Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Jamiyatni kompyuterlashtirish



Download 3,04 Mb.
bet27/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Jamiyatni kompyuterlashtirish deganda, asosiy e’tibor axborotlami qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ulami saqlashni ta’minlab beruvchi kompyuterlaming texnik bazasini joriy qilish va kengaytirishga qaratiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda esa, asosiy e’tibor inson faoliyatining barcha sohalarida axborot va bilimlami o‘z vaqtida, to'liq va tezkor holda to‘liq foydalanishni ta’minlab berishga yo'naltirilgan kompleks chora-tadbirlarga yo’naltiriladi. Quyidagi 1.3 - rasmda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining har bir xonadonga kirib borgani o‘z aksini topgan.





1.2. - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish natijalari.


Elcktr tarmog i











bu erd : —— - elektr energiyasi; — — - iste'mol haqidagi axborot.


1.3 - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
har bir xonadonga kirib borish jarayoni.





§ 1.4. Axborotlashtirishning jahon tajribalari


21


Shunday qilib, «jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasi «jamiyatni kompyuterlashtirish» tushunchasiga nisbatan keng ma’nonini anglatadi. «Jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasida e’tiborni nafaqat texnik vositalarga, balki ijtimoiy-texnik taraqqiyotning maqsad va mazmuniga ham qaratish lozim. Kompyuterlar jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tayanch texnik qismi hisoblanadi.
§ 1.4. AXBOROTLASHTIRISHNING JAHON TAJRIBALARI
Hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlari axborotlashtirish jarayon- larini u yoki bu darajada amalga oshirib kelishmoqda. Axborotlashtirish strategiyasini noto'g'ri tanlash mamlakat hayotining barcha jabhalarida salbiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Axborotlashtirishni birinchi bo‘lib AQSh boshlab bergan. Boshqa sanoati rivojlangan davlatlar bu yo‘nalishning istiqbolli ekanligini va usiz taraqqiyot bo'lmasligini tezda anglagan holda kompyuter va telekommunikatsiya vositalarini joriy etish sur’atlarini tezlashtirib yuborishdi.
AQShda EHMning ishlab chiqarish tizimlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi XX asming 50-yillariga kelib insonni material ishlab chiqarish jarayonlaridan to‘la-to‘kis chetlashtirish mumkinligi imkoniyati paydo bo'lgan. 60 yilga kelib AQShda birinchilardan bo‘lib industrial jamiyatdan keyingi texnotron jamiyatni shakllantirish tamoyillari paydo bo‘lib, u jamiyatda yangi texnologiyalar asosida ijtimoiy evolyutsiyaning qarama- qarshiliklarini bartaraf qilinadi.
O‘tgan asrning 70-yillariga kelib axborotlashgan jamiyatning konsepsiyasi shakllana boshladi (D.Bell, O.Toffler, G.Masuda va boshqalar) - bu industrial jamiyatdan keyingi modifikatsiyalangan versiyasidir. Ushbu olimlar tomonidan shakllangan axborotlashgan jamiyatning konsepsiyasining asosiy ma’nosi quyidagilarda o‘z aksini topgan:

  • unda kapitalistik davlatlar aholisining aksariyati axborot faoliyati deb nomlangan sohada o‘z faoliyatini yuritadi;

  • ishlab chiqarishning asosiy mahsuloti va tovari bo‘lib axborot hisoblanadi;

  • jamiyatdagi barcha boshqaruv jarayonlari axborot elitasi qo'liga o‘tadi.

XX asrning 80-yillariga kelib chet elda axborotlashgan jamiyatning shakllanib borish muammolarini tadqiq qilish yanada kengaydi. Ushbu davrga xos quyidagi ikkita tendensiyalami keltirish mumkin: birinchidan, J.Furastening «ilmiy jamiyat», Dj. Gelbreytning «yangi texnologiya va tashkilot», P.Drakerning «axborot texnotarkibi», D.Bellning «ilmlarga asoslangan jamiyat», «elektron jamiyat», «intellektual texnologiyalar», J.Ellyulning «inson texnikasi», Z.Bjezinskiyning «texnotron jamiyat»




22


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


konsepsiyalarining oldinga surilishi bilan izohlanadi; ikkinchidan, boshqa olimlar axborotlashgan jamiyat bu demokratiya va erkinlikni qisib qo‘yish instrumentidir, deb fikr yuritishadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi tovarlariga AQSh ichki bozorida bo'lgan talabning doimiy ravishda pasayib borish tendensiyalari uning milliy iqtisodiyotida ko‘pgina muammolami keltirib chiqarmoqda. Vujudga kelgan vaziyatdan chiqib ketish maqsadida amerika jamiyatining barcha faoliyat sohalarini axborotlashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, jumaladan:

  • yangi ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiyalami jalb etish miqdorini ko‘paytirish;

  • ta’lim sifatini yuksaltirish;

  • mahsulotlami yaratish bosqichida halqaro xamkorlikni kengaytirish;

  • ishchi kuchi sifatini yuksaltirish va bir qator chora-tadbirlar.

Ushbu tajribalarni mamlakatimiz axborotlashtirish davlat siyosatini ishlab chiqishda e’tiborga olish kerakdir, chunki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqib va joriy etib milliy iqtisodiyot va yuqori texnologiyalami rivojlantirishda barcha imkoniyatlarga erishish mumkin.
Zamonaviy axborot mahsuloti, xizmat va texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turgan Yaponiyaning axborotlashtirish dasturining asosiy g‘oyalari va konsepsiyasi bilan yaqindan tanishish maqsadga muvofiqdir.
Yaponiyani axborotlashtirish loyihasining asosiy g‘oyalari quyidagilar- dir. Yaponiya loyihasining asosiy maqsadi - oldin yakka holda taqdim qilin- gan xizmatlar turlarini bir yagona tizimga keltirishdir. Buning uchun telefon orqali yuborilayotgan axborotdan tortib to kompyuter mahsulotlarigacha barchasini bitta yagona kabel orqali uzatishni yo'lga qo‘yishdir. Istiqbolda kabel tarmog‘ining har bir abonenti bir vaqtning o‘zida bir nechta xizmatlami olishi mumkin bo'ladi. Loyihada katta e’tibor unchalik tajribaga ega bo'lmagan foydalanuvchilar uchun intellektual interfeysli terminalga qaratilgan bo'lib, unda axborotlar ovoz orqali kiritiladi. Axborotlashtirish loyihasining to'liq amalga oshirilishi uchun 20 yil vaqt va 100 mlrd. doll. rnablag4 ketadi. Beshinchi avlod kompyuterlarini yaratish bo‘yicha ishlar omadsizlik bilan yakunlanishiga qaramasdan, 10 yilga mo‘ljallangan yangi turdagi kompyuterlami yaratish dasturiga qo‘shimcha moliyaviy mablag‘lar ajratilgan, ya’ni:

  • axborotlami parallel qayta ishlashda yuqori darajali kompyuterlami yaratish, unda bir vaqtning o‘zida o‘nta-yuzta protsessorlar murakkab operatsiyalami bajaradi;

  • neyron tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatadigan kompyuterlami yaratish, ular inson miyasiga o‘xshab faoliyat ko‘rsatishi mumkin;

  • yorug'lik orqali axborotlami uzatadigan kompyuterlar.




§ 1.4. Axborotlashtirishning jahon tajribalari


23


  • Har bir mamlakat qanday taraqqiyot etib borishidan qat’iy nazar jamiyatni axborotlashtirish g‘oyalarini hayotga joriy qilish kerakligini yaxshi tushunadi. Ko‘pgina mamlakatlar o‘zining ichki xususiyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda axborotlashtirishning milliy dasturlariga egadirlar. Lekin, shunday dasturlami ishlab chiqish va hayotga joriy qilishda rivojlangan mamlakatlar erishgan yutuqlari va yo‘l qo‘ygan xatoliklarini hisobga olishi kerakdir.

  • Axborotlashtirish dasturlarini muvaffaqiyatli joriy etishda barcha jahon hamjamiyatiga tegishli quyidagi jihatlami e’tibroga olish lozim:

  • milliy iqtisodiyot tarmoqlarini og‘ir sanoatga asoslashtirishdan katta ilm talab qiladigan tarmoqlarga o‘tkazish;

  • axborot sektoriga ilg'orlikni berish;

  • jahon ilm va fanining erishayotgan yutuqlaridan keng barhamand bo‘lish;

  • davlat yoki xususiy bo‘lgan katta hajmdagi moliyaviy resurslarni axborotlashtirishga jalb etish.

Rivojlangan mamlakatlarda oxirgi yigirma yilda axborot faoliyatining ko‘p qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan bo‘lib bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi XX asming 50-yillari ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozoming ushbu tarmog‘i har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining asosiy negizi bo'lib hisoblanmoqda, chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi talab etilmoqda.
Evropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida davlatning maxsus qo‘llab-quvvatlovchi dasturlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda, jumladan, Fransiya, Finlyandiyalami keltirish mumkin. Ularda ta’lim sohasi uchun multimedia mahsulotlarini ishlab chiqishga katta e’tibor berilmoqda. Germaniya milliy iqtisodiyoti Evropa Ittifoqida asosiy rolni o‘ynashiga qaramasdan, Buyuk Britaniya milliy iqtisodiyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorida liderlikni egallashga harakat qilmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni kishilarga ishonchli axborotlar manbasiga kirishga keng imkoniyat yaratayapti, hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborot mahsulotlarini qayta ishlashning yuqori darajasini ta’minlash orqali ulami ko‘p mehnat va vaqt talab etuvchi ishlardan ozod etmoqda. Tovar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan, axborotlashgan jamiyatda ko‘proq aqliy mehnat ulushini orttiruvchi bilim, intellekt, axborot ishlab chiqariladi va iste’mol qilinadi. Turli xildagi kompyuter texnikasi asosidagi tizim va tarmoqlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari




24


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


hamda aloqa telekommunikatsiyalari axborotlashgan jamiyatning material va texnologik bazasi bo'lib xizmat qilmoqda. Albatta, axborotlashgan jamiyatni shakllantirish uzoq muddatli jarayon bo'lib, turli xildagi resurslami talab qiladi, hamda unda davlat ustuvor rolni o‘ynaydi. AQSh, Yaponiya va Germaniya davlatlarida hukumat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan bo‘lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini qo'llab-quvvatlash va investitsiyalami keng jalb etish hisoblanmoqda.
Jahon amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslarining kundan kunga axborotlar tarmog‘iga ko‘chib o‘tish tendensiyasi ko‘zga tashlanib qoldi. Yangi asrning boshlariga kelib AQShning barcha mehnat bilan band aholisining yarmi, ya’ni 60­70 mln. kishi axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va interpretatsiya qilish bilan mashg‘ul bo‘lmoqda. G‘arb iqtisodchilari axborot mahsulotlariga erkin kirishni erkin raqobat bilan bir qatorga qo‘ymoqdalar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning jahon yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromadidagi ulushi 10 %ni tashkil qilayotgani, shuning 90% AQSh, Yaponiya va Evropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘g‘ri kelayotgani bejiz emas.
Agar yuz yil oldin amerikalik magnat Gerni Ford «Amerika - bu avtomobil sanoatidir» deb ta’kidlagan bo‘lsa, hozirgi kunda bu sohada 1.5 mln. kishi ishlayapti va undagi uchta eng katta avtogigant korxonalaming kapitali 200 mlrd. dollamigina tashkil etmoqda. AQShdagi bitta axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kompaniyada 40000 dasturchi faoliyat ko‘rsatib, uning kapitali 600 mlrd. dollarga tengdir. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlatning qudratini intellektual boyligi belgilab bermoqda.
Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodiyot globallashib, axborotlashgan iqtisodiyot shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisodiyot- dagi axborot va bilimlarning tutgan o‘rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan axborot va bilimlarning 90 % so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining kundan kunga ortib borishi milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng ko‘lamda samarali foydalanishni talab etmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorida Xitoy davlati ham katta rol o‘ynamoqda. Hozirgi kunda Xitoy davlati televizor, DVD-pleyer, uyali telefon, kompyuter monitori, optik elementlami eksport qilish bo’yicha jahonda liderlik qilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi Xitoyning erishayotgan yutuqlari natijasida, ushbu davlatga AQSh, Evropa Ittifoqi, Yaponiya mamlakatlari o’zlarining sarmoyalarini kiritishga katta e’tibor berishmoqda. Shunga qaramasdan Xitoyda o‘zlarida ishlab chiqarilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga talab ortib bormoqda. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar huquqini himoya qilish




§ 1.4. Axborotlashtirishning jahon tajribalari


bo'yicha davlatning siyosati katta rol o‘ynamoqda. Xitoy hukumatining 2003-yildagi qaroriga asosan davlat boshqaruv organlari shaxsiy kompyuter va dasturiy mahsulotlarni sotib olishda xitoyda chiqarilgan shunday mahsulotlarning narxi chet elnikidan yuqori bo‘lmasa, o'zlarinikini sotib olishlari kerak, deb belgilab qo'yilgan. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bir qator imkoniyatlami beradi (1.4—rasm.). Ekspertlar fikricha, Xitoyning axborot- kommunikatsiya texnologiyalari bozorida yaqin yillarda amaliy dasturiy mahsulotlar yuqori sur’atda sotila boshlanadi.





1.4 - rasm. Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng foydalanishning imkoniyatlari.



Bunday iqtisodiy yutuqlar nimalar asosida bo‘ lishi mumkin, degan savol tug‘iladi. Avvalambor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga katta imtiyozlar berilgan. Ular o‘z faoliyatini boshlab biror-bir foyda olishganigacha ulardan hech qanday soliqlar davlat tomonidan olinmaydi. Bundan tashqari, foyda olinish boshlangandan keyin ham ikki yil mobaynida yana soliqlar olinmaydi. Undan keyin ikki yil mobaynida firmalar soliqning yarmi miqdorida to‘lashadi. Eksportga chiqarilayotgan tovarlardan yana soliq olinmaydi. Taraqqiyot uchun qilinayotgan investitsiyalar, jumladan uskunalar sotib olish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish kabilar ham soliqqa tortilmaydi. Xitoyda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida texnologik parklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Texnopark ko‘rinishidagi dasturlashga yo'naltirilgan markazda 50 ta kompaniyalar faoliyat ko'rsatishmoqda. Bu kompaniyalarda eng ko‘pi bilan 500 kishi, o‘rtacha 30 kishi, ayrimlarida esa 3 kishi ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu markazda yashash va ijod etish uchun dasturchilar va ulaming oila




26


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


a’zolariga barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan. Ulaming oldiga Xitoy hukumati tomonidan ichki bozordan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hindistonliklami siqib chiqarish vazifasi qo‘yilgandir. Shu bilan birgalikda, o‘zlari ishlab chiqarayotgan dasturiy mahsulotlami eksportga yo‘naltirish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Xitoylik dasturchilar buyurtmalar bo‘yicha asosan Yaponiya va Janubiy Koreya uchun ishlashmoqda. Ulaming ishlab chiqarayotgan dasturiy mahsulotlari jahon standartlariga to‘liq javob bermoqda.
Xitoy davlati 1990 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha sobiq Sovet Ittifoqiga nisbatan ham unchalik rivojlanmagan edi, lekin ular o‘z vaqtida yangi zamon talablariga tez moslashib olishdi. Bundan tashqari, Xitoyda milliy iqtisodiyoti uchun kerak bo‘lgan chet eldagi o‘z mutaxassislarini qaytarib kelish bo‘yicha davlat dasturlari mavjud bo‘lib, ularga oldingi ish joylaridagi sharoitlardan kam bo‘lmagan shart-sharoitlar yaratib berishmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kirib kelgan yangi asrda davlatlarni taraqqiy etishining asosiy resurslaridan ekanligini hisobga olgan holda, hindistonliklar ham bu sohaga katta e’tibomi qaratishmoqda. AQShning etakchi bu sohadagi kompaniyalarida hindistonliklar faoliyat ko‘rsatishmoqda. Dasturiy mahsulotlami ishlab chiqarish va sotish Hindiston milliy iqtisodiyotning eng rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan hisoblanmoqda. Hindistonda dasturiy mahsulotlarga bo‘lgan ichki talab unchalik yuqori bo‘lmagani uchun ham ular asosan ulami eksport qilishga yo‘naltirishmoqda. Uzoq vaqt mobaynida hindistonlik dasturchilar chet el firmalarida faoliyat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishdi.
Hindiston hukumati axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlan- tirish bo‘yicha tadbirkorlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi, jumladan, dasturlash bilan shug‘ullanadigan firmalar uchun maxsus texnoparklarni shakllantirib, ularda soliqlar imtiyozini kiritdi. Natijada bunday texnoparklarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi 40 % o‘sdi. Shunga qaramasdan ko‘pgina hind dasturchilari ishlash uchun etakchi chet el kompaniyalariga ketishmoqda. Bu ham bo‘lsa ularning tajrabasidan barhamand bo‘lish uchun katta imkoniyatlar yaratib bermoqda. Hindistonning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining yirik kompaniyalari ham rivojlangan mamlakatlarda o‘z vakolatxonlarini ochishmoqda. Hindistonda erkin iqtisodiy hududlar va imtiyozli soliqlar tizimini joriy qilinishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hind kompaniyalarini shakllantirish, dasturiy mahsulotlami ishlab chiqaruvchi jahonning yirik kompaniyalari Hindistonda o'zlarining ofislarini ochish va chet el sarmoyalarining bu sohaga jalb qilishni tezlashtirib yubordi.
Hindistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bo'yicha jahonda liderlikka erishish borasida davlat siyosati e’lon qilinib, davlat




§ 1.4. Axborotlashtirishning jahon tajribalari


27


dasturi qabul qilingan va u uchta maqsadga yo‘naltirilgandir: jahon darajasidagi axborot infratuzilmasini shakllantirish, dasturiy mahsulotlami eksport qilish hajmini yuksaltirish va davlat boshqaruvining barcha jabhalarini to‘liq axborotlashtirishdir.
Axborot mahsulotlari milliy iqtisodiyotning turli sohalaridagi ishlab chiqarish jarayoniariga jiddiy ta’sir etuvchi asosiy omillardan biriga aylanib borayotgani fakt. Jahon tajribasining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday korxona ushbu shakllaridan biri bu kichik firmalardir. AQShda kompyuter dasturlarini ishlab chiqaruvchi 98 %dan ortiq firmalar faoliyati «kichik biznes» turiga kiradi. Aynan kichik biznes AQShning yuqori texnologiyalar sohasini boshqarmoqda.
Bu soha firmalari taklif etayotgan tovarlar turi judayam keng. Shu bois ham ularni shakllantirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar jalb qilish va davlat tomonidan tartibga solib turilishi kerak, chunki ular faoliyatining ko‘pgina yo‘nalishlari davlat manfaatlari bilan bog’lanib ketgan. Undan tashqari dasturiy mahsulotlami eksport qilish davlat budjetiga yanada ko‘proq valyuta kelib tushishini ta’minlaydi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan shug‘ullanayotgan firma- lami tarkib toptirish uchun quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirish zarur:

  1. firmalami jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda tashkil etish kerak;

  2. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tovarlari hayotiy davr sikliga qarab differensiallashgan bo’lishi kerak, bu esa talab darajasiga ta’sir etishga hamda raqobatga chidash qiyin bo’lgan bozor sektorida o‘z faoliyatini oldindan to’xtatish imkonini beradi;

v) ushbu sohaning xorijiy firmalari bilan aloqalar o’rnatish lozim.
Axborot tizimlari va texnologilariga asoslangan respublikamizdagi yangi iqtisod yangi ish joylarini yaratmoqda va ulaming miqdori kundan kunga ortib bormoqda. AQSh yangi iqtisod oldingi qatorida bormoqda, ularda eski turdagi ish o’rinlari bo‘shab yangi ish o’rinlari barpo etilmoqda va bu jarayon nihoyatda tezlik bilan amalga oshmoqda. AQShda xizmatchilar o‘z ish o’rinlarini har to‘rt yilda o‘zgartirishib, uzluksiz ta’lim ular hayotining bir qismi bo‘lib qoldi.
Jahon tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Intemetning ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim xizmatlarining globallashish jarayoniariga katta yo‘l ochib berdi. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasida bo‘layotgan bunday ijobiy jihatlami e’tiborga oigan holda, ta’lim sifatini yuksaltirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ommaviy ravishda foydalanish davr talabiga aylanmoqda.
Hozirgi kunda nafaqat ta’lim sohasiga, balki milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga Internet, elektron tijorat, elektron biznes, virtual tijorat, virtual ta’lim, masofaviy o’qitish, virtual stend texnologiyalari keng ko’lamda kirib keldi.




28


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


Zamonaviy jamiyat o‘zining barcha jabhalarida hajmi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar turli axborotlarga kirishni yaratib beruvchi axborot-kommu- nikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish bilan tavsiflanmoqda. Internet va multimedia texnologiyalarining hayotimizga kirib kelishi axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini muloqat qilish, tarbiyalash vositasi sifatida foydalanishga imkon bermoqda. Barkamol avlodni, har bir shaxsni, etuk mutaxassisni tarbiyalash va shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ijobiy ta’siri ko‘zga tashlanib qoldi.
Mashg‘ulotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish o‘quv materiallarini talabalar tomonidan qabul qilish va o‘zlash-tirish samarasini yuksaltiradi. Shuning uchun ham shaxsiy kompyuterlar qudratli ta’lim vositasiga aylanmoqda. Bu shaxsiy kompyuter o‘qituvchining barcha funksiyalarini o‘z zimmasiga oladi degani emas albatta, balki insonning shaxsiy kompyuter bilan o‘zaro hamkorlik qilishi ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil qilishda keng imkoniyatlar yaratadi demakdir.
Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ularda tabiiy fanlar bo‘yicha oliy ma’lumotli bo'lgan mutaxassislar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha ham to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishga imkoniyatlar berilgan. Bunday kurslar 3 yil davom etib, 2000 AQSh dollami tashkil qiladi. Unda talabalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, Internet va Intranet texnologiyalarini chuqur o‘rganishadi. O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklaming barchasi xitoy tiliga o‘girilgan.
Hindistonda dasturchilami oliy o‘quv yurtlari tomonidan tayyorlash yildan yilga ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'yicha mutaxassisliklami yiliga 68 mingdan ortiq kishi tugatishmoqda. Albatta, amerikanlik kompaniyalar buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqilayotgan dasturiy maxsulotlami yaratishda, hindis-tonlik dasturchilaming ingliz tilini mukammal bilishlari ast qotmoqda. Bundan tashqari, Hindistonda dasturchilar maktabini shakllantirishda chet eldagi hind diasporasi ham katta yordam ko‘rsatishdi, jumladan AQSh yonlanib ishlagan hindlar vaqt o‘tishi bilan o‘zlarining kompaniyalarini barpo etib ularga Hindistondan dasturchilami jalb qilishdi. Bu ham bo‘lsa, Hindiston milliy iqtisodiyotiga qo‘shimcha valyutani kelib tushishi va ushbu sohani keng rivojlantirishga zamin yaratib berdi.
§ 1.5. JAMIYATNIAXBOROTLASHTIRISH BORASIDA
MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR

Respublikamiz milliy iqtisodiyoti tarmoq va sohalariga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida amaliy ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risidagi» Qonuni asosida olib borilmoqda.




§ 1.5. Jamiyatni axborotlashtirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar


Ushbu Qonunda quyidagilar asosiy vazifalardan qilib quyidagilar belgilab qo'yilgan:

  • axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga oigan holda milliy axborot tizimini yaratish;

  • har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konsti- tutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;

  • davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;

  • xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog'idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish. Hozirgi kunda respublikamizda internetdan foydalanuvchilar soni quyidagi 1.5 - rasmda keltirilgan;

  • davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;

  • axborot resurslari, xizmatlari va axborot-kommunikatsiya texnolo­giyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;

  • dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘- batlantirish;

  • tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiya- larni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;

  • kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqi- qotlarni rag'batlantirish.





1.5 - rasm. Respublikamizda internetdan foydalanuvchilar soni.




30


1-bob. Axborotlashgan jamiyatning shakllanish tendensiyalari


Bozor iqtisodiyotining takomillashib borishi turli tadbirkorlik shakllarining vujudga kelishiga sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot-kommunikatsiya biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi turli tadbirkorlik shakllarining vujudga kelishiga keng sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvolambor, bu turdagi tadbirkorlikka axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari biznesi tovarlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tarqatish bilan keng shug‘ullanayotgan boshqarish subyektlarini kiritish o‘rinlidir. Bu borada «O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida» Qonuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun katta turtki bo'ldi.
0‘zbekiston Respublikasida d a s t и r i у mahsulotlari bozorini shakllantirish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bizning tadbirkorlar ham dasturiy mahsulotlami ishlab chiqish va eksport qilishi mumkin, buning uchun umumiy sharoitlar, intellektual potensial ham etarlidir. Bu sohaga tadbikorlaming sarmoyalarini jalb qilish uchun soliq imtiyozlarini yaratib berish hisoblanib, u asosida hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda texnologik parklami yaratish kerak bo‘ladi.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish