Axborot faoliyati - bu milliy iqtisodiyot sohasi bo’lib, axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va qayta ishlab iste’molchilaming bu boradagi talabini qondirish bilan shug‘ullanayogan tadbirkorlikning bir shaklidir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining mamlakat milliy iqtisodiyotida nufuzli o‘rinni egallab borayotganligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Unda axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolaming axborotga ortib borayotgan talab ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlami yaratish maqsadida quyidagi asosiy vazifalar belgilab qo‘yildi :
• zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazala- rini yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma- bosqich o‘tish;
§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar
31
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalarida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo’lishlari uchun shart- sharoitlar yaratish;
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish; IR sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish:
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda tutgan holda mamlakatning barcha hududida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan, ko’chma aloqa, IR texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish vositalarini jadal rivojlantirish;
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan, qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta’minlash;
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni rag’batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga ko’maklashish.
Bugungi kunda kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamonaviylashtirish respublikamizda ustuvor o’rinlarga chiqmoqda. Bu borada respublikamiz fani ham katta tajribaga egadir. Mamlakatimizda axborotlashtirish jarayonlarining izchil olib borilishida 0‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshidagi «Matematika va axborot texnologiyalar» (oldingi «Informatika», Hisoblash markazli Kibemetika) institutining hissasi juda kattadir.
0‘zbekistonda kibemetika faniga 1956-yili O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi bo’limi tashkil qilingan kundan boshlab asos solingan. Akademiklar X.M.Abdullaev, M.T. 0‘rozboev, V.A.Bugaev va V.Q.Qobulov (mazkur bo’limning rahbari bo‘lgan) fanning ushbu muhim yo’nalishining tashkilotchilari bo’lganlar.
32
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
1959-yilda hisoblash texnikasi bo‘limida yuzga yaqin xodimlar ishlaganlar. Bu vaqtda O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib «Ural-1» EHMi ishga tushirilgan va bo‘lim V.P.Chkalov nomli aviatsiya zavodida rejali hisoblami boshlagan edi. Aviatsiya birlashmasi Fanlar Akademiyasi ko‘magida qudratli hisoblash markaziga ega bo‘lgan. Keyinchalik xuddi shunday ishlar Toshkent kabel zavodida va boshqa korxonalarda ham amalga oshirildi.
1966-yilda Hisoblash markazli (HM) Kibemetika instituti tashkil qilindi, 1969-yilda o'sha vaqt uchun qudratli hisoblangan ikkita M-20 rusumidagi EHMli mashinalar bilan jihozlangan. Bir necha yil ichida vazirlik va idoralaming tarmoqli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT)da texnik topshiriqlar tuzildi, Axborot hisoblash markazi (AHM) tarmoqlarini tashkil qilish boshlandi.
Bu ishlar natijalari asosida keyinchalik, 1973-yilda «Respublikada ABT ishlab chiqish (RABT) va O‘zbekiston xalq xo'jaligiga joriy qilish haqida» O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati qaror qabul qildi va mazkur institut bosh tashkilot qilib tayinlandi. Shu munosabat bilan 1978 yilda O‘zR FA HM Kibemetika instituti Fanlar Akademiyasi hayotida birinchi bo‘lib «Kibemetika» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. Birlashma tarkibida Kibemetika, Tizimli tadqiqotlar vaAlgoritm institutlari hamda ikki ixtisoslashtirilgan loyiha konstruktorlik byurosi va tajriba-eksperimental zavodi ilmiy tadqiqot va amaliy ishlanmalami bajargan edi.
Yillar davomida birlashma negizida, uning faol ishtirokida yuzlab EHMlar bilan jihozlangan yuzdan ortiq AHM va ko‘plab ABTlar yaratildi. 1979-yilda RABT birinchi navbati, 1985-yilda esa ikkinchi navbati topshirildi.
Birlashmada 800 ga yaqin fan nomzodlari, 100 dan ortiq fan doktorlari tayyorlangan. Birlashma oliy o‘quv yurtlarida hisoblash texnika va kibemetika yo‘nalishi bo‘yicha beshta fakultetlami tashkil qilishda faol ishtirok etgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi «Axborot texnologiyalari va menejment» (dastlabki nomi «Iqtisodiy kibemetika») fakulteti shular jumlasidandir.
Hisoblash usullarini ishlab chiqish va hisoblash tajribalarini EHMda o‘tkazish zamonaviy kibemetika masalalarini yechishning nazariy asosi hisoblanadi. Bu yo‘nalish hozirgi O‘z FA Matematika va axborot texnologiyalar hamda «Algoritm-Injenering» institutlarida asos solingan kundan boshlab rivojlantirib kelinmoqda.
Bu ishlar akademiklar V.Q. Qobulov, F.B.Abutaliev, J.A. Abdullaev, B.A.Bondarenko, T.F. Bekmuratov, T.Bo‘riev, M.M. Kornilov rahbarligida boshlangan edi va ilmiy maktablar yaratildi.
O‘zbekistondagi kibemetika maktabini yaratuvchisi akademik V.Q. Qobulov rahbarligida tutash muhitlar mexanikasida (TMM) algoritmlash-
§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar
33
tirish nazariyasining asoslari 60-yillarda ishlab chiqilgan va olingan natijalar asosida yangi ilmiy yo‘nalish algoritmik kibemetika yaratildi.
TMMda algoritmlashda keyingi tadqiqotlar zamonaviy EHMda dasturiy ta’minotning kompleksini yaratish, keng sinf masalalarini yechish, algoritmlarini qurish bilan bog‘liq. Bugungi kunda bu yo‘nalish fanning turli sohalarida o‘zining keng rivojini topgan. Mexanika, mashinasozlik, tibbiyot va biologik sistemalar, iqtisodiyot va boshqa sohalarda olingan natijalar qullanilgan.
Akademik F.B.Abutaliyev rahbarligida atmosfera jarayonlariga oid keng miqyosli tajribalar olib borildi. Orol dengizining qurigan qismidan tuz va changning tarqalishini tadqiqot qilish uchun matematik modellar yaratildi va hisoblash tajribalari o‘tkazildi.
Akademik J.A. Abdullayev rahbarligida tezkor texnik axborotni qayta ishlash va uzatish muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
Akademik B.A.Bondarenko rahbarligida matematik fizikaning yarim- chiziqli differensial tenglamalari va fraktal nazariyasi asoslari yaratildi va rivojlandi.
Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi masalalarini algoritmlash va murakkab inshootlar hisobini EHMda bajarish usullari akademik T.Bo‘riyev rahbarligida ishlab chiqildi.
Akademik M.M. Kornilov rahbarligida baholami hisoblash algoritmlar sinfi deb nomlangan yangi sinfdagi idroklash algoritmlari nazariyasi yaratildi. Bu sinfdagi algoritmlar uchun matematik ta’minot sifatida texnologiya, tibbiyot va geologiyaning amaliy masalalarini yechishda keng qo‘llanib kelingan «PRASK» va «KANON» dasturiy komplekslari yaratildi (E.M.Aliyev, V. Buzurxonov, Sh.E. Tulyaganov, N. Kim, R.A. Lutfullayev, X. Qodirov, F.T.Odilova). Tasvirlami idroklash nazariyasining rivojlanishi, belgilaming bog‘liqligini tahlil qilishga asoslangan idroklash algoritmlarini algebralash bilan bog‘liq bo‘lib, baholami hisoblash algoritmlari sinfining mustaqil butog‘ini hosil qiluvchi idroklash algoritmlarining algebraik nazariyasi qurildi ( Sh.X.Fozilov).
Akademik T.F.Bekmuratov rahbarligida hisoblash texnikasi vositala- rini yaratish va rivojlantirish ishlari olib borildi. Bir jinsli bo‘lmagan, shu jumladan, gibrid (analog-raqamli) hisoblash qurilma va tizimlari nazariyasi ishlab chiqildi. Uning asosida qator gibrid tizimlar ishlab chiqildi va turli sohalarda avtomatlashtirilgan boshqarish va loyihalash tizimlarda joriy etilgan. Formallashtirilmaydigan murakkab intellektual masalalami yechish uchun mo'ljallangan ekspert tizimlarini sintezlash, noaniqlik sharoitlarda qarorlani qabul qilish nazariyasi yaratildi va usullari ishlab chiqildi (T.F.Bekmuratov, M.M.Musayev, M.Sh.Nosirov, T. G. Shamsiyev, A.V.Qodirov). Ko‘p masalalami bir vaqtda yechish jarayonlarini amalga oshirish uchun dispetcherlash usuli va ko‘p mashinali hisoblash majmuasi
34
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
model va algoritmlari qurildi (I.Po‘latov, A.Inoyatov, E.Shermatov). Mikroelektron raqamli hisoblash qurilma va tizimlami loyihalashning avtomatlashtirish, tashxisli testlarini loyihalash hamda qarshiliklarga chidamli tizimlarning ishonch ko‘rsatkichlarini oshirish nazariyasi va algoritmlari qurildi (T.M.Mag'rupov, S.A.Ikromov).
Gaz, neft, ko‘mir va turli xil qimmatli metallar konlarini, tog‘- metallurgiya korxonalari ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlash- tirilgan loyihalash, rejalashtirish va boshqarish tizimlari yaratilgan (R.Sadullayev, O.M.Nabiyev, I.B.Tabakman).
Mashinasozlik sanoatida ishlab chiqarishni texnik tayyorlov ishlami avtomatlashtirish, texnologik va tashkiliy jarayonlami avtomatlashtirish va robotlashtirish uchun usul, algoritm va dasturlar ishlab chiqildi (O.M. Nabiyev, T.S.Nusratov, N.A.Mo'minov, B.M. Ismoilov, Z.M.Solihov, B.M.Azimov).
Kapital qurilishini rejalashtirish, kapital mablag‘larni taqsimlash va boshqarish model, usul va algoritmlari yaratildi. Uy-joy qurilishini loyihalash, rejalashtirish va optimallashtirish nazariy asosni va usullari ishlab chiqildi (R.A.Ubaydullaev, X.R.Jumaboev).
Biokimyo ishlab chiqarishining texnologik jarayonlari matematik modellari va ABTlar qurildi (K.A.Axmetov, E.M.Yoqubov, M.X.Ismoilov).
Biologik muammolarni hal qilishni rivojlantirish uchun hujayra darajasida hayvon va o‘simlik organizmlarini imitatsiya qiluvchi va o‘sim- liklar rivojlanishining hujayrali matematik modellari qurildi. Yurak-qon tomir tizimi va yurak sun’iy tizimi o‘zaro aloqasining matematik modeli o‘rganildi. Bir qator yuqumli kasalliklaming rivojlanishini bashoratlash va tashxislashning jamoaviy qaror qabul qilish konsepsiyasini joriy qilish modellari yaratilgan va aprobatsiyadan o'tgan. Ko‘rish tizimi tuzilmasiga chuqur kirib borish va oftalmologik axborotlami avtomat-lashtirish model va algoritmlari ishlab chiqildi. Qand kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda uglevod va yog‘ metabolizmining asosiy ko‘rsatkichlarini biparametrik boshqarishning algoritmlari va modellari ishlab chiqildi (F.T.Odilova, B.N. Xidirov, M.Saydaliyeva, X. Qodirov, B.U.Allamiyarov, X.Z. Ikromova, X.M.Kornilov).
Ma’lumotlami uzatish tizimlari va hisoblash tarmoqlarini sintezlash nazariyasi ishlab chiqildi. Elektr uzatish tarmoqlari va chaqmoqdan himoya- langan troslardan ma’lumotlami uzatish model va algoritmlari yaratildi (T.A.Valiyev, Z.T.Odilova, T.N. Nishanbaev, X. Nigmatov, Sh. Zargarov). Televizion kanallaming o’tkazuvchanlik xususiyatlari samaradorligini va tasvir sifatining oshirilishini ta’minlovchi videoaxborotni qayta ishlovchi analog, sonli va adaptiv usullari yaratildi va orbita kosmik kemalarda qo‘llanildi (R.M.Otaxonov, E. Mahmudov).
§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar
35
Iqtisodiy tizimlami tadqiq qilishda iqtisodiy matematika usullarini va hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llash sohasida V.Q. Qobulov algoritmik usullarga asoslangan, respublika iqtisodiyotini EHM tarmog‘i asosida har tomonlama boshqarish va nazorat qilish imkonini beruvchi RABT kabi nazariy konsepsiya va katta tashkiliy tizimlami yaratish metodologiyasi ishlab chiqildi. Regional tarzda migratsiya jarayonlarining imitatsion modeli va ishchi kuchi resurslarining balansi modellari yaratilgan (M.I.Irmatov, A. Abdug'afforov, D.N.Ahmedov, N.S.Aliqoriyev, X.S.Lutfullayev). Qishloq xo’jaligi korxonalarida loyihalashtirish, rejalashtirish, mahsulotlarni tayyorlash va qayta ishlash modellari yaratildi. Paxta yetishtirishning nazariy va amaliy asoslari hamda matematik modellari ishlab chiqildi (M.Ziyoxo’jaev, S.Ortiqova, B.Berkinov). Transport tizimlarini rejalashtirish va tahlil qilishning maqbul modellari hamda ternir yo‘l transportida rejalashtirish va boshqarish model, algoritm va dasturiy mahsulotlari ishlab chiqildi (T.A.Qodirov, I.X.Ubaydullayev).
Axborot va kompyuter texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishni yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bosh oliy muassasa etib belgilandi. Bundan tashqari, «Informatika va axborot texnologiyalari» ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash 0‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent islom universitetlarida ham saqlanib qolindi. Hozirgi kunda bu oliy o‘quv yurtlarimizda yuqori malakali va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yigirmadan ortiq davlatlar oliy o‘quv yurtlari bilan yaqindan aloqalami o’matgan. Dasturlash bo’yicha jahon olimpiadasining hududiy bosqichi ham ushbu oliygoh boshchiligida tashkil qilinib kelinmoqda.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Axborot texnologiyalari va menejment» fakultetida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilmiy maktablar yaratilgan (akademik S.S.G’ulomov rahbarligida), unda iqtisodiy axborot tizimlari, iqtisodiy informatikaning turli vositalarini milliy iqtisodiyotning turli sohalariga samarali va optimal joriy qilish bo’yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bu borada axborotkommunikatsiya texnologiyalarini marketing, menejment, bank ishi, buxgalteriya hisobi, moliya va boshqa masalalarini yechishda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda joriy qilish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda,
36
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
bu ilmiy maktab a’zolari elektron o‘quv adabiyotlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish borasida ham katta yutuqlarga erishishmoqda. Elektron o‘quv adabiyotlarining o‘quv jarayoniga keng ko‘lamda qo'llanilishi ta’lim sifatini yuksaltirishda asosiy omillardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi aloqa, axborotlashtirish sohasidagi masalalami hal etish va davlat siyosatini olib borish hamda radiochastota spektridan foydalanish uchun vakolatlangan muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan 0‘zbekiston Respublikasining sobiq Aloqa vazirligi negizida tashkil etilgan O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiya agentligi O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligiga aylantirildi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar, radio aloqasi, radioeshittirish, televideniye, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish, shuningdek axborotlashtirish, axborot resurslar bozori va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvorliklarni shakllantirish va amalga oshirish, davlat tomonidan samarali tartibga solib borishni ro‘yobga chiqarish;
davlat organlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat boshqaruvini, fan va ta’lim. biznes. sog’liqni saqlash sohasida va faoliyatning boshqa sohalarida axborot ayirboshlashning elektron shakllariga o‘tish dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, teleradio eshittirish tarmoqlarida, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy talablarni hisobga oigan holda axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari yo‘lida hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida ulardan ustuvor foydalanish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari, radiochastota spektridan samarali foydalanish hamda telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, teleeshittirish tarmoqlarida va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash ishlari bajarilishini nazorat qilish va ijrosini tekshirishni tashkil qilish;
§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar
37
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohasida, aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini va yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
radioelektron vositalar va telekommunikatsiya vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tarmoq standartlari, texnik shartlar va talablarni belgilangan tartibda tasdiqlash, davlat standartlari ishlab chiqilishni va tasdiqlanishini, shuningdek xalqaro standartlar joriy etilishini tashkil etish;
telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi tarmoqlarini hamda axborot tizimlarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanish;
monopoliyaga qarshi organ bilan birgalikda aloqa va axborotlashtirish sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
strategik ustuvorliklarni, telekommunikatsiyalar, ma’lumotlar uzatish, teleradioeshittirish, pochta aloqasi, matbuot tarqatish tarmoqlarini, axborot resurslari va tizimlari bozorini rivojlantirish sohasida davlat tomonidan samarali tartibga solishni amalga oshirishda hududiy boshqarmalarning mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o'zaro hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Axborotlashtirish jarayonlari asosida iqtisodiy o‘sish bo’yicha aniq natijalarga erishishda MHD rivojlangan mamlakatlardan ortda qolmoqda. Shu bilan birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy natijalarga erishish borasida ko‘plab axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari miqdori ortib bormoqda. Ko’pgina korxonalar korporativ axborot tizimlarini intensiv ravishda joriy etishiga qaramasdan MHD milliy iqtisodiyo- tining axborotlashganlik darajasi ortda qolmoqda, lekin davlat sektorida axborotlashtirish darajasi ancha yuksalmoqda. Bu borada respublikamizda erishilayotgan yutuqlar 1.6 - rasmda keltirilgan.
0‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi tarkibiga Davlat aloqa inspeksiyasi, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi, Elektromagnit moslashuv markazi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi, Ommaviy kommunikatsiyalar texnologiyalarini rivojlantirish fondi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Respublika maxsus aloqa bog’lamasi, Davlat feldegerlik xizmati, «0‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi, «0‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati, «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasi,
38
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
O‘zbekiston teleradiokompaniya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi, «UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi kabi tashkilotlar kiradi. Ular hozirgi kunda respublikamizda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bozori shakllanishi va milliy iqtisodiyot tarmoq hamda sohalariga keng joriy etish bo‘yicha etakchilik qilishmoqda.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 2008-yil 15-iyulda qabul qilgan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘ri- sidawgi qarori respublikamizda korxonalami modemizatsiya qilish, texnika va texnologiya qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, mosla- nuvchan texnologiyalarni keng joriy etish masalalarini hal qilish uchun zamin yaratib berdi. U ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar rivojiga, ilmiy tadqiqot institutlari hamda real iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari o‘rtasida uzviy hamkorlik aloqalarini o‘matishga kuchli turtki berdi.
O‘zbekiston Respublikasida milliy iqtisodiyotini innovatsion yo‘l bilan rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
chet el investitsiyalarini jalb qilish kerak bo‘lgan sohalaridan bo‘lib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hisoblanadi. Bu sohada tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun shaxsiy kompyuter, Internet va dasturchining intellektual salohiyati yetarlidir. Shu o‘rinda aytish kerakki, shaxsiy kompyuterdan kunduzi yoki tunda bir necha kishi foydalanishi mumkin. Bu tadbirkorlik turi asosida dasturiy mahsulotlami ishlab chiqish yoslilami ish bilan ta'ininlaydi,
yer sharidagi aholining soni kundan kunga ortib bormoqda, bu esa shaxsiy kompyuterlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada yuksaltirmoqda. Shaxsiy kompyuterlami ommaviy ishlab chiqarish yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanib borishi jamiyat a’zolarining axborotlarga kirish imkoniyatlarini kengay- tirmoqda;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi boshqaruvning yangi shakllarini vujudga keltirmoqda, jumladan, elektron hukumat, elektron tijorat, korxonaning korporativ tarmoqlari kabilarni keltirish mumkin. Jamiyatni axborotlashtirish ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning globallashuviga olib kelmoqda, ya’ni bozoming globallashuvi, ishlab chiqarishning globallashuvi, moliyaning globallashuvi, kommunikatsiyalarning globallashuvi, axborot infratuzilmaning
§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar
globallashuvi va yangi axborot madaniyatining shakllanishi bilan ifodalanadi;
• jamiyatni axborotlashtirish jarayonida yoshlar bandligini elektron tijorat asosida ta’minlash mumkindir;
1.6 - rasm. Davlat boshqaruvida kompyuter texnikasidan foydalanish.
tayyor mahsulot ko’rinishidagi dasturiy vositalar Internet orqali dunyoning turli joylariga yetkazilib berilishi mumkindir. Unda katta hajmdagi omborlar va transport xarajatlari talab qilinmaydi;
O‘zbekistonning eng katta boyligi bo’lmish intellektual potensiali doimo o‘sib boradi, shuning uchun undan samarali foydalanishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bozori katta rol o’ynaydi;
fan va ta’lim sohalarini axborotlashtirish uchun qilinayotgan investitsiyalar maktab, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarda bilimlarni keng tarqatishni tezlashtiradi. Umurnan olganda, jamiyatni axborotlashtirish ta’lim jarayonini yangicha tashkil qilishni talab qilib, yangi ta’lim texnologiyalari o’tishni, ta’lim xizmatlariga kirishni kengaytirish va ulaming sifatini yuksaltirishni talab qilmoqda;
40
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
tayanch oliy o‘quv yurtlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha texnologik parklami tashkil qilish kerakdir;
boshqaruv va ta’limning qog‘ozsiz texnologiyalarini yaratish, elektron o‘quv adabiyotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanish uning samaradorligini yuksaltiradi;
axborotlashtirish milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida mehnat unumdorligini tez yuksaltiradi;
foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi dolzarb bo‘lib turibdi.
§ 1.6. TA'LIMNI AXBOROTLASHTIRISH JARAYONLARI
Hozirgi kunda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida ham yuqori malakali informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar yetishib chiqishmoqda, undan tashqari matematika, fizika kabi muxassisliklarni bitirganlar ham dasturlash bo‘yicha ma’lum bir qayta tayyorlash kurslarini bitirishsa, ularning intellektual boyligidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish natijasida milliy iqtisodimiz rivojlanishiga katta hissa qo‘shish mumkin bo‘ladi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining texnik qismini respublikamizda ishlab chiqarish uchun katta sarmoyalami jalb qilish talab qilinadi, bu esa ham vaqt ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasdir. Shuning uchun ham biz asosan e’tiborimizni dasturiy mahsulotlami ishlab chiqarib avvalambor o‘zimizning ichki talabimizni qondirishimiz va undan keyin eksportga yo‘naltirishimiz lozimdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini maktabda ta’lim olishni boshlagan vaqtdan boshlab ommaviy ravishda o‘qitishni boshlashimiz kerak, chunki bu davrda o‘quvchilar ko‘nikmalarga tez erishishadi. Keyingi bosqichda kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar talabalari uchun maxsus davlat tilidagi multimedia kurslarini ishlar chiqib joriy qilish kerakdir. Uchinchi bosqichda, oliy o‘quv yurtlari bazasi va qolaversa texnologik parklar qoshida dasturchilar sinfini shakllantirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ta’limning barcha bosqichlarida pilot loyihalami o‘tkazib, uning natijalari asosida kerakli qarorlar qabul qilish lozim; o‘quv jarayoni uchun ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan dasturiy mahsulotlar davlat tomonidan to‘liq moliyalashtirilishi kerak; mamlakat darajasida ta’lim resurslarini qamrab oigan yagona ma’lumotlarbazasini shakllantirish lozim; respublika hududlarida ta’limni axborotlashtirish darajasini doimiy ravishda tahlil qilib, uning asosida kerakli qarorlami qabul qilish kerakdir.
§ 1.6. Ta’limni axborotlashtirish jarayonlari
41
Jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy ta’lim berish jarayonining barcha daraja va bosqichlariga kiritish lozimli- gini ko‘rsatmoqda. Ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilish va foydalanishdan asosiy maqsad - ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, ya’ni ta’lim oluvchi va beruvchilar uchun yangi imkoniyatlami yaratib berishdan iboratdir.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng ko‘lamda joriy qilish quyidagilami beradi:
o‘quv va ilmiy axborotlarni talaba hamda professor-o’qituvchilar tomonidan qidirib topishga ketadigan vaqtning qisqarishi;
elektron o‘quv adabiyotlar mazmunini davr talabidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishning tezlashtirilishi;
talabalaming mustaqil ta’lim olishlari uchun qo’shimcha vaqtning ajratilishi.
Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quvjarayonida qo‘llashning istiqbollari bo‘lib multimedia- texnologiyalar asosida interaktiv ma’ruzalami tashkil qilish hisoblanadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qishga nisbatan interaktiv ma’ruzalarda talabalar o‘qitish jarayoniga faol aralashishlari mumkin bo‘lib, unda o‘quv materialining turli joyidan savollar berib, aniq javoblar olish imkoniga ega bo’ladilar. Multimedia-texnologiyalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy dasturiy texnik vositalarining mujassamlanishi talabalaming, ya’ni audioaxborot (ovoz), videoaxborot va animatsiya (multiplikatsiya, «tirik video») ko‘rinishdagi axborotlarni turli his etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasining yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslami qiziqarli va samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi. 0‘qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo‘ladi. Bu, albatta, o‘qituvchidan shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari bunday ma’ruzalami yoki amaliyot mashg‘ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus jihozlangan auditoriyalami talab qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’limga keng kirib kelishi bilan ko‘pgina davlatlarda masofaviy ta’lim, ochiq ta’lim va malaka oshirishning masofadan turib oshirish kurslarî ham keng kirib keldi. Hozirgi kunda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasi qoshida ham bir qator masofadan malakasini oshirish kurslari yo‘lga qo’yilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Masofaviy ta’limning o‘quv-uslubiy negizini tashkil qiluvchi elektron o‘quv adabiyotlarini yaratish
42
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
bo‘yicha ham «Axborot texnologiyalari va menejment» fakultetida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Hozirgi kunda 100 dan ortiq elektron darslik va qo‘llanma, avtomatlashtirilgan test tizimlari, virtual stendlar, multimedia tizimlari ishlab chiqilib, o'quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Quyidagi 1.7-rasmda «Shaxsiy kompyuterning CD-ROM qurilmasining ishlash prinsiplari» nomli virtual stendidan bir lavha keltirilgan.
1.7 - rasm. Virtual stenddan bir lavha.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'quv jarayonida ommaviy foydalanishda elektron darsliklar katta ahamiyat kasb etmoqda. Elektron darslik har xil dasturlash tillan orqali tuziladi, lekin dasturlashning ma’lum bir standarti hozirchalik mavjud emas. Har bir elektron darslik o‘ziga xos bo‘ladi. Ushbu darslikning ham bir necha qulayliklari mavjud, jumladan:
o'rganilishi kerak bo'lgan materiallarni talabalarga qulay ko'rinishda taqdim etish;
elektron darslikning talaba bilan interaktiv usulda muloqotda bo‘la olishi;
talabalarning o'quv materiallarini mustaqil ravishda o'rganishi va oigan bilimlarini test sinovlari asosida sinab ko'rishi mumkinligi.
AKT keng ko'lamda qoTlanilishi ta’limni sifat va samaradorlik jihatidan yuksaltirishda ko'maklashadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
ta’lim sohasidagi yangi texnika va texnologiyalar haqidagi axborotlarni keng tarqatish kerak;
§ 1.6. Ta’limni axborotlashtirish jarayonlari
43
AKT o'rganishni maktab partasidan boshlashni keng yoTga qo’yish kerak, bu esa kompyuter savodxonligini tez vaqt ichida egallashda yordam beradi;
ta’lim berishning barcha pog'onalarida sifat ko‘rsatkichini yuksaltirish uchun AKT keng foydalanish lozim;
o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirish kerak boTib, ular esa o‘z o‘rnida axborotlashgan jamiyatga borish yoTini ko‘rsatib berishlari kerak;
turli darajadagi hamkorliklar asosida AKT ta’lim sohasida samarali foydalanish ko‘lamini kengaytirish lozim.
Axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini respublikamiz boshqaruv tizimida bosqichma-bosqich joriy qilinib borilishi, jamiyatimizni to‘liq axborotlashitirish, milliy iqtisodimiz tarkibida yangi, ya’ni axborot va bilimlarga asoslangan iqtisodni shakllantirishga olib kelishi mumkin.
O'Z-O'ZINI NAZORAT VA MUHOKAMA
QILISH UCHUN SAVOLLAR
Informatika deganda nimani tushunasiz?
Kibernetika tushunchasi ma’nosini tushuntirib bering.
Informatika qanday qismlardan tarkib topgan?
Ushbu fanning asosiy vazifalarini aytib bering.
Axborot inqiloblarining qanday bosqichlarini bilasiz?
Axborotlashgan jamiyat deganda nimani tushunasiz?
Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
Jamiyatni axborotlashtirish ta’rifini keltiring.
Jamiyatni kompyuterlashtirish ta’rifini keltiring.
Axborot industriyasi deganda nimani tushunasiz?
Jamiyatni axborotlashtirish borasida AQSH va G'arbiy Yevropa davlatlari tajribasini aytib bering.
Jamiyatni axborotlashtirish borasida Xitoy tajribasini aytib bering.
Jamiyatni axborotlashtirish borasida Hindiston tajribasini aytib bering.
O‘zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida qanday vazifalar qo’yilgan?
44
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida qanday vazifalar belgilab berilgan?
Mamlakatimizda jamiyatni axborotlashtirish borasida faoliyat ko‘rsatayotgan qanday ilmiy maktablarni bilasiz ?
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini innovatsion yo‘l bilan rivojlantirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qanday ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq?
Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yuksaltirish borasida nima ishlarni qilish lozim?
Ta’limni axborotlashtirish tamoyillarini keltiring.
- BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING BOSHQARUV TIZIMIDA TUTGAN O'RNI
§ 2.1. TIZIM: ASOSIY TUSHUNCHA VA TA’RIFLAR
§ 2.2. BOSHQARUVNING MAQSADLARI, SHAKLLARI VA VAZIFALARI
§ 2.3. IQTISODIY TIZIM — IQTISODIY KIBERNETIKANING OBYEKTI SIFATIDA
§ 2.4. BOSHQARUV TIZIMI
§ 2.5. BOSHQARUV — KIBERNETIK VA IQTISODIY KATEGORIYA SIFATIDA
Biz tezkor texnikaviy taraqqiyot, shiddat bilan rivojlanayotgan va muntazam yangilanayotgan zamonaviy yuqori texnologiyalar, axborot-kompyuter tizimlari asrida yashayotganimizni unutmasligimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |