Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq
muassasa shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari toifasiga
kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim
muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq
belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga
oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq,
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish vakolatli davlat
organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha
ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston
Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya
qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Muassasa o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu
dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta’limvazirligi tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning
muassasada bo‘lish vaqti muassasa ustavi hamda muassisning qarori bilan
belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 kunlik ish haftasi uchun,
qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan hududda
yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim
muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy
etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning ovqatlanishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan
sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tibbiy
yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma
asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari
bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-
profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob
beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ta’limning uzluksizligini
ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga
tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa
muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar
uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun
hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil
etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli
guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni
qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xasanboyeva O. U. va boshqalar. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi
2.
T. : “Ilm ziyo” 2006yil
3.
T. : “Fan va texnologiya” 2010yil
4.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. V. I. Loginova, P.G. Samarukovalar
taxriri ostida. T. O`qituvchi 1991yil