va usullari xakida bir chiroyli risola yozishni buyuradi. Asar uzidan avval
utgan podshoxlar tarixi va xayoti tugrisida xam xikoya kilishi zarur edi.
SHuningdek. Risola shunday yozilsinki, davlatni boshkarish ishida dastur
vazifasini bajarsin, deb kursatma berdi Malikshox.
Olimlar urtasida boshlangan musobakada
Nizom ul mulk uzining
Ushbu asari Bilan katnashadi va uning bu kitobi podshoga manzur buladi.
Kotib muxammad Magribiyning sa‟i - xarakatlari tufayli asar bizgacha yetib
kelgan.
Nizom ul – mulk uzining « Siyosatnoma » asarida shox va xokimlarni
davlatni boshkarishda odil va insofli, xalol va imonli bulishga, mamlakatda tartib
– intizom urnatib. Xalk osoyishtaligi, farovonligi va totuvligini ta‟minlashga
da‟vat etadi.
Davlat boshlig, vazir va xokimlarni ezgu ishlarga chakirar ekan,
muallif turli badiiy tasvirlar , maxorat bilan ishlangan xikoyalar va rivoyatlar
orkali kishi dikkatini jalb etishga intilgan.
Mamlakatda adolat xukm surishi Nizom ul – mulk nazarida davlat
boshligi podsho faoliyatiga boglik. « Podshox xaftada ikki kun zulm
kurganlarni kabul kilib,
zolimlarning dodini berib , jazolab va rayat suzlari ni
bevosita eshitib borishi kerak… Agar xudovondi podshox dodxoxlarni oldiga
chakirib, xaftada ikki marotaba ularning suzlarini eshitadi va zolimlarning
jazosini beradi, degan xabar mamlakatga tarkalsa, unda zolimlar okibatini uylab,
kurkib bedodlik kilmaydilar.»
1
Nizomul – mulkning xikoyatlarida adolat va saxovat,
xayr - saadaka,
nochor, noiloj kishilarga madad berish, beva – bechoralar, mayib va nogironlarga
xazinadan nafaka ajratish va insonlarning xukuklarini ximoya kilish kabi ezgu
goyalar ilgari suriladi. Buni karangki, urta asrlarda Nizom ul mulk kalamga
olgan adolat tamoyillari bugungi kunda xam uz axamiyatini yukotgani yuk.
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning
mazmuni aynan Nizom ul
mulk e‟tirof etgan adolat, mexr – shafkat tamoyillariga asoslanadi.
Muallif uz asarida davlat boshligi bulmish podshox amaldorlarni tugri tanlay
bilishi kerak , deydi. « Amaldorlarni tugri tanlab, ularga kullaridan keladigan
ishlar va vazifalarni topshirishi,
bir kishiga bir amal berib, undan itoat va ijro
fazilatini kutish davlat boshkaruvining asosiy talablaridandir. Xaar bir ishda
amaldorlarning maslaxat Bilan ish kurishlari kuzda tutiladi. « Ummol (
zakotchilar ) ga biror amal berar ekanlar, xalk Bilan yaxshi yashab. Yaxshi
muomulada bulib, ulardan xirojdan boshka solik talab kilmaslik yul – yurigini
kursatadilar. Xirojni xam shunday
yul Bilan talab kilsinlarki, odamlarga ziyon
yetmasin. Solik uz vaktidan oldin olinsa, ray‟atga ranju azob yetadi,ular
majburlikdan mol- davlatlarini yarim baxoda sotib, uy – joylarini tashlab, avvora
va sarsonlikda gariblikka mubtalo buladilar ».
Do'stlaringiz bilan baham: