Islom Karimov
§ 13.1. MA’LUMOTLAR BAZALARI VA BANKLARI
HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar, rahbarlarga o‘z vaqtida, ishonchli axborotlami kerakli miqdprda olishga, avtomatlashtirilgan ofislami tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo‘llash bilan tovushli va rasmli tasvirlarga ega tezkor yig‘ilishlami o‘tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko‘rsatishga mo‘Ijallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o‘tish orqafi erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari — bu quyidagilarga asoslangan texnologiyalardir:
ShK. va tashkiliy texnikalami hamma joyda qo‘llash;
foydalanuvchilami (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasi bo‘lmaganlami) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
do‘stona foyalanuvchi intérfeysining yuqori darajasiga;
umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar pakctidan kcng foydalanishga;
foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, ShKning mahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga;
mutaxassislaming avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlami tahlil qilishga;
sun’iy bilim tizimlarini qo‘llashga;
ekspert tizimlami tatbiq etishga;
telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalanishga;
geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
§ 13.2. MA’LUMOTLARNING
AVTOMATLASHTIRILGAN BANKLARI
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning katta tajribasi to‘plangan. Bu tajriba ABT va
§ 13.2. Ma’lumotlaming avtomatlashtirilgan banklari
391
har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlami tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlami boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo‘ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlaming avtomatlashtirilgan banklaridan foydala- nishi o‘zaro bog'langan ma’lumotlar majmuiga ko‘p jihatdan kirishni, amaliy dasturlaming ma’lumotlami jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlami boshqarishning integratsiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlami bartaraf qilishni, paketlami birga bo‘lishlik imkoniyatini va ma’lumotlami teleprotsessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Shu bois ham qo'llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlaming avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog'liqdir.
Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo'lgani uchun, xuddi avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ular- ning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlanishi, foydalanilishi tizimning markazi bo'ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ulami tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli tamoyillar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |