Korrelyatsion tahlil yordamida juft korrelyatsiyalaming matritsasi, xususiy korrelyatsiyalar matritsasi hamda ko’plikdagi korrelyatsiya koeffitsiyentlari hisoblanadi.
Regression tahlil asosida bog’liqliklar: to’g’ri chiziqli, ijobiy, salbiy, to’g’ri chiziqli bo’lmagan shakllarini belgilash vazifasi yechiladi. Komponentli va omilli tahlillar — ikkita bir-biridan tubdan farqlanuvchi Statistik usullardir. Dasturda ularyagona blokka birlashtirilgan, chunki bunday birlashtirish hisoblash nuqtai nazaridan o’zini oqlaydi. Komponentli tahlil tasodifiy o’zgarishlar orasidagi tarkibiy bog’liqlikni aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida dastlabki ma’lumotlarda bo’lgan deyarli barcha axborotlarga ega hodisaning qisqa bayoni olinadi. Omilli tahlil dastlabki o’zgaruvchanlami komponentli tahlilga nisbatan o’zgartirishning umumiyroq usulidan iborat bo’ladi. Umumiy omillar sonini aniqlash, umumiy va maxsus omillar baholarini aniqlash omilli tahlil vazifalaridandir. Ushbu ADP asosida iqtisodiy tahlilni yo’lga qo’yishning yadrosi bo'lib Statistik ma’lumotlar bazasi xizmat qiladi (17.4-rasm). Vaqtli qatorlar tahlili Statistik ta’riflami hisoblash, 16 vazifa bo’yicha o’sishlarining tahlili va ba’zi moslashtirilgan parametrik modellami o’z ichiga oladi. Dinamik qator avtokorrelyatsiyasi tahlili avtokorrelyatsiya grafigi yordamida bajariladi.
52B
17 - bob. Statistikaning avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari
- rasm. Statistik ma’lumotlar bazasining tarkibiy tuzilmasi.
O‘sish egri chiziqlarini hisoblash juft regressiyani qurish sifatida ko‘rib chiqiladi, unda vaqt asosiy o‘zgaruvchi boTadi. Chuqurlashtirilgan tahlil bashoratlashning moslashtirilgan va mavsumiy usullarini qoTIashni ko‘zda tutadi. Chastotali tahlil vazifalarini yechish uchun chastotali filtrlash, garmonik tahlil va spektrli tahlil usullaridan keng foydalanish mumkin. MNCALC axborot texnologiyasi o‘z vazifaviy imkoniyatlari bo‘yicha Lotus yoki SuperCalcs ADPlariga o’xshash jadvalli protsessorlami qo'llashga asoslangan. «Olimp» paketidan foydalanuvchining nuqtai nazaridan MNCALC ma’lumotlar bazasi jadvaldan, uning har bir ustuni o’zgamvchidan iborat bo‘ladi, qatorlari esa o‘zgartiruvchilar miqdoriga ega boTadi. MNCALCning «Olimp» paketi standartli muharririga nisbatan afzalligi uning ma’lumotlar butun majmuasini darhol aks ettirishi va tahrir qilishga imkon berishidan iboratdir. Bundan tashqari, jadval uyachalarida shunday formulalar mavjud boTishi mumkinki, ular yordamida yangi o’zgaruvchilami shakllantirish mumkin. Jadval uyachalari o’zgaruvchilami nomlashga va ma’lumotlar majmualarini izohlashga imkon beruvchi turli matnli axborotlarga ega bo’lishi mumkin. AIT dasturiy vositasi so’rovlar tizimini shakllantirish va ushbu so’rovnomalar bo’yicha ma’lumotlami kiritishga moTjallangan. Ma’lumotlar klaviatura yordamida namunaviy shakllarga keltiriladi. AIT so’rovnomalarda ko’proq uchrovchi savollaming beshta standartli turlariga ega. AIT dasturi ma’lumotlami keyinroq «Olimp» ADP yordamida ishlash maqsadida tayyorlash uchun ishlab chiqilgan, ammo ma’lumotlami boshqa dasturiy mahsulotlar uchun tayyorlashda hamda muvaffaqiyat bilan foydalanish mumkin.
§ 17.3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil
529
AITda noyob foydalanish interfeysi amalga oshirilgan, u AIT bilan ishlashning tez va oson o‘zlashtirish imkoniyatini beradi. Windows muhitida ishlash uchun OLYMP dasturi versiyasining yaratilishi «Olimp» ADP rivojlanishida yangi qadam boTadi.