Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok yetishlariga yerishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya yetiladi. Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va kichik sahnalaShtirilgan yertaklar ham bo‘lishi tavsiya yetiladi. Qo‘Shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak.
Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining yeng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘Shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli yertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok yetib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar.
Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks yettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlaShtirish, mehnatni ulug‘laSh kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam yetadi. Qo‘Shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha Sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.
Qadimda Sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘Shiqlar yangraydi.
8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘Shiq, She’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini ye’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim yetadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyuShtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘Shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xuShchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga yega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.
Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil yetish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini Shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish yesa bolalar ma’naviyatini oShiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yaShaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘Shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin yegallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |