MQIM ma’lumot uzatish tarmog‘ining uchinchi sathida modulli kommutatorlar ishlatiladi.
MQIM ga virtuallashtirish texnologiyasini joriy etilishi oqibatida tarmoqda virtual kommutatorlar paydo bo‘ldi. Bu tarmoq sathiga yangi talablar qo‘yilishiga olib keldi, masalan, virtual mashinalar orasida sifatli ma’lumot uzatish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha talablar.
Bugunda Ethernet texnologiyasi keng tarqalgan ommaviy tarmoq texnologiyasi hisoblanadi. Zamonaviy ma’lumot qayta ishlash markazida bir vaqtda bir nechta parallel har xil turdagi tarmoq bog‘lanishlari amalga oshirilishi mumkin.
239
5.1- rasm. MQIM server kompleksining infrastrukturasi.
Bir tarafdan server - server bog‘lanishi, boshqa tarafdan aloqa kanallarining o‘zaro bog‘lanishi, shu bilan birga yuqori tezlikda ma’lumot saqlash tarmoqlari bilan bog‘lanishlar bajariladi.
Ethernet texnologiyasi asosidagi tarmoqda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1 bobda keltirilgan edi.
Ularga asoslanib, MQIM ning keng miqyosda rivojlanishi uning ma’lumot uzatish tarmog‘ini 1 bobda yoritilgan dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoqlar g‘oyasi asosida shakllantirish ko‘zlangan maqsadga olib keladi, degan xulosaga kelish qiyin emas.
MQIM infrastrukturasida ma’lumot saqlash tarmog‘i (Stotage Area Network - SAN) alohida ahamiyatga ega. Ushbu tarmoq markaz server kompyuterlari bilan ma’lumot saqlash disklari orasida o‘ta yuqori tezlikda ma’lumot uzatilishini ta’minlaydi. Bu jarayon Fibre Channel nomli andoza negizida amalga oshiriladi.
240
Ma’lumot saqlash tarmog‘i (Stotage Area Network - SAN) ning infra- strukturasini Fibre Channel kommutatorlari (Fibre Channel swirhes, FC-swithes), Fibre Channel konsentratorlari (Fibre Channel Hub) va Fibre Channel marshrutizatorlari (Fibre Channel - SCSI routers), hamda ular bog‘lanishini ta’minlaydigan optik tolali aloqa tizimlari tashkil etadi. Bunday vositalarning o‘zaro bog‘lanishi Fibre Channel Fabric deyiladi.
Ma’lumot saqlash tarmoqlari (MST) ma’lumot qayta ishlash markazi serverlarini ma’lumot saqlash vositalarida saqlanayotgan axborot resurslari bilan ishonchli bog‘lanishini ta’minlaydi.
Ma’lumot saqlash tarmog‘i axborot saqlash vositalari, serverlar, boshqaruv tizimi va MST komponentalari orasida muloqotni ta’minlaydigan kommunikatsiya vositalaridan tarkib topadi (5.2 - rasm).
Ushbu arxitektura ma’lumotlarni uzluksiz va xavfsiz saqlanishini hamda MST vositalari orasida ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatilishini ta’minlaydi.
MSTning asosiy maqsadi (konsepsiyasi) ma’lumot qayta ishlash mar- kazining har bir serveri markaz doirasida saqlanayotgan hamma ma’lumotga kira olishini ta’minlash hisoblanadi. Bunda asosiy protokol sifatida Fibre Channel (FC) protokoli ishlatiladi.
MST ning texnik asosini optik tolai aloqa tizimlari va kommutatorlar tashkil etadi, ularning tezligi bugungi kunda bir necha Ggs ni tashkil etadi.
Ma’lumot qayta ishlash markazini loyihalash va rivojlantirishda asosiy muammolardan biri, bir nechta tarmoq infrastrukturalarini bir -biri bilan ishlay olishini (bir-birin qo‘llab-quvvatlashini) ta’minlash hisoblanadi, ya’ni, Ethernet (LAN) tarmog‘i, Fibre Chanel(SAN) tarmog‘i va hisoblash tizimlari (InfiniBand) ning o‘zaro muloqotlarini ta’minlash hisoblanadi.
Universal texnologiya sifatida qabul qilingan texnologiya Ethernet protokoli, Fibre Channel (FC) protokoli bloklarini yo‘qotishsiz uzatilishini kafolatlashi kerak bo‘ladi.
241
Windows serverlari hududi
Zaxira nusxalar saqlanadigan
serverlar hududi
Kommutisayilana -digan fxbit
Do'stlaringiz bilan baham: |