Servisga yo‘naltirilgan Grid tizimining soddalashtirilgan sxe-masini tushuntirib bering.
Grid texnologiyalari negizidagi taqsimlangan tizim arxitekturasining asosiy vazifasi nima?
Resurslar menejeri yordamida virtuallashtirishni tushuntirib bering.
Virtual tashkilot nima?
Virtuallashtirish texnologiyasi qanday vazifani bajaradi?
Gipervizor nima?
Virtuallashtirish texnologiyasini joriy etishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
“Bulutda hisoblash” texnologiyasining umumiy konsepsiyasini tushuntirib bering?
“Bulut xizmatlari” qanday talablarga javob berishi kerak.
“Bulutda hisoblash” tizimining etalon arxitekturasini tushuntiring.
“Bulutda hisoblash” tizimining arxitekturaviy komponentalari nimalardan iborat?
“Bulut xizmatlari” nima?
SaaS xizmati foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
PaaS xizmati foydalanuvchilarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
235
Vbob. Taqsimlangan tizim negizida ma’lumot qayta ishlash markazlarini
tashkil etish asoslari
Taqsimlangan tizim negizidagi ma’lumot qayta ishlash markazlarini
shakllantirish asoslari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ning bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari hamda yirik kompaniyalarning avtomatlashtirish darajasini tobora o‘sib borishi juda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash jarayonlarini amalga oshirilishida samarali va mukammal texnologik yechimlarni tashkil etilishini talab qilmoqda.
Ikkinchi tarafdan, hisoblash quvvatlarini, ya’ni AKT strukturalarini qo‘llab - quvvatlash va rivojlantirish uchun sarflanadigan mablag‘larni qisqartirishga bo‘lgan talablar rivojlanishi kuzatilmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyalariga bo‘lgan xarajatlarni optimallashtirish tobora dolzarb muammo hisoblanib borayapti. Ushbu muammo axborot texnologiyalari sohasidagi ekspertlar tomonidan butun jahon miqyosida muhokama qilinayapti, xarajatlarni kamaytirish yo‘nalishida yangi-yangi yondoshuvlar taklif qilinayapti.
Muammoni yechimlaridan biri yagona hisoblash kompleksini, ya’ni taqsimlangan tizim usullari negizidagi ma’lumot qayta ishlash markazi (MQIM) ni yaratish hisoblanadi.
Ma’lumotni saqlash va qayta ishlash markazi (inglizcha data center) - ixtisoslashtirilgan arxitektura hisoblanib, server (xosting) va tarmoq vositalaridan tarkib topadi, unga foydalanuvchilar Internet kanallari yordamida bog‘lanadilar.
Ma’lumot qayta ishlash markazining asosiy maqsadi axborot texnolo- giyalari infrastrukturasining ishonchliligiga, resurslariga kirish sodda bo‘lishligiga, xavfsizligi ta’minlanishiga va boshqarilishiga qo‘yilgan talablar ta’minlangan holda tarqoq holdagi hisoblash quvvatlarini birlashtirish hamda ularga egalik qilish xarajatlarini kamaytirish hisoblanadi.
236
Ma’lumotni saqlash va qayta ishlash markazi korporativ klientlaming qiziqishlariga muvofiq axborotni qayta ishlash, saqlash va tarqatish funksiyalarini bajaradi. Markaz axborot xizmatlarini taqdim etish yo‘li bilan biznes masalalarining yechimini amalga oshirishga yo‘naltirilgan.
Tarqoq holdagi hisoblash va ma’lumot saqlash resurslarini ma’lumot qayta ishlash markazi doirasida konsolidatsiyalash (birlashtirish) apparat - dastur va boshqa texnik vositalarni samarali ishlatilishiga imkon yaratadi, masalan yuklamalarni taqsimlanishiga, boshqaruvni soddalashiga va x.k. Bu o‘z navbatida umumiy xarajatlarni kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |