Axborot-kommunikatsiya tarmoqlari resurs va xizmatlarini servisga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizim negizida taqdim etish modeli
Yuqori bandlarda qayd etilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda quyida axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining dislokatsiyalangan xizmatlarini SYA asosida taqdim etishni quyidagicha tashkil etish taklif etiladi.
Axborot-kommunikatsiya tarmog‘ining boshqaruv sathi qurilmasida (ya’ni, boshqaruv markazi vazifasini bajaruvchi server kompyuterida) tarmoq operatorlari tomonidan taqdim etilgan servislarning (xizmat va xizmatlarning) reestri yaratiladi,
159
ya’ni tarmoq doirasida har xil nuqtalarda dislokatsiya qilingan tarmoq xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarning ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Ma’lumotlar bazasidagi axborotlar xizmatning imkoniyati, qanday ifodalanganligi, xizmatni taqdim etishda qo‘llaniladigan ilovalar yoki Web - servislar (maxsus dasturlar) va xizmatdan foydalanish sharti to‘g‘risidagi annotatsiyaviy ma’lumotlardan tarkib topadi. Ular UDDI (Universal Description, Discovery and Integration) standarti asosida shakllantiriladi.
Bunday reestr axborot-kommunikatsiya tarmog‘i xizmatlarini yaratadigan va taqdim etadigan operatorlarning axborot muhiti uchun ishlab chiqiladigan servisga yo‘naltirilgan arxitekturaning integrallashgan tarkibiy qismi hisoblanadi.
Axborot muhiti sifatida axborot-kommunikatsiya tarmog‘i xizmatlarini yaratadigan va taqdim etadigan alohida olingan bir operatorning axborot infratuzilmasi yoki ushbu sohadagi regional yoki boshqa belgilari bo‘yicha birlashgan operatorlar birlashmasi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, ushbu serverda xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan foydalanuvchini, xizmatni hamda xizmat to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etadigan tarmoq operatorlarini autentifikatsiyalash vositalari o‘rnatiladi.
Foydalanuvchi so‘roviga muvofiq taqdim etiladigan har bir xizmatni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan hamma vositalar (protokol, interfeys, ilovalar va boshqa Web-servislar) tanlanadi va ularning integratsiyasi amalga oshiriladi.
Boshqa so‘z bilan, tarmoq xizmatlari taqdim etilishini amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan vositalar, ya’ni maxsus servislar tanlanib, ular asosida «kompozit» servislar shakllantiriladi.
Axborot-kommunikatsiya tarmog‘i xizmatlarini SYA uslublari asosida taqdim etish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirilishining algoritmi 3.6 - rasmda keltirilgan.
Operatsion pog‘ona so‘rovlarni amalga oshirishda ishlatiladigan ilovalarni, jarayonlar boshqaruvini bajaradigan dasturlarni va xizmatlarni hamda servisga yo‘naltirilgan tizimostilarining yangi ilovalarini yaratish va saqlash uchun kerak bo‘ladigan muhitni shakllantirish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birga ushbu
160
pog‘onada, servislami SYA usullari asosida integrallashuvi uchun kerakli muhit shakllantiriladi.
3.6 - rasm. AKT xizmatlarini SYA uslublari asosida taqdim etish algoritmi.
SYA asosidagi AKT ning korporativ komponentalar pog‘onasida AKT sathlari (kirish, transport, boshqaruv, xtzmatlar) da servislardan foydalanish sifatini va funksionallikni ta’minlash vazifalari bajariladi. Korporativ pog‘onada joylashgan vositalar to‘plami tarmoq doirasidagi vosita sifatida AKTning xizmat sathidagi servislar kelishuvini ta’minlaydi, ya’ni abonent so‘roviga javoban eng yaxshi servislarni tanlash vazifasi amalga oshiriladi.
161
Servislar pog‘onasida AKT xizmatlarini ifodalaydigan servislar joylashtiriladi. Ular statik bog‘langan, oshkora yoki kompozit servislarni yig‘ish natijasida yaratilgan servis yoki «kompozit servis» shaklida bo‘lis hi mumkin. Bu pog‘ona AKT sathlarining funksiyalari doirasidagi servislardan (protokol va interfeyslar) foydalanish mexanizmini ta’minlab beradi.
Xoreografiya pog‘onasida ma’lum bir servisni foydalanuvchiga taqdim etishda AKT sathlarida bajariladgan funksional vazifalarni, ya’ni maxsus dasturlarni birlashtirish masalalari ko‘riladi. Funksional vazifalar (protokollar, interfeyslar) guruh oqimi yo‘li orqali bog‘langan va ular alohida ilovalar ko‘rinishida bosqichma-bosqich ishlaydi. Ilovalar abonent so‘rovini bajarish jarayonida tanlab olinadi.
Integratsiyalash (yoki Orkestrovka) pog‘onasi abonent so‘rovini bajarish jarayonida AKT sathlarida qo‘llaniladigan funksional servislar (marshrutizatsiya, protokollar bog‘lanishi, Web-servislar, ya’ni AKT xizmatlarini taqdim etish ilovalari va boshqa mexanizmlar) ning integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
So‘rovga tegishli xizmatni (servisni) izlash, chaqirish va taqdim etish amallari bajariladi.
Sifat ko‘rsatgichi (QoS) bloki AKT sathlarida SYA uslublari asosidagi funksional vazifalarning sifat aspektlarini monitoring qilish vazifalarini bajaradi.
AKT funksiyalarini SYA negizida tashkil etish uning servislarini tiplarga ajratishni taqozo etadi. Servislarni tiplarga ajratish sathlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
yuqori sath servislari - AKTning xizmatlar sathida taqdim etiladigan xizmatlar, ilovalar;
transport sath servislari - marshrutizatsiya, protokollar bog‘lanishi, har xil tipdagi ma’lumotlar taqsimotini boshqarish, ya’ni ma’lumotlarni transportirovka qilish vositalari;
kirish sath servislari - har xil tipdagi ma’lumotlarni AKT transport tizimiga bog‘lash - tarmoqga kirish interfeyslari va protokollari.
162
Do'stlaringiz bilan baham: |