Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


EHMning to'rtinchi avlodiga



Download 3,04 Mb.
bet227/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

EHMning to'rtinchi avlodiga katta integral tizim(KIT) ko‘rinishidagi element bazasiga ega bo‘lgan hisoblash tizimlari kiradi. Bu 70-yillaro‘rtasida elektron hisoblash texnikasi rivojida keskin «sakrash» bo‘lganligi, ya’ni - katta integral sxemasi bazasida mikroprotsessorlar paydo bo‘lganligi bilan bog‘liq. Ulardan foydalanish tufayli barcha EHMlaming texnik ekspluatatsiya va iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘lchami, energiya sarfi, qiymati va hokazolar keskin yaxshilandi'
ShKni ommaviy ishlab chiqarish boshlandi. Zamonaviy EHMlaming 4-avlodi ikki yo‘nalishda rivojlandi. Birinchi yo‘nalish - sekundiga bir necha ming million operatsiyalami amalga oshiruvchi kuchli, ko‘pprotsessorli hisoblash tizimini yaratish, ikkinchisi-mikroprotsessorlar bazasida nisbatan arzón va ixcham mikro EHMlar yaratish.
EHMlaming beshinchi avlodi 80-yillar o‘rtalarida o‘ta katta integral sxemalar bazasida ishlab chiqarila boshlandi. Beshinchi avlod mashina modellari arxitektura oqimiga, intellektual “inson-mashina” interfeysini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Ular masalalami tizimli yechishni mashinalaming mantiqan fikrlashini, axborotlami assotsiativ qayta ishlash va mantiqiy xulosalar olishni ham ta’minlaydi. Endilikda insonning EHM bilan yagona tildagi muloqotini (jumladan, og‘zaki nutqini) amalga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi. Xorijiy mutaxassislar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy tendensiyani ajratib ko‘rsatadi:

  1. Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko‘rinishidagi axborot mahsuloti, ekspert ta’minoti xizmatining ma’lumotlar bazasi strategik ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma’lumot, tasvir) axborot mahsulotlari eshitish, ko‘rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko‘ra ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va




§ 12.2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari evolutsiyasi


379


shaklda mahsulotni etkazib berish vositasi mavjud bo'ladi. Axborot mahsuloti borgan sari yakka foydalanuvchiga taqdim etiladigan o'ziga xos xizmat va hisobot-tahlil ishlari natijalari o‘rtasidagi gibridga aylanib bormoqda.

  1. Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib borishi bilan mazkur mahsulotlami kompyuter va inson yoki axborot tizimlari o‘rtasida ideal tarzda almashuvini o'tkazish imkoniyati ilg‘or texnologik muammo kasb etadi. Axborot mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ulaming kelishi va tez harakatlanishi bo'yicha to‘liq muvofiq bo‘lishi lozim.

  2. Oraliq bo‘g‘inlarni tugatish. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so'ngra, axborot manbai yo'lidan iste’molchiga qarab (ya’ni, bu sohadagi yetkazib beruvchi va iste’molchilar) oraliq bo‘g‘inlar tugatiladi. Masalan, muallif va o‘quvchi, sotuvchi va xaridor, qo‘shiqchi va tinglovchi, o‘qituvchi va o‘quvchi yoki tashkilotlarda mutaxassislar o‘rtasida videokonferensiya, elektron kiosk, elektron pochta tizimi orqali bevosita muloqat qilish imkoniyati tug‘iladi.

  3. Globallashtirish. Tashkilot yo'ldosh aloqa va Internet tarmog‘idan foydalanib axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda ish olib borishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday nuqtasidan turib o‘zaro muloqat qilish imkoniga ega. Bu holatda doimiy va yarim doimiy xarajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga ustuvorlikka ega bo‘ladi.

  4. Konvergentsiya. Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallami uzatish kabi ish rejimlari o‘rtasidagi farq yo‘qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o‘rtasidagi tafovut o‘chib ketadi, firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori va xizmat sohalari o‘zaro uyg'unlashib ketadi.

Shunday qilib, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - bu dunyo miqyosida jamiyat taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o‘tish asosidir. Mazkur tendensiyaning biznesda qo‘ llanilishi quyidagi o‘zgarishlarga olib keladi:

  • har bir ish o‘mida resurslar yetarli bo‘lganda axborotlami qayta ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy(personal) hisoblashlami amalga oshirish;

  • xabarlami jo‘natish uchun ish o‘rinlari birlashganda kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish;

  • tashkilot axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global kommunikatsiyalarga ega bo‘lishi;

  • elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish;

  • tashkilot integratsiyasi - tashqi muhit tizimidagi oraliq bo‘g‘inlami bartaraf etish.




380


12 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi


§ 12.3. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI
MILLIY IQTISODIYOT TARMOQ VA SOHALARIDA QO'LLASH
Ma’lumotlami qayta ishlashning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yaxshi tuzilmalashgan vazifalami hal qilish uchun mo‘ljallangan, ularga ko‘ra zarur kirish ma’lumotlari mavjud va algoritmlar hamda ulami qayta ishlashning boshqa standart protseduralari ma’lum. Bu texnologiya boshqaruv mehnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarini avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo‘lmagan malakali xodimlaming ijrochilik faoliyati darajasida qo‘llaniladi. Shu bois ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bu darajada qo‘llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ulami mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruriyatiga olib kelishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida operatsiyaviy faoliyat darajasida quyidagi vazifalami hal etish mumkin:

  1. firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqidagi ma’lumotlami qayta ishlash;

  2. firmadagi ishlaming ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarini tuzish;

  3. istalgan joriy so‘rovlarga javob olish va ulami qog‘oz hujjatlari yoki hisoblari ko’rinishida rasmiylashtirish.

Ma’lumotlami qayta ishlash bilan bog’liq bir necha o’ziga xosliklar mavjud, ular quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:

  • ma’lumotlami qayta ishlash bo’yicha firmaga zarur bo’lgan vazifalami bajarish. Har bir firma o‘z faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta’minlash va qo’llab- quvvatlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Shu bois ham istalgan firmada ma’lumotlami qayta ishlash axborot tizimi albatta boTishi va tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ishlab chiqilishi lozim faqat yaxshi tuzilmalashgan vazifalami hal etish, uning algoritmini ishlab chiqish mumkin;

  • qayta ishlashning standart ish tartibini bajarish. Mavjud standartlar ma’lumotlami qayta ishlashning namunaviy ish tartibini belgilaydi va ularga barcha turdagi tashkilotlar rioya qilishini ko’zda tutadi;

  • odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;

  • detallashtirilgan ma’lumotlardan foydalanish.

Taftish o’tkazishga yo‘l qo‘yuvchi, firma faoliyati haqida tahlil xususiyatga ega yozuvlami amalga oshirish. Taftish jarayonlarida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;

  • voqealar ketma-ketligiga (xronologiyasiga) urg‘u berish;

  • boshqa darajadagi mutaxassislar tomonidan muammolami hal etishda kam yordam talab qilish.

Ma’lumotlami qayta ishlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlari quyidagi lardan tarkib topgan:

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish