Vazirligi termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 1,26 Mb.
bet48/54
Sana13.03.2022
Hajmi1,26 Mb.
#492467
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta

XULOSA


Maktabgacha yochdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaSh asosida quyidagi xulosalarga keldik:

    1. Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi.

    2. Bolalar musiqiy estetik madaniyatini Shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini Shaxs ma’naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning Shakllanganlik darajasi tashkil yetadi.

    3. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa maShg‘ulotlari imkon darajasida tashkil yetilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilaSh uchun davr talabi asosida musiqa maShg’ulotlarini yanada takomillashtirish va qo‘Shiq o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda.

    4. Bolalar ma’naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tadbirlarda qo‘Shiq va raqslardan ko‘proq foydalanish lozim.

    5. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil yetiladigan tadbirlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlaSh kerak.

    6. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini Shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol Shaxslarni tarbiyalashdan iborat.



    1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bayram ertaliklari va o’yin kulgi


kechalari
Musiqa mashg’ulotlarda fasllar, bayram va tadbirlarga oid musiqa asarlari ustida ishlash. Bayram va tadbirlar stsenariysini ishlab chiqish va o’tkazish bo’yicha musiqa rahbari oldiga turgan vazifalar hamda ularga qo’yiladigan talablar. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ertaliklar va bayramlar davlatimizning muhim voqealari bilan bog’liq tarzda tashkil etiladi. Turli xil bayramlarga bag’ishlangan ertaliklarda bolalar mamlakatimizning muhim sanalari va bayramlari bilan tanishib boradilar.
Bunday ertaliklarda musiqa asosiy o’rinda turadi. Bunday ertaliklarda bolalar qo’shiq kuylaydilar, raqsga tushadilar, bolalar musiqiy cholg’ularida ijro etadilar. Bunday ertaliklar uchun ataylab stsenariylar yoziladi. Stsenariylar mavzusi bayram ruhiga yaqin bo’lishi, turli xil she’rlar, kuy va qo’shiqlardan tashkil topgan bo’lishi kerak.
Demak, bayram ertaliklaridagi repertuar xilma – xil bo’lmog’i lozim. Tanlanadigan repertuarning mazmuni bayram mazmuni bilan hamohang bo’lishi muhim.
Davlatimiz bayramlaridan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida hayrlashuv kechalari ham tashkil etiladi. Bunda asosan, tayyorlov guruhlari bolalari ishtirok etib, ular bog’cha bilan hayrlashib maktabga yo’llanma oladilar.
Bayram ertaliklaridagi stsenariy musiqiy fon ostida namoyish etiladi. Shuning uchun musiqa rahbari har bir hodisa va holatlar uchun mos bo’lgan musiqa namunalarini tanlashi o’ta muhim shartlardandir. Bundan tashqari kecha o’tkaziladigan zallarni ham bayram kayfiyatiga mos jihozlash darkor. Yuqoridagi shartlarni bajarilishi bayram ertaliklarini ko’tarinki ruhda o’tkazilishini ta’minlaydi.
Mavsumiy: Hosil bayrami(Mehrjon); Archa bayrami; Navro’z bayrami; Gullar va qushlar bayrami. Ushbu bayramlar xalq og’zaki ijodi namunalar asosida tashkil qilinadi. Yilma yil
bolalarning ushbu bayramlar, ularning har biri bilan bog’liq bo’lgan xalqimizning madaniy, milliy an’ana va urf-odatlari haqida olgan bilimlari kengayib boradi.
Ijtimoiy-siyosiy: Mustaqillik kuni; 21- oktyabr - O’zbek tiliga davlat mumtoz musiqa i berilgan kun; 8-dekabr– Konstitutsiya kuni;
14-yanvar- O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun.
Bayramlarni kattalar bolalar uchun tayyorlaydilar. Har bira bayramning «oilaviy» qismi bo’lib, u
guruh xonasida, aksariyat hollarda ota-onalar ishtirokida o’tadi.
Har bir bayramda:

  • bayram mazmuniga mos o’yinlar tashkil qilinadi, she’r, qo’shiq va h.k. aytiladi;

  • bolalar va kattalar uchun ko’ngil ochish soatlari o’tkaziladi;

  • sir tutilgan daqiqalar, esdalik sovg’alari tashkil qilinadi;

Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qadam qo’ygan davridan boshlab, yilma-yil bir jadval asosida bayramlar tashkil qilib boriladi. Bu katta maktabgacha yoshdagi bolalarga:
*har bir bayramga oldindan o’zlarini tayyorlab borish;
*bayramni tashkil qilish va o’tkazishda tashabbus ko’rsatish;
*bayram tadbirida o’zini erkin va ishonch bilan tutish imkonini beradi
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramga endi «iste’molchi» sifatida emas, balki, mehmonlar, ota-onalar, kichik yoshdagi bolalar uchun bayramni «tashkil qiluvchilar» sifatida boradilar.
Bu vaziyatda bolalar o’zlarini artistlar, ya’ni atrofidagilarga quvonch va lazzat ulashish uchun mehnat qiluvchi insonlardek his qiladilar. Kichik yosh davrlarida ular bu ishni hali uddalay olmas edilar. Katta maktabgacha yoshga yetib bolalar kontsert, spektakl (qo’g’irchoq teatri yoki rolli i jro), ko’ngil ochishlar, ko’rik-tanlovlar, syurprizli chiqishlrni tashkil qila oladilar.

    1. Download 1,26 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish