Axborotlashgan jamiyat - bu real iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida ishlayotganlaming ko'pchiligi axborotlami va uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqish, qayta ishlash, saqlash va foydalanish bilan band bo'lgan kishilik jamiyatidir.
Olimlar axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarini keltirishadi:
axborot inqirozligi muammosi hal bo’ladi, ya’ni axborot tanqisligi bilan axborotlarning ko’pligi o’rtasidagi qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi;
boshqa resurslarga nisbatan axborotning prioritetligi ta’minlanadi;
milliy iqtisodiyot rivojlanishning asosiy shakli bo‘lib, axborotlashgan iqtisod hisoblanadi;
jamiyatning negiziga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bilimlarni avtomatlashtirilgan usulda yig’ish, qayta ishlash va foydalanish yo‘lga qo'yiladi;
inson faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan holda, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari global tus oladi;
barcha inson taraqqiyotining axborot yagonaligi shakllanadi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida «yangi» va «eski» iqtisodiyot farqlanmoqda (1.1- jadval);
taraqqiyotning barcha axborot resurslariga informatika vositalari asosida har bir insonning erkin kirishi amalga oshadi.
Shu bilan birgalikda quyidagi xavfli tendensiyalar ham mavjud:
ommaviy axborot vositalarining jamiyatga ta’sirining kundan- kunga ortib borishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tashkilot va insonlaming shaxsiy hayotini buzib yuborishi mumkin;
aniq va sifatli axborotlami tanlab olish muammolari mavjud;
16
1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari
ko'pchilik insonlarga axborotlashgan jamiyatga ko‘nikish qiyin kechadi.
Axborotlashgan jamiyatga o‘tishga eng yaqin turgan mamlakatlardan axborot industriyasi taraqqiy etgan AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropa davlatlarini keltirish mumkin.
- jadval
«Yangi» va «Eski» iqtisodiyotning farqlari
№
|
Ko'rsatkichlar
|
«Eski» iqtisodiyotda
|
«Yangi» Iqtisodiyotda
|
1
|
Bozordagi o'zgarishlar
|
Sekin va chiziqli
|
Tez va kutib bo’lmaydigan
|
2
|
Mahsulot va texnologiyalar davri
|
Uzoq
|
Qisqa
|
3
|
Raqobat chegarasi
|
Lokal
|
Global giperraqobat
|
4
|
Rivojlanish omillari
|
Kapital
|
Bilim va yuqori malakali mutaxassis
|
5
|
Texnologik rivojlanish
|
Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish
|
Axborot, kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
|
Axborot industriyasi o‘z tarkibiga quyidagilami qamrab oladi:
axborot xizmatlari (avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, institut, agentlik, kutubxonalar);
axborot tashuvchilami ishlab chiqish (kitob, gazeta, ma’lumotnoma va boshqalar);
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (ShK, terminallar, printerlar va boshqalar);
integral texnologiyalar;
aloqa kanal va vositalari (telefon, telegraf, clcktron va an’anaviy pochta, sun’iy yo‘ldosh, radio, televidenie va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |