Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga muvofiqdir:
tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
ko‘pchilik ekspertlarning mazkur muammoli sohada yechimlar o'xshashligining bo’lishi;
muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab bo’lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘ lishi;
muammo sohasida axborotning to‘liq bo’lmasligi va o’zgaruvchanligi tufayli evristik uslublarni qo‘llash.
§ 22.3. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
SOHASIDA TADBIRKORLIKNI YO'LGA QO'YISH Bozor iqtisodiyotining takomillashib borishi turli tadbirkorlik sha- kllarining vujudga kelishiga sharoit yaratib bermoqda. Tadbirkorlikning rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesini shakllantirish va taraqqiy ettirishga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Avvalambor, bu turdagi tadbirkorlikka axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tarqatish bilan keng shug‘ullanayotgan boshqarish subyektlarini kiritishni o’rinli deb bilamiz. Mavjud axborot xo’jaligining tahlili ulaming tarmoqlar tarkibiga kirishini bildiradi va bu miqdoriy jihatdan baho berishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Axborot xo‘jaligining sifat jihatdan tavsifi ishlab chiqarish holati va axborot- kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlarini iste’mol qilish darajasi bilan ifodalanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesining asosiy subyektlariga axborot resurslarini yaratish, qayta ishlash, uzatish, tarqatish, qabul qilish va iste’mol qilish bilan shug'ullanadigan shaxslar kiradi. Bular birinchi galda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiquvchilar, ulaming egalari va iste’molchilardir (22.8 - rasm). Interaktiv xizmatlar axborot faolyatiga nisbatan ancha keng ko’lamdagi masalalar bilan shug'ullanadi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesining yadrosini tashkil etadi. Ular o‘z faoliyatini nafaqat axborot resurslari, balki informatika industriyasining texnik, dasturiy, uslubiy vositalarini ishlab chiqish va sotish, marketing faoliyati, tovarlariga bo’lgan narxlashtirish siyosatini ishlab chiqish hamda iste’molchilaming individual
§ 22.3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlik
667
talablarini qondirishga yo’naltiradi. Interaktiv xizmatlar tarkibiga axborot faoliyatining ko‘makchi omil sifatida kiritilishi uning axborot resurslarini ishlab chiqish hajmini va bozordagi faoliyat chegaralarini yanada kengaytiradi.
22.8 - rasm. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi
ishtirokchilarining o'zaro munosabatlari.
Tadbirkorlikning ushbu shaklini tashkil etish va takomillashtirish ja- rayoniga, jumladan iqtisodiy, tashkiliy va texnik omillar ham ta’sir ko‘r- satmoqda, xususan: Ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, inflyatsiya va boshqalar. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalar biznesi sohasidagi ko‘pgina yetakchi firmalar Sharqiy Evropa va MDH bozorlariga kirib kelmoqda. Bu avvalambor, ushbu tadbirkorlik tovarlarining mazkur mamlakatlarda ishlab chiqarilishi natijasida ular tannarxining pastligi bilan izohlanadi. Ya’ni bunga kompetentli, yuqori saviyali professional mehnat resurslari hamda o‘rganilmagan va egallanmagan bozorlarimiz hisobiga erishilmoqda. Asosiy foydalanuvchilarning tayyorgarlik darajalari bilan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanib borish darajasining mos kelmayotganligi. Rivojlangan mamlakatlardan iqtisodiy jihatdan ortda qolish. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlarini ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy sohadagi tanglikdan ziyon chekmoqda. Uning ilk ko‘rinishlaridan biri - bu sarmoyalar berish sharoitining qiyinlashib borishidir. Vujudga kelgan bunday sharoitda axborot-kommunikatsiyalar biznesi tovarlariga bo‘lgan talab darajasini marketing tadqiqotlari orqali bilish ancha mushkul bo‘lib qoldi. Budjet tomonidan moliyalashtirish va o‘z mablag‘ini jalb qilishga tavakkal qila oladigan yirik sarmoyadorlaming yo‘qligi ham bu sohani tadqiq etishga to‘sqinlik qilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bozori infratuzilmasining yo‘qligi. Ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari savdosini kuzatib borishni yuqori saviyada tashkil qilish imkoniyatiga ega emas, chunki ular ko‘pchiligining asosiy vazifasi mahsulotlami tezda sotib yuborishdan iborat. Interaktiv xizmatlar taklif etayotgan tovarlar turi judayam keng (2-rasm). Shu bois ham ulami shakllantirish uchun katta miqdorda moliyaviy resurslar jalb qilish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Chunki ular faoliyatining ko‘pgina yo‘nalishlari davlat manfaatlari bilan bog‘lanib ketgan. Undan tashqari interaktiv xizmatlar tovarlami eksport qilish davlat budjetiga yanada ko‘proq valyuta kelib tushishini ta’minlaydi. Interaktiv xizmatlami tarkib toptirish uchun quyidagi yo‘nalishlami rivojlantirish zarur: a) interaktiv xizmatlarini tashkil etish umumiy hollarda jahon amali- yotida tubdan farq qilmasligi kerak. Ya’ni, an’anaviy faoliyatdan maqsadga
668
22 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining istiqbolli yo'nalishlari
yo‘naltirilgan axborot xizmatlarining turli rejimlariga o‘tish asosida foydalanuvchilar talabini kompleks qondirish zarur (22.9 - rasm). Bunday sharoitlarda interaktiv xizmatlaming foydalanuvchilar bilan o‘z tovarlariga bo‘lgan talab darajasini belgilash, bozor strategiyasini ishlab chiqish va yangi mahsulotlami yaratishda foydalanuvchilaming ehtiyoj dinamikasini oldindan bilish maqsadida faol muloqotda bo‘lish talab etiladi;
22.9 - rasm. Interaktiv xizmatlar tovarlarining tasnifi.
6) xususiy sektor faoliyati uchun qo'shimcha maxsus iste’mol zarur va ulami amalga oshirish uchun ma’lum bir vaqt hamda tegishli moliyaviy xarajatlar talab qilinadi. Katta xarajat va ko‘p mehnattalab ekanligi uchun xususiy biznes subyektlari bu sohaga katta miqdordagi moliyaviy resurslami jalb qilishdan bosh tortishmoqda; v) axborot faoliyatida moliyaviy-iqtisodiy tahlilning roli ortib borayapti, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy interaktiv xizmatlami joriy qilish ancha qimmatga tushadi; g) axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlari hayotiy davr sikliga qarab differentsiallashgan bo‘lishi kerak, bu esa talab darajasiga ta’sir etishga hamda raqobatga chidash qiyin bo‘lgan bozor sektorida o‘z faoliyatini oldindan to'xtatish imkonini beradi; d) xorijiy firmalar bilan aloqalar o'matish va interaktiv xizmatlar bilan kerakli ma’lumotlarni ayirboshlashni yo'lga qo‘yish istiqbolli yo‘na- lishlardan hisoblanadi. Iqtisodiy islohatlami takomillashtirish va tezlashtirish maqsadida hamda sarmoyadorlami bepul axborotlar bilan ta’minlash uchun ichki va tashqi ma’lumotlar bazasini yaratish talab qilinadi. Axborot mahsulotlarini yaratayotgan firmalar ko‘p hollarda yiriklash- maydi, chunki kichik firmalar uchun bu soha anchagina barqaror sanaladi. Haqiqatan ham kichik firma shaklidagi biznes axborot-kommunikatsiya texnologiyalar bozori muammolarini hal qilishda ixcham yaraii'.ayotgan mahsulotlami ma’lum bir ijtimoiy iste’molga moslashtirishi osonroq kechadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodida tadbirkorlikning ushbu shakli ancha katta rol o’ynaydi. Axborot industriyasi tarkibiga axborot bilan bog’liq bo‘lgan barcha tur- dagi faoliyatlami kiritish va uning natijasi sifatida axborot mahsulotlarini mehnat predmeti yoki vositasi sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas. Shuningdek, axborot bilan bog’liq bo’lgan har qanday texnik vositalar, aloqa xizmatlari
§ 22.3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlik
669
hamda o‘zi mustaqil mavjud bo‘la olmaydigan barcha obyektlami axborot industriyasi tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Aks holda bilimlami obyektiv taqdim etuvchi barcha turdagi inson faoliyatini axborot faoliyati deb bilish yoki axborot industriyasi tarkibiga kiradi, deb hisoblashga to‘g‘ri keladi. Axborot faoliyatidagi tadbirkorlik turli xildagi axborot mahsulotlarini tarqatish va uyg'unlashtirish uchun bor kuchini to‘plagan holda iqtisodiy samaradorlikka erishadi va quyidagi sharoitlami yuzaga keltiradi:
ishlab chiqarish hajmini barqarorlashtirish va kelgusida yuksaltirish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlaming rentabel-ligini ta’minlash;
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot sotish hajmini ko‘paytirish;
iqtisodiy jihatdan samarali va chiqindisiz sanalgan istiqbolli texno- logiyalami tatbiq etish;
tovarlar raqobatbardoshligi va sifatini oshirish hamda eng maqbul narxlashtirish jarayonlari vaqtida imkon qadar ko‘proq axborotlar yetkazib berish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlarini tarqatish va yangi integratsiyalar shaklini tatbiq etish hamda raqobat muhitiga tez va o‘z vaqtida e’tibor berish interaktiv xizmatlarni boshqarish tarkibiga tashkiliy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Bu nafaqat iqtisodiy va tashkiliy jihatdan ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, axborotlashayotgan jamiyatda ijtimoiy munosabatlaming o‘zgarishi tufayli yangi turdagi munosabatlar - axborotlaming interaktiv vositalarini qo‘llash hisobiga ko‘proq individuallikni yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birgalikda interaktiv xizmatlar rivojlanishining asosiy tendensiyalaridan biri - raqobatning kuchayishi va «narxlar jangi» hamda biznes amaliyotining o‘zgarishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlari-ning ko‘p marotaba qo’llanilishidir. Narxlar raqobati avvalambor, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun tegishli hoi edi, lekin keyinchalik ushbu omil dasturiy mahsulotlar bozoriga ham o’tdi. Dasturiy mahsulotlar bozoridagi raqobatchilik juda keskin bormoqda, chunki narxlaming pasayishi ilg‘or ishlab chiqaruvchilaming sotuv hajmini oshirib yuboradi va interaktiv xizmatlar faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday narxlar jangida dasturiy mahsulotni ishlab chiqaruvchilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kamroq zarar ko’radi. Biznes amaliyotidagi oxirigi o’zgarishlar birinchi galda iste’molchiga dasturiy mahsulotlarni yetkazib berish strategiyasi, narxlashtirish siyosati va sotuv tizimiga tegishlidir. Shuni aytish joizki, g‘arb firmalari eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini darhol sotmaydi. Ularni dastlab tatbiq etish bosqichida boshqalarni umuman yaqinlashtirishmaydi va faqat ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygandagina sherikchilik aloqalarini o’matadilar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi boshqarish subyektlarining yangi tashkiliy shakllarining tasnifini ishlab chiqish va asoslash murakkab masala. Kelajakni ko’zlagan boshqarish subyektlari
670
22 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining istiqbolli yo‘nalishlari
awalambor, o‘z faoliyatini yakuniy talabdan kelib chiqqan holda tashkil qiladi hamda ilmiy-texnika yutuqlariga tez e’tibor beradi. Axborot mahsulotlariga bo'lgan talablar o‘zgarishiga moslashadi. Axborotlashtirish ta’sirida interaktiv xizmatlarining ahamiyati ortib borayapti. Bu esa tarkibiy o‘zgarishlar, axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talab hamda taklif darajasining o’zgarishiga, ulaming assortimenti va sifatining ortishiga olib kelmoqda. Axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish istiqbolli biznes turi bo‘lib borayapti. Shuning uchun ham milliy va xalqaro miqyosda axborot mahsulotlari tizimlari tobora faollashib qoldi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlari nomenklaturasining kengayib borishi iste’mol qiluvchilar sonining ko’payishiga ta’sir ko‘rsatgani aniq. Jahon miqyosida axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish hajmi- ning shiddat bilan ortib borishi axborot faoliyatiga hisoblash texnikasini jalb etish va uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirish imko- niyatlarini beruvchi milliy va xalqaro tarmoqlaming rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Muloqot rejimida uzoq masofada joylashgan ma’lumotlar bazasiga kirish va u yerdan axborotlami qidirish usuli jahon bozoridagi asosiy xizmat turlaridan biri bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Bir-biri bilan kuchli raqobatda bo’lgan interaktiv xizmatlar iste’mol- chilarga xilma-xil xizmat ko’rsatish maqsadida doimo o‘z dasturiy mahsulot- larini takomillashtirmoqda. Jahon bozorida ko’proq iste’molchilami jalb etish borasida katta jang borayapti. Interaktiv xizmatlaming avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasiga uch mingdan ortiq terminal ulangan taqdirdagina u rentabellik darajasiga erishadi. Bunday tizimlar asosiy ShK unumdorligini keskin oshirib yuboradi, bu esa quyidagi uchta omil bilan izohlanadi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlar bazasi, mehnat resurslari va dasturiy ta’minotlardan to’liq foydalanish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yanada chuqur ixtisoslashib borishi borasida keng imkoniyatga egaligi bois foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish sifatining oshishi;
katta miqdordagi terminal vositalarini ulash hisobiga yakka tartibda va jamoa bo’lib foydalanuvchilar tarkibiningjadal kengayishi.
Mazkur shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, hozirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi tovarlarining tarkibi tubdan o’zgarmoqda va bozordagi asosiy ishtirokchilar faoliyatining ko’lami kengayib borayapti. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar biznesi sohasiga, davlat va xususiy sarmoyalami jalb qilish ko'lami kengayib borayotganligi o’zbek axborot bozorining shakllanish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompyuterlami yig’ish, keltirish va sotish bilan shug’ullanuvchi bu turdagi biznes 0‘zbekiston Respublikasida eng intellektual sohalardan birini tashkil qiladi. Foydalanuvchilar sonining ortib borishini birinchi galda turmushimizga Internet tarmog’ining keng ko'lamda kirib kelishi bilan izohlash mumkin. Hozir axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bozorining bu sektori anchagina oyoqqa turib oldi. Shunga qaramasdan sifatli axborot resurslariga
§ 22.4. AATni yaratishning zamonaviy tendensiyalari
671
kirish masalasi muammoligicha qolmoqda. Harqanday mamlakatda interaktiv xizmatlaming strategik rivojlanish yo‘li mavjud bo‘lib u axborot tizimlari va tarmoqlarini yaratishga asoslanadi. Shunday qilib, interaktiv xizmatlar faoliyatini ilmiy asoslangan holda tashkil qilish mazkur soha tovarlarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishni samarali yo'lga qo‘yishni ta’minlaydi. § 22.4. AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARINI
YARATISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI Milliy iqtisodiyotning bozor sharoitida faoliyat ko‘rsatishiga o‘tishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlar avtomatlashti- rilgan axborot tizimlarini yaratish va rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bular quyidagilarda o‘z aksini topmoqda: Ishlab chiqarish uchun ShK. va kommunikatsiya tarmoqlari samarali va nisbatan arzón hisoblash vositalari ommabop va qulay bo'lib qoldi. Jahon hamjamiyati qo‘llab-quvvatlaydigan global axborot tarkibiga kirish imkoni yuzaga keldi. Bozorga turli xil ishga mo‘ljallangan texnik vositalar va dasturiy ta’minotlar yetkazib berilmoqda. Ular keng foydalanuvchilar doirasining ta’minotini ancha samarali ta’minlashi mumkin. Shuni takidlash joizki, ShKlar funksional imkoniyatlari quyidagi foydalanuvchilar talablariga ko‘proq mos keladi: rahbarlar(turli darajadagi menejerlar), mutaxassislar va texnik xodimlar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar parkini ShKlar va ular bazasida yaratiladigan axborot tarmoqlari hamda tizimlari rivojlanishi ulami qo‘llashda bir qator quyidagi asosiy tendensiyalami ajratib ko‘rsatish imkonini beradi:
foydalanuvchilarning ShKda ishlashi ularga axborotlarni avtomatik ravishda qayta ishlash tizimida faol ishtirok etish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi. Eng oxiridagi foydalanuvchiga mo‘ljallangan ShK o‘z-o‘zini o‘rgatish (o‘qitish) vositalari, xatolardan himoyalanishning moslashuvchan vositalari, ayniqsa texnik-dasturiy vositalari rivojlanadi;
axborotlarni saqlash va qidirish amallarining, turli foydalanuvchilar, tizimlar va boshqaruv darajalari o‘rtasida axborot almashish samaradorligiga bo‘lgan talab ortadi. Bu esa ma’lumotlar banki va ShK tarmog‘ldan foydalanish sharoitida axborotlarni qayta ishlashning kompleks texnologiyasini ishlab chiqarishni talab qiladi.
Axborot tizimlari faoliyatining maqsadli yo‘nalishi yuzaga keldi va o‘zgardi. Tashkilot ishlab chiqarish faoliyatining daromadligini kuchaytirishga ko‘maklashish darajasi ulaming foydaliligi mezoni bo‘lib qolmoqda.
Tatbiq etilayotgan axborot tizimlarini tegishli texnik vazifalar va foydalanishning aniq shart-sharoitlariga mos ravishda sinab ko‘rishga nisbatan qat’iy shartlar va talablar yuzaga keldi. Bunday sinovlar davomida axborot tizimlarining buyurtmachi xodimi nisbatan ko‘p va malakali manfaat ko‘radi.
Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishning muammo sohasi keskin kengayadi, boshqaruv faoliyatini amalga oshirish darajasi, natijalaming
672
22 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining istiqbolli yo'nalishlari
aniqligi, ularni olish tezkorligiga boTgan talab ortmoqda. Tashkilot ichidagi turli axborot tizimlarining integrallashuv tendensiyalari va turli tashkilotlar axborot tizimlarining o‘zaro foydali kommunikatsiya aloqasi barqarorlashmoqda. Ko'pgina faoliyat yurituvchi tashkilotlarda yangi dasturiy ilovalarga bo‘lgan ehtiyoj ortmoqda. Yangi dasturiy ilovalarga bo‘lgan talab va ularni amalga oshirish o'rtasidagi disbalans to‘xtovsiz o‘sib bormoqda. Mavjud tizimlami yangi sharoitlarga moslash yoki texnik vositalar, operatsion tizimlar bilan ishlash uchun modifikatsiyalash xarajatlarining o‘sib borishi tufayli ilovalar sonini oshirish oqsayapti. Bunday holatdan chiqib ketish uchun oxiridagi foydalanuvchilami shaxsiy tizim va ulaming ilovalarini yaratishga jalb etish, ularga kuchli asbob-uskuna vositalarini yetkazib berish lozim.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi asosiy bo‘g‘in bari-bir inson bo‘lib qolaveradi. Shuni qayd etish lozimki, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatida tizimning oxiridagi foydalanuvchi bilan loyihalovchi, operator, dasturchi, xizmat ko’rsatuv xodim o'rtasida aniq tafovut yo‘q. Bugungi kunda interpretatsiya uslubi orqali o‘z dasturiy - mo‘ljallangan mahsulotni - amaliy dasturlar paketini tezda ishlab chiqish imkonini beruvchi tayyor dastur vositalari mavjud.
Texnik qarorlaming butun ahamiyatiga qaramasdan, AATning ahamiyati va qimmatini loyihalashtirish ishtirokchilari ishlab chiqadigan noyob mahsulotlar belgilaydi. Ayni paytda AATning uzoq vaqt va mustahkam ishlashi uchun undan foydalanish bo‘yicha batafsil bayon etilgan yo‘riqnomaning boTishi hal etuvchi ahamiyatga ega boTadi.
AAT yaratishning asosiy shartlari quyidagilar sanaladi: xarajatlami
qoplashni ta’minlovchi Samara manbaining mavjudligi; boshqaruv jarayonlari va obyektlarini avtomatlashtirishning talab darajasini ta’minlash; obyektning belgilangan talablarga mos holda. AATni yaratishga tayyorligi; AATni yaratish talabiga mos holda tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik tizimlami qayta qurish va modemizatsiyalash, AATning texnik hujjatlarga mos holda texnik va dasturiy vositalar bilan jamlanish kafolati, AATni talab darajasidagi malakali xodim bilan ta’minlash, AATdan foydalanuvchilami tayyorlash va qayta tayyorlash. AATni yaratish, ishlash va rivojlanish natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagicha: ■
xodimning axborotlami qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va boshqaruv qarorini qabul qilishda faol ishtirok etishi;
axborot faoliyatining axborot biznesi sifatida talqin qilinishi;
aniq bir obyektda amalga oshiriladigan dasturiy-texnik, texnologik platformaning mavjudligi;
axborot tizimi va texnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga muvofiq ilmiy hamda amaliy ishlanmalami yaratish va tatbiq etish;
tashkiliy-fiinksional o‘zaro harakat shartlarining shakllanishi va uning matematik, model, tizim va dasturiy ta’minoti;
berilgan samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda boshqaruv sohasida aniq amaliy vazifalami qo'yish va hal etish.
§ 22.5. Nanotexnologiya to'g'risida umumiy tushunchalar
673
§ 22.5. NANOTEXNOLOGIYA TO'G'RISIDA
UMUMIY TUSHUNCHALAR
Nanotexnologiya bu — obyektlaming xususiyatlarini o‘rganuvchi va o‘lchamlari 100 nanometrdan oshmaydigan moslamalami yaratuvchi amaliy fanlar sohasi hisoblanadi (SI sistemasi bo'yicha 1 nanometr 10‘9 metrga teng). Nanotexnologiya oddiy injeneriya sohasidan farq qiladi, chunki bu sohada alohida olingan atomlar va molekulalar bilan ish yuritiladi. Nanotexnologiya atamasi anchadan buyon qo‘llanib kelinayotgan bo'lsada, aynan hozirgi vaqtda u rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida turibdi. Nanotexnologiya atamasini birinchi bo‘lib Nono Taniguti 1974-yilda qo‘llagan. Bunday atamani u o‘lchami bir necha nanometrga teng bo‘lgan jismlarga nisbatan ishlatgan. 1980-yillarda bu termin K.Erik tomonidan qo‘llangan, Dreksler esa bu atamani o‘zining “Yaratish qurilmalari: nanotexnologiya asri yaqinlashmoqda” («Engines of Creation: The Coming Era of Nanotechnology») kitobida ishlatgan. Kitobning asosiy mazmuni matematik hisoblashlar yordamida o‘lchami bir necha nanometr bo‘lgan jismning ishini tahlil qilishdan iboratdir. Eng oxirgi ilmiy tadqiqotlarning ishlatilgani bois bu fan sohasini yuqori texnologiyalarga kiritish mumkin. Nanotexnologiya uch yo‘nalishda rivojlanmoqda:
alohida olingan molekulalardan oldindan berilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar yaratish;
nanokompyuterlarni yaratish, boshqacha qilib aytganda, oddiy mikrosxema o‘rnida logik elementlaming ishlatadigan, alohida olingan molekulalardan hosil qilingan kvant kompyuterlarining yaratilishi;
nanorobotlar, qisqacha qilib aytganda nanobotlarning yaratilishi, ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan, qurilishlami molekulalar darajasida olib boradigan odam ko‘ziga ko‘rinmaydigan mexanizmlami yaratish.
Hozirgi kunda nanotexnologiya juda ko‘p sohalarda qo‘ llanilib kelinmoqda. Nanotexnologiya sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar quyidagilar.