Kompozit servislar to‘plami foydalanuvchi tomonidan talab etilgan so‘rovga bog‘liq holda tuziladi va faqat shu so‘rov uchun ishlatiladi. SYA modeliga asosan AKT servislarini ikki gruppaga bo‘lish mumkin: birinchisi - xizmat va xizmatlarlami taqdim etish sathi servislari va ikkinchisi - ma’lumotlarni transportirovka qilish servislari. SYA negizidagi AKT xizmatlari taqdim etilishida ishtirok etadigan servislar so‘rov bajarilishi davomida boshqariladi. Shu bilan birga, hamma sath jarayonlarida axborot xavfsizligiga alohida e’tibor berish kerak bo‘ladi. AKT xizmatlarini SYA uslublari negizida taqdim etilishida ishtirok etadigan servislar (real vaqtda ishlaydigan maxsus dasturiy ta’minot yoki ilovalar) quyidagi talablarga javob berishi kerak: AKT xizmatlarining turlari [Sir] va ularni taqdim etishda qo‘llaniladigan servislar yoki kompozit servislar to‘plami {Sic} aniq bo‘lishi kerak, ya’ni:
Sr= { Sir} -► Sc= {Sic}. SYA negizidagi axborot-kommunikatsiya tarmog‘i faoliyat davrining har bir vaqt oralig‘ida ma’lum bir xizmatga so‘rov kelganida, ular o‘rtasida bogTanishni ta’minlaydigan kompozit servis bo‘lishi kerak;