Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Download 185,96 Kb.
bet21/50
Sana02.01.2022
Hajmi185,96 Kb.
#311617
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
talabalarda mustaqil talim olish faoliyatini takomillashtirishning (2)

Uchinchi blokda – talabalarning mustaqil ishlarni bajarishga tayyorgarligini (kutubxonada ishlash malakasi, kompyuter texnikasini ishlata bilish, konspekt yoza bilish sohasidagi bilim va malakalar, darsga tayyorlanish jarayonida yangi ma’lumotlar izlash tashabbuskorligi)ni hosil qilish bilan bog‘liq savollar va topshiriqlar. Shuningdek, talabalar mustaqil ishlariga o‘qituvchilarning rahbarlik qilish xususiyatlari (mustaqil ishni o‘tkazishga yo‘naltirilgan topshiriqning doimiyligi va samaradorligi, topshiriqning asosiy turi, kurs materiallari bo‘yicha ijodiy masalalar, o‘qituvchining mustaqil topshiriqni bajarilishini tekshirish xususiyatlari)ni aniqlashga yo‘naltirilgan savollar tashkil etadi.

So‘rovnomada Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tasviriy san’at va muxandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Mustaqil ta’lim xususiyatlarini baholashda ob’ektivlikka erishish uchun javoblar anonim holda berildi. Olingan materiallarni tahlil qilishda foydalanish zaruriyati tufayli talaba javoblar varaqasida oliy o‘quv yurtiga qaysi o‘rta ta’lim muassasasi (o‘rta umumta’lim maktabi, akademik litsey, san’at maktabi yoki kasb-hunar kolleji)ni tugallaganligini, albatta, qayd etdi.

Olingan natijalar (1-blok bo‘yicha) guvohlik beradiki, talabalarning yarmidan ko‘prog‘i (63%) fiziologik xususiyati sababli (ota-onasi tasviriy san’at va chizmachilik o‘qituvchisi, bezakchi-rassom, arxitektor, dizayner duradgor- usta, haykaltarosh va h.k. kasbdagilar), ya’ni rasm chizishga yoshlikdan qiziqish bo‘lganligi, bir qism (24%) talabalar tasodifiy sabablar (ijodiy imtihon va undan yuqori ball olish imkoniyati mavjudligi) va qolgan 13% talabalar pedagogik faoliyatiga kuchli ishtiyoqda bo‘lib, tasviriy san’atni rassom faoliyatining asosi deb bilgan va bu fanni chuqur o‘zlashtirganlar, ya’ni bu faoliyatni chuqur idrok etuvchi talabalar tashkil etdi.

Ikkinchi blok savolnomalari natijalarini tahlil qilish tasdiqlamoqdaki, auditoriya darslari (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot)ga etarli darajada qatnashganda talabalar mustaqil ish bilan etarli darajada shug‘ullanmaydilar. Respodentlar

javobi ko‘rsatmoqdaki, auditoriyadan tashqari tizimli mustaqil ish bilan doimiy ravishda faqat 43% respodentlar shug‘ullanishar ekan. Bu ish uchun 12% talabalar kuniga 1-2 soat, 34% respodentlar esa 1 soatdan kamroq vaqt sarflar ekan. Doimiy ravishda, asosan amaliy darslarga tayyorlanishda, shuningdek, sinov vaqtida auditoriyadan tashqari mustaqil ishlar bilan 61% talabalar shug‘ulanishadi. Mustaqil ishlar intensivligi o‘quv yarim yilligi (semestri) oxirida, ya’ni sinov davrida oshadi. Yakuniy sinov davrida aksariyat (86%) talabalar kuniga 8 soatdan ko‘proq shug‘ulanadi.

Mustaqil ta’lim olish talabalar tomonidan aksariyat hollarda o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlaridan foydalanish asosida uy, yotoqxona sharoitida (74%) olib boriladi. Ma’lum bir qism (26%) talabalar esa o‘quv yurti o‘quv zallarida shug‘ullanadilar.

Ko‘pchilik hollarda talabalar mustaqil ta’lim olish sharoitidan qoniqmas ekan: oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazi fondi (70-80% atrofida), darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik (65% talabalar). Bu esa, afsuski, o‘quv-uslubiy materiallar nashr etish ishlarini jadallashtirish an’anasi o‘sganligiga qaramay hozirgi vaqtda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining, kompyuter o‘quv-muloqot dasturlarining etarli darajada ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘liqdir.

Shunisi e’tiborga molikki, “Siz auditoriyadan tashqari mustaqil ish deganda nimani tushunasiz? - degan savolga javoblarning 46 % ma’ruza konspekti va adabiyotlar bilan ishlash - deb javob bergan bo‘lsalar, 37 % talabalar begonalar yordamisiz mustaqil ishlarni bajarish deganlar. 17 % respodentlar esa bu savolga javob berishga qiyinchilik his qilgan.

Olingan natijalarni tahlil qilish tasdiqlamoqdaki, aksariyat hollarda 1 kurs talabalari auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarish sohasi bo‘yicha etarli bilim va malakalarni egallamaganlar. Kechagi maktab o‘quvchilari aftidan oliy maktabda o‘qishning tashkiliy xususiyatlarini noto‘g‘ri baholaydilar. Ma’lum bir qismi ma’ruza konspekti bilan ishlashni uddalay olmaydi, qiziqqan muammo bo‘yicha adabiyotlarni mustaqil topish va o‘rganishni bilmaydilar.

Tadqiqotda talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishga moyilligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ularning fikriga qaraganda auditoriyadan tashqari mustaqil ish uchun shart-sharoit yaratilgan bo‘lsa quyidagi hollarda zarurdir:



  • ma’lum muammoga o‘ta qiziqish bo‘lganda (34% respodentlar),

  • alohida fanlar bo‘yicha ma’lumotlarni kengaytirish va bilimlarni chuqurlashtirishga qiziqish bo‘lganda (26% respodentlar),

  • o‘qituvchi topshirig‘ini bajarishda, oraliq va yakuniy nazoratga tayyorlanishda (40% respodentlar).

Bironta ham talaba qayd etmadiki, faqat auditoriya darslariga qatnashish mutaxassislar tayyorlashni etarli darajada ta’minlaydi, deb. Ular auditoriyadan tashqari faol mustaqil ishlar zarurligini ta’kidlashdi.

Uchinchi blok savollaridan biri Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishda qanday qiyinchilik sezayapsiz?” - degan savolga javoblarda talabalar quyidagilarni qayd etdilar:



  • mustaqil ishni bajarishda malakaning etishmasligi (48% talabalar),

  • vaqtning etishmasligi (12 % talabalar),

  • auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etish uchun sharoitga ega emasligi (16 % talabalar).

  • bir qancha talabalar (24% talabalar) auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni bajarishda hech qanday qiyinchilik his etmaydilar.

Mustaqil ishlarni faollashtirish zarur va muhim, u professional tayyorgarlikni oshiradi - deb hisoblaydilar talabalar. Bu haqda ulardagi moyillik (motiv) turlicha. 56% respodentlar faqat yakuniy nazoratlarni yaxshi topshirish niyatida, 44% i esa savodxon, ijodkor, tashabbuskor mutaxassis bo‘lish tarafdori.

Talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish ularda mustaqillikni rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni faollashtirishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish uchun “xalaqit beruvchi

omillar”dan foydalanildi. Auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni tashkil

etishda u yoki bu omillarning qay darajada xalaqit berishini baholashga talabalar taklifi bo‘yicha yondoshildi.

Mustaqil ta’lim olishga xalaqit beruvchi omillarni o‘rganish ko‘rsatdiki (1.1-jadval), birinchi o‘rinda kafedra o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan talabalarning mustaqil ishlarini baholashda yagona talab, me’yor va mezonning yo‘qligi namoyon bo‘ldi (eng yuqori o‘rtacha ballni egalladi - 4.97 ball (7 ballik shkala bo‘yicha). Bevosita o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq omil (kafedra o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quv ishi hajmining me’yorda taqsimlanmaganlik) yuqori o‘rinlardan birini egalladi. Bu omil o‘rtacha 4,70 ball bilan ikkinchi o‘rinni ishg‘ol qildi.

Mustaqil dars, binobarin, auditoriyadan tashqari mustaqil ishni faollashtirish, Shuningdek, o‘quv yuklamasining teng taqsimlanmaganligi “xalaqit qiladi” (4,46–5-o‘rin), o‘quv nazoratining davomiy emasligi (3,13 – 9 o‘rin).

Talabalar shaxsiy faoliyati bilan bog‘liq omillar quyidagicha taqsimlandi: topshiriqning o‘z vaqtida bajarilmasligi (4,65–3 o‘rin), ma’ruzani o‘z vaqtida takrorlamaslik (4,47–4-o‘rin), mustaqil dars uchun vaqtni rejalashtira bilmaslik (4,31–6 o‘rin), konspektlashtirish ko‘nikmasini yomon egallaganlik (3,87–7 o‘rin), o‘z ishini nazorat qilabilmaslik (3,50 – 8 o‘rin).

Olingan natijalar quyidagi 1.1-jadvalda aks etdi:

1.1-jadval.


Download 185,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish