Ikkinchi tamoyil «klient-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo'lib foydalanishgagina mo‘ljallanib qolmay, balki ulami qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslami joylashtirishga mo‘ljallangan. «Klient-server» arxitekturalar dastur tizimi ikkita bo‘linmadan iborat: serveming dasturiy ta’minot va foydalanuvchi — mijozning dastur ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining ShKda bajariladi va umumiy kirish ShKda ishlaydigan dastur-serverga so’rov jo’natiladi. Ma’lumotlaming asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so‘rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlashga mo’ljallangan va ko‘p sonli foydalanuvchilar yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoqlari ilovalarida klient-server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli sahifalami saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashhur Web serverlar, FTR serverlar, elektron pochta serverlari va boshqalar ma’lum. Sanab o‘tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmat olish va ulardan javob olish uchun so'rash imkonini beradi. Shu bilan birgalikda axborotlar tarmoqlar o‘rtasida ikki usulda amalga oshirilishi mumkin (9.4 - rasm).
270
9 - bob. Kompyuter tarmoqlari
9.4 - rasm. Axborotlami uzatish usuli bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishi.
Taqsimlanadigan resursga ega har qanday ShK tarmog'i Server deb yuritilishi mumkin. Chunki boshqa ShKdan foydalanishga ruxsat bo'lgan bo‘linuvchi modemli kompyuter modern yoki kommunikatsiyali serverdir. Shu bilan birgalikda axborotlami uzatish bo‘yicha tarmoqlar quyidagicha tasniflanadi (9.5 - rasm).
9.5 - rasm. Axborotlami uzatish bo'yicha tarmoqlaming tasniflanishi.
ShKning lokal tarmog‘i keng tarqalgan. Dunyodagi ko‘pgina ShKlar shu tarmoqlarda ishlaydi. Lokal tarmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashgan ShKni bog'lab turadi. Odatda ular bir necha yaqin joylashgan korxona, muassasa va ofislar ShKni birlashtiradi. Lokal tarmoqlaming asosiy farqlanuvchi xususiyati barcha uchun yagona ShKning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob-uskunalarida xatolik yuzaga kelish ehtimolining deyarli yo’qligidir. § 9.2. LOKAL KOMPYUTER TARMOQLARI Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliga quyidagicha: ko‘p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modern, printerlar tarmog‘idagi disklarning umumiy resurslaridan va hamma kirish mumkin bo‘lgan diskda saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir ShKdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati. Fayl-serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarini sanab o'tamiz: Shaxsiy va umumiy foydalanuvchi ma 'lumotlarni faylli serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois ham umumiy foydalaniladigan ma’lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (matnlar, elektron jadval va ma’lumotlar bazasini ko‘rib chiqish, o'qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidaga ma’lumotlar ko‘p
§ 9.2. Lokal kompyuter tarmoqlari
271
tomonlama himoya qilinadi; umumiy ma’lumotlaming Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan mahsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda amaliy dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operatsion tizimi orqali o'matilgan chegara doirasida bo'ladi.