Vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana18.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#387177
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etishning oziga xosliglari



  

 

 

 

 



 

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS  TA`LIM 

VAZIRLIGI   QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI  

MAXSUS SIRTQI FAKULTETI    (BO`LIM)  

MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI  

III KURS 018-23 GURUH TALABASI  

MANNONOVA  FERUZA MO`YSINOVNANING 

MAKTABGACHA TA`LIMDA BOSHQARUV VA MENEJMENT 

FANIDAN TAYYORLAGAN  

KURS ISHI 

  

 

 

     Topshirdi:                                  Mannonova F.M 

                  Qabul qildi:                         

 

 



 

 

 




 

 

Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etishning o`ziga xosliglari 

 

 

 

REJA: 

 

1.

 



 Maktabgacha  ta’lim  muassasasi-  maktabgacha  yoshdagi  bollar  ijtimoiy  tarbiya 

maskani.  

2.

 

Davlat 



maktabgacha 

ta’lim 


muassasasida 

ta’lim-tarbiya  jarayoni 

qatnashchilari. 

3.

 



 Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish 

4.

 



Xulosa 

5.

 



Foydalanilgan adabiyotlar. 

 

    



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



 

    Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta’lim tizimining birinchi bosqichi, 

jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta’lim muassasi 

bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi 

o‘rin tutadi. 

 Barcha  turdagi  maktabgach  ta’lim  muassasalari  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  «2017  —  2021  yillarda  maktabgacha  ta’lim  tizimini  yanada 

takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida»  2016  yil  29  dekabrdagi  PQ-2707-

son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. 

        Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  ta’lim  mazmuni  maktabgacha 

ta’limga  qo‘yiladigan  davlat  talablariga  asosan  ishlab  chiqilib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Maktabgacha  ta’lim  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  yoki  tavsiya 

qilingan dasturlar bilan belgilanadi. 

       Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ish  tartibi  va  bolalarning  ushbu 

muassasada  bo‘lish  vaqti  davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasining  ustavi  va 

muassisning qarori bilan belgilanadi. 

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  besh  kunlik  ish  haftasi  uchun, 

qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 

12 soatli; 

10,5 soatli; 

9 soatli; 

4 soatli. 

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  joylashgan  hududda  yashaydigan 

aholi  talablaridan  kelib  chiqib,  davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  yoki 

uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. 

 Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasida  ovqatlanishni  tashkil  etish 

ushbu  muassasa  zimmasiga  yuklatiladi  hamda  sanitariya  qoidalari,  normalari  va 

gigiena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Bolalarga 

tibbiy 


xizmat 

ko‘rsatish  davlat  maktabgacha  ta’lim 

muassasasining  tibbiyot  xodimlari  va  ushbu  muassasaga  belgilangan  tartibda 

biriktirilgan  hududiy  sog‘liqni  saqlash  organlarining  tibbiyot  xodimlari 

tomonidan amalga oshiriladi. 



Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim  muassasasi xodimlari bilan 

birgalikda  bolalarning  hayoti,  sog‘lig‘i  va  jismoniy  rivojlanishi,  davolash-

profilaktika  tadbirlari  o‘tkazilishi,  sanitariya  qoidalari,  normalari  va  gigiena 

normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas’uldirlar. 

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayotini muhofaza 

qilish  va  sog‘lig‘ini  mustahkamlashni  tashkil  etish  tartibi  O‘zbekiston 

Respublikasi  Maktabgacha  ta’limvazirligi  va  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 

tomonidan belgilanadi. 

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasining  tibbiyot  xodimlari  faoliyatini 

nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. 

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  rahbariyati  tomonidan  tibbiyot 

xodimining  faoliyat  olib  borishi  uchun  zarur  shart-sharoitlar  (alohida  xizmat 

xonasi,  mebel  va  tibbiy  jihozlar,  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  uchun  zarur 

bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi. 

Davlat  maktabgacha  ta’lim  muassasasi  tibbiyot  xodimlarining  malakasini 

oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda 

kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. 

Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo‘lgan davlat 

maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining 

qaroriga binoan maktabgacha ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash 

va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-

ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo‘llanmalari asosida amalga oshiriladi. 

Muassislari boshqa tashkilotlar bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim 

muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan 

belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lgan taqdirda, 

ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha 

ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) 

bo‘limlarining yo‘llanmalari bo‘yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. 

    Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: 

 



I va II guruh nogironlari; 

 



ko‘p bolali oilalarning bolalari; 

 



harbiy xizmatchilarning bolalari; 


 

talabalar va pedagoglarning bolalari; 



 

chin etim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat maktabgacha 



ta’lim muassasasiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar. 

 

Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi 



uchun asos bo‘ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar. 

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining mudirlari tomonidan davlat 

maktabgacha ta’lim muassasasidagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqida qabul 

komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma’lumot 

kiritiladi. 

Bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumot davlat maktabgacha ta’lim 

muassasasining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to‘g‘riligi va o‘z 

muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri shaxsan 

javob beradi. 

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining har bir guruhidagi bola soni 

me’yori kamida 20 nafar bo‘lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo‘lmasligi lozim. 

  Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o‘tgan bolalar bilan to‘ldirish 

o‘quv yili oxiridan yangi o‘quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi 

qabul qilinayotganlar bilan to‘ldirilishi o‘rinlar bo‘shashiga qarab amalga 

oshiriladi. 

  Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘quv yili har yili 2 

sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o‘quv yili 

boshlangunga qadar sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi. 

  Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim muassasasi 

quvvatidan ortiq bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni 

qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya 

nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra maktabgacha 

ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) 

bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. 

Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me’yordan kamaygan yoki bolalarni 

qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga 

muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-



epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha 

ta’limmuassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) 

bo‘limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha 

ta’lim muassasalariga bolalar qabul qilinadi. 

 

Ўзбекистон



Республикаси

Конституцияси

ва қонунларига

Ўзбекистон

Республикаси

Олий


Мажлисининг

қарорлари ва

бошқа ҳужжатларига


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish