№
|
Topshiriq mazmuni
|
1-komanda
|
2 –komanda
|
1
|
Musiqa asarini aniqlash
|
«Kasal qo’g’irchoq»
P.Chaykovskiy
|
|
2.
|
Cholg’u asbobini aniqlash (komanda
sardorlari uchun)
|
Rubob
|
|
3
|
Qo’shiqni kirish qismidan aniqlash.
«Quvnoq soat» didaktik o’yinidan foydalanish
|
«Tinchlik bo’lsin» M.Ikromova
|
|
4.
|
Qo’shiqni butun komanda bilan
birgalikda ijro etish
|
«Qadim Turon» N.Norxo’jaev
|
|
5
|
Tanish qo’shiqning ritmik tasvirini
ifodalash
|
Ritmik tayoqchalar bilan
|
|
6
|
Yangi kuy o’ylab topish
|
Raqs kuyi
|
|
7
|
Asar harakterini aniqlash
|
A.Liviev «Kichik vals»
|
|
8
|
Raqsda kim o’zar
|
Har ikki komandadan bittadan vakil raqs tushadilar, raqs harakatlari ko’proq ko’rsatgan
va aniqroq ijro etgan vakil g’olib bo’ladi
|
9
|
Musiqa asarining qismini aniqlash
(kirish, kuplet, naqorat)
|
M.Dadaboev «O’zbekiston
mustaqil»
|
|
10
|
Qo’shiq kompozitorini topish
|
D.Omonullaeva «Etikcham»
|
|
11
|
«Kimning orkestri yaxshiroq»
musiqaviy didaktik o’yini
|
Bolalar o’z istaklariga ko’ra cholg’ularni
tanlaydilar
|
12
|
Tanish qo’shiq yoki aytimni
flanelegrafdagi ritmik tasvirga qarab aniqlash
|
Flanelegrafda yo’g’on va ingichka kartochkalar
vositasida «Quyonim» va «Chitti gul» o’zbek xalq aytimlarining ritmik tasviri ifodalanadi
|
13
|
Ma’lum bir kompozitorning qo’shiq
|
M.Ikromova
|
N.Norxo’jaev
|
|
larini birma-bir aytib berish
|
|
|
14
|
Kim yaxshiroq qo’shiq aytadi
(sardorlar uchun topshiriq)
|
Istaklariga ko’ra qo’shiqlar
|
Tadbirning borishi:
Boshlovchi har bir komandaga bir vaqtda yoki birin-ketin u yoki bu topshiriqni bajarishni taklif etadi. Yuqorida taxminiy savol va topshiriqlar berilgan. Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbarlari va tarbiyachi pedagoglari ijodiy yondoshgan va tarbiyalanuvchilarning imokniyatlaridan kelib chiqqan holda, shunga o’xshash topishiriqlarni o’ylab topishlari mumkin.
Bolalar hay’at a’zolari bilan tanishtiriladilar. Uning tarkibiga muassasa rahbari, metodist, tarbiyachi va ikki nafar tarbiyalanuvchi kiritilishi mumkin. Bolalarga ikki komanda o’zaro bellashishi, har bir to’g’ri bajarilgan shart yoki to’g’ri javob uchun komanda bittadan fishka bilan taqdirlanishi tushuntiriladi.
Konkurs yakunida har bir komandaning to’plagan fishkalari soniga ko’ra g’olib komanda aniqlanadi va maxsus shirinlik bilan taqdirlanadi.
Izoh: 1) bir tadbir davomida bolalar 7-8 topshiriqni bajaradilar; 2) agar sardor topshiriqni uddalay olmasa, uning komandasidan biror ishtirokchi yordamga kelishi mumkin; 3) topshiriqlar orasiga o’yin-attraktsionlarni kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.
“Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston!” (bayram ertaligi ishlanmasi)
Bayram ertaligining maqsadi: Bolalarni mustaqil O’zbekiston haqidagi tasavvurlarini boyitish, kichkintoylar qalbida o’z Vataniga, ona xalqiga, shu bilan birga, butun insoniyatga mehr-muhabbat uyg’otish.
Ishtirokchilar: katta va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari