Tarmoq topologiyasi
Tarmoq topologiyasi — bu ShKlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy chizmasi. Lokal tarmoqlarida ko'pincha quyidagi asosiy uch topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‘pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‘zi zarur.
272
9 - bob. Kompyuter tarmoqlari
Kirish uslubi — bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to‘plamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token-Ring, Arenet sanaladi. Tarrnoq platalari moddiy qurilma bo‘lib, har bir ShK tarmog’iga o‘matiladi va tarrnoq kanallari bo‘yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Monokanal topologiya tarmog’i
Monokanal topologiya tarmog‘i barcha ShK tarmog’ini birlashtiruvchi bitta aloqa kanalidan foydalanadi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan uslub — bu eltuvchi chastotani va ixtiloflami aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD) (9.6 - rasm).
Bunda avvalo, tarmoqning kirish uslubida kommunikatsiya kanali bo‘yicha ma’lumotlarni jo’natishdan oldin kanal tinglab ko’riladi va u bo‘sh ekanligiga ishonch hosil qilingandan so’nggina, paket jo’natiladi. Agar kanal band boTsa, uzel tasodifiy vaqt oralig’ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarrnoq uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlar barcha uzellarga yetib boradi, ammo bu ma’lumotlar uchun moTjallangan uzelgina ulami aniqlaydi va qabul qiladi.
Kanal bandligi oldindan eshitilib ko’rilsada, ikkita uzel orqali paketlami bir vaqtda uzatish paytida ixtilof paydo boTishi mumkin. Bu shu narsa bilan bogTiqki, signal kanal bo’ylab o’tayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan, lekin eshitib ko’riladigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa Internet tarmog’i misol boTa oladi.
MONOKANAL SHINA
9.6 - rasfn. Monokanal topologiyaning lokal tarmog'i.
bu yerda: TM - terminator.
Kichik EHM, mikro EHM va nihoyat shaxsiy kompyuterlarning paydo boTishi, ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini tashkil etishga,
§ 9.2. Lokal kompyuter tarmoqlari
273
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratishga yangicha yondashuvni talab etadi. Ayrim ShKning ma’lumotlarni markazlashgan holda qayta ishlash tizimidan taqsimlangan holda qayta ishlashga o‘tishi borasida mantiqiy asoslangan talab paydo bo‘ldi (9.7 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |