha bo‘linmalaridagi turli vazifa­larini yechishda qo‘llana olinishi kerak. Misol uchun, bo‘linmalaming kodlari hisob vazifalari, xodimlar hisobi vazifalari, ishlab chiqarish hisobini ishlab chiqishda yagona bo’lishi kerak.
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun foydalaniladi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy kodlami ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona bo‘lgan kodlar: tarkibiy bo‘linmalar, materiallar, tayyor mahsulotlar, detallar, qismlar va birlashmalar; uskunalar, tabel tartib sonlari, yetkazib beruvchilar va iste’molchilar, ixtisosliklar kodlari. Kodlaming ikkinchi guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalaniladi, bular: subschotlar, asosiy vositalar, moddiy javobgar shaxslaming kodlari.
Buxgalteriya vazifalarining axborot ta’minlanishi shuningdek, mashina manbalarida joylashgan ma’lumotlar majmuasini (o‘zaro bog‘langan fayllami) ham o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy vazifalami ishlab chiqarishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari AIJ va hisoblash tarmog‘i va yakka tartibdagi loyihalar har xil konfiguratsiyasida: markazlashgan, taqsimlangan, mahalliy ma’lumotlar bazasini tashkil qilishga mo’ljallangan.
Bunda korxona va tashkilotlar uchun umumiy bo’lgan bazali massivlar (ishlovchilar, materiallar, ma’lumotnomaviy ma’lumotlar, bo'linmalar, lavozimlar) hamda faqat buxgalteriya vazifalarini yechishda foydalaniladigan




540


18 - bob. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari


mahalliy bazalar (buxgalteriya hisobi raqamlari, namunaviy provodkalar, xo‘jalik operatsiyalari qayd daftari, shaxsiy hisob raqam, asosiy vositalaming yo‘qlama varaqachalari, hisob raqamlar varaqachalari) yaratiladi.
Ma’lumotlaming axborotli ko‘p bosqichli taqsimlangan bazasi tarkibi korxona KAT ishchi loyihasini tuzishning borishida aniqlanadi. Namunaviy loyihalardan foydalanishda ma’lumotlar bazasini tashkil qilishning yana bir jihatini ta’kidlash mumkin.
Namunaviy loyihalarda, qoidaga ko‘ra, barcha korxonalar uchun yagona bo‘lgan ma’lumotlar bazasining tarkibi (buxgalteriya hisob raqamlari rejasi, ish haqi bo’yicha to’lovlar va ushlab qolishlaming turlari, materiallar harakati operatsiyami, namunaviy, provodkalar va boshqalar) ko’zda tutiladi. Foydalanuvchi o‘z istagiga ko‘ra bu massivlarga o’zgartirishlar kiritishi, tartibi aniq foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan va u tomonidan qo’lda to'ldiriladigan boshqa bazali massivlar (bo’limlar, xodimlar, materiallar va boshqalar) yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining dasturiy ta’minlanishiga to’liq asosda bir qator axborotli ma’lumotli dasturlar; «Maslahatchi-hisobchi», «Maslahatchi-plyus», «Kafolat», «0‘zbekiston soliqlari», «Yuridik ma’lumotnomawni kiritish mumkin. «Maslahatchi-hisobchi» mutaxassislaming turli huquqiy me’yorlarini qo’llash tartibi haqidagi tushuntirishlarga ega. Axborotlami to'ldirish huquqiy axborotlami tarqatishning umumdavlat tarmog’i bo’yicha bajariladi.
§ 18.2. BUXGALTERIYA HISOBIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Buxgalteriya vazifalarini yechishni AATexlari asosida tashkil qilish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini tuzish paytidan boshlab yakuniy moliya- viy hisobotni tuzish bilan yakunlanuvchi operatsiyalarining yig’indisidir.
Hozirga bosqichda buxgalteriya vazifalarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida markazlashtirilgan holda ishlab chiqish asosiy rolni o’ynaydi:

  • foydalanuvchining ish joyida o’matilgan kompyuterlami qo’llash, bu erda vazifalami yechish hisobchi tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;

  • korxona (tashkilot, firmajning turli xildagi bo’linmalari iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan holda ishlab chiqilishini ta’minlovchi mahalliy va ko‘p bosqichli hisoblash tarmoqlarini shakllantirish;

  • hisoblash texnikasida bajariladigan buxgalteriya hisoblashlar tarkibini ancha ko'paytirish;

  • har xil bo‘linmalar uchun korxonaning yagona taqsimlangan ma’lumotlar bazasini yaratish;

  • birlamchi buxgalteriya hujjatlarini mashinada shakllantirish imkoniyatlari, bu qog'ozsiz texnologiyalarga o'tishni ta’minlaydi va hujjatlami yig’ish va ro’yxatga olish bo’yicha operatsiyalar mehnat talabligi darajasini kamaytiradi;




§ 18.2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari


541


  • buxgalteriya vazifalari majmualarini yechishni integratsiyalash;

  • dialogli usulda amalga oshirish yo‘li bilan axborot xizmat ko'rsatishni tashkil qilish imkoniyati.

Texnologik jarayonlaming barcha operatsiyalari ShKda bitta ish joyida va uning tuzilishiga ko'ra izchillik bilan bajariladi.
Axborot to‘plamlarining har xil turlari hisob vazifalarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Birinchi tur birlamchi hujjatlami yig'ish va ro‘yxatga olish bilan bog‘liq. ShKdan foydalanishda ulami mashina bilan shakllantirish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu hujjatlami yaratish jarayonining avtomatlashtiradi. Ammo ShKga qo‘lda kiritilgan birlamchi hujjatlaming kelib tushish imkoniyati ham istisno emas. Axborot ta’minotining ikkinchi turi — o'zgaruvchan axborotlaming fayllar va mashina manbalari va ShK xotirasidagi shartli doimiy axborotlar ma’lumotlar bazalaridir. O‘zgaruvchan axborotlaming fayllari birlamchi hujjatlaming ma’lumotlari asosida shakllanadilar va belgilangan davr ichida vazifalami (masalan, ishchi naryadlar, kirish orderlari, kassaning chiqarish orderlari, yuk xatlari va boshqalar) bir marta yechishda foydalaniladi.
Shartli-doimiy axborotlaming fayllari loyihani tatbiq etishda bir marta yaratiladi, ko‘p marta foydalaniladi va ularga doimo tuzatishlar kiritiladi. Ularga har xil me’yomomalaming massivlari, ma’lumotnomalar, asosiy vositalar hisobini yo‘qlama qilish varaqalari, ishlovchilaming shaxsiy varaq- chalari va boshqalar kiradi.
Markazlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitlarida, texnologik jarayonning barcha operatsiyalari hisobchi tomonidan uning ish joyida bajarilayotganda texnologik jarayonning an’anaviy vujudga kelgan bosqichlarining mazmuni bir oz o‘zgaradi. Barcha operatsiyalaming bajarilishini ShK ishga tushishi zahotiyoq ekranda ko‘rsatib beradi. Menyu dastur bloklari (modullari) ning ro‘yxatidan iborat bo‘ladi, undan har bir modul birlamchi hujjatlami kiritishdan tortib to yig‘ma hisoblami tuzishni tugatilishigacha bo‘lgan texnologik jarayonning belgilangan vazifalarini bajaradi.
Misol sifatida «BEMB1» dasturining «Materiallar Tovarlar» moduli asosiy menyusining tarkibini keltiramiz.


t

Varaqachalar, III
ma’lumotno- | Hisobotlar I Har xil I
malar III
ShKda bajariladigan texnologik jarayonlarda quyidagi uchta jarayonni:

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish