2
Qarshi Davlat universiteti mamlakatimizda kasb-hunar kollejlari uchun o`qituvchilar
tayyorlovchi bazaviy oliy o`quv yurti bo`lganligi uchun "Kasbiy ta’lim" kafedrasida bo`lajak
o’qituvchilarga yangi va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o`rgatish uchun ko`pgina ishlar
qilinmoqda. Shulardan biri "Didaktik vositalar majmuasi" fani bo`yicha yangi dastur asosida ishlab
chiqilgan ma`ruzalar matnidir. Ushbu ma`ruzalar matni orqali talabalar o`quv jarayonida didaktik
vositalar majmuasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo`llashni o`rganadilar.
"Didaktik vositalar majmuasi" fanidan ma`ruzalar matni Kasbiy ta`lim yo`nalishidagi barcha
mutaxassisliklar uchun mo’ljallangan.