Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi
Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin bo`lgan tovarlar sonidir. Biz ko`rishimiz mumkinki, talab miqdori ko`p omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi o`rin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20$ gacha ko`tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz ko`proq pufakchalarni xarid qilasiz. Iqtisodiyotda ko`p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o`zaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko`tarilsa unga bo`lgan talab miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo`lgan talab miqdori ko`payadi.
Birinchi rasmda Katerina har oyda nechta muzqaymoq va qanday narxda sotib olishi ko`rsatilgan. Agar muzqaymoq tekin bo`lsa, Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ bo`lsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni ko`tarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni
xarid qilishni to`xtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida bo`lmagan tovarning narxi va talab miqdori o`zaro munosabatini ko`rsatadi.
Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal o`qida ko`rsatiladi, talab miqdori esa gorizontal o`qida ko`rsatiladi. Pastga qarab ketayotgan chiziq narxni va talab miqdorini o`zaro bog’laydi va u talab egri chizig’i deb nomlanadi.
Bozor talabi individual talabga qarshi
Birinchi rasmda talab egri chizig’i mahsulotga bo`lgan individual talabni aks ettiradi. Tahlil uchun biz bozor talabiga, ya’ni aniq bir tovar yoki xizmatga bo`lgan individual talablarning yig’indisiga ta’rif berishimiz kerak.
Ikkinchi rasmdagi jadvalda shu bozorning ikkita sub’ekti; Katerina va Nikolasning muzqaymoqqa bo`lgan talabi ko`rsatilgan. Katerinaning talab grafigi u aniq bir narxdagi muzqaymoqni qaysi miqdorda xarid qilishini ko`rsatadi. Nikolasning talab grafigi esa u qancha muzqaymoqni sotib olishini ko`rsatadi. Har bir narxdagi bozor talabi ikkita sub’ektning talabini yig’indisini ifodalaydi.
Ikkinchi rasmdagi grafikda shu ikkita talab grafikiga tegishli egri chiziq ko`rsatilgan. Shunga e’tibor beringi, bozor talabi egri chiziqini olish uchun biz gorizontal holatda individual talabni ja’mini olamiz. Ya’ni, har bir narxda bo`lgan umumiy talab miqdorini olish uchun biz xar bir individual talab egri chizig’ining gorizontal o`qida joylashgan yakka ko`rsatkichlarni jamlaymiz. Bizni bozorning ishlashini tahlil qilish qiziqtirgani uchun, biz ko`pincha bozor talabining egri chizig’i bilan ishlaymiz. Bozor talabining egri chizig’i tovarga bo`lgan umumiy talab miqdori narxlar o`zgarishi va boshqa doimiy sharoitlardagi o`zgarishini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |