Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet16/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Bozorlar va raqobat


Talab va taklif tushunchalari odamlarning o`zini tutishiga va ularning o`zaro ta’siriga taalluqlidir. Sotuvchi va xaridorlarni o`zini tutushini muhokama qilishdan avval biz bozor va raqobatchilik iboralarini chuqur o`rganib chiqishimiz shart.


Bozor nima?




Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarni xarid qiluvchilar va sotuvchilar guruhidir. Bir guruh xaridorlar tovarga talab miqdorini belgilaydi va bir guruh sotuvchilar tovar taklifini belgilab beradi.


5Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining IV bobi asosida tayyorlangan. 65-88 bet
Bozor ko`p shaklga egadir. Ayrim hollarda ular, masalan, ko`plab qishloq xo`jaligi mahsulotlari bozorlarida yuqori darajada tashkil etilgan bo`ladi. Bunday bozorlarda sotuvchi va xaridor muayyan vaqt va muayyan joyda uchrashadilar va kim-oshdi savdosida narxlar belgilanadi.
Ammo ko`pincha bozorlar kerakli darajada tashkil etilgan bo`lmaydi. Masalan, muayyan bir shaharda muzqaymoq savdosini ko`rib chiqaylik. Xaridorlar muayyan bir joyda uchrashmaydilar. Sotuvchilar har­xil joyda bo`ladilar va har-xil tovarni taklif qiladilar. Bu yerda kim-oshdi savdosi bo`lmaydi. Har bir sotuvchi o`zi narxni belgilaydi va xaridor qanaqa va qayerda muzqaymoq olishni o`zi hal qiladi. Shunga qaramay, bu holda ham sotuvchi va xaridor o`zaro bog’langan. Muzqaymoq xaridorlari ko`p sotuvchilar ichidan o`zining ehtiyojini qoniqtiradiganini tanlaydilar, sotuvchilar esa o`z o`rnida yaxshi savdo uchun xaridorlarni qiziqtirishga harakat qiladilar. Shunday qilib, qandaydir tashkilotchilik mavjud bo`lmasligiga qaramay, bozorni sotuvchi va xaridor shakllantiradi.

Raqobat nima?


Muzqaymoq savdosi, iqtisodiyotdagi ko`pchilik bozorlarga o`xshab, yuqori raqobat qobiliyatiga ega. Har bir xaridor bir necha sotuvchilar ichidan tanlash mumkinligini biladi va har bir sotuvchi uning mahsuloti boshqa sotuvchilarning mahsulotlari bilan bir xilligini anglaydi. Natijada, har bir muzqaymoq narxi va soni birgina xaridor yoki sotuvchi bilan aniqlanmaydi. Aksincha, har bir muzqaymoq narxi va soni barcha sotuvchilar va xaridorlarning o`zaro ta’siri bilan aniqlanadi.


Iqtisodchilar raqobatdosh bozor iborasini o`zida ko`plab sotuvchi va xaridorlarni jamlagan bozorni tavsif etish uchun
ishlatadilar. Har bir sotuvchining narx bilan nazorat qilishi cheklangan, chunki boshqa sotuvchilar ham shunga o`xshash
bo`lgan mahsulot bilan savdo qilishadi. Sotuvchida narxni pasaytirishga asosli sabab yo`q, ammo u kishi narxni birdan ko`tarsa, xaridorlar mahsulotni boshqa joyda xarid qiladilar. Taqqoslab aytganda, biron bir xaridor narxga o`z ta’sirini ko`rsata olmaydi, chunki ulardan har biri arzimas sonda mahsulotni xarid qiladi.
Bu bobda biz shartli ravishda barcha bozorlarni raqobatdosh deb hisoblaymiz. Bu yuqori shaklga erishish uchun bozor ikkita xususiyatga ega bo`lishi kerak: 1) savdoga taklif qilingan mahsulotlar bir xil bo`lishi shart; 2) sotuvchi va xaridorlarni soni shunchalik ko`p bo`lishi kerakki, ular narxga hech qanday ta’sir ko`rsatishlari kerak emas. Har bir sotuvchi va xaridor mutlaqo raqobatdosh bozor o`rnatgan narxni qabul qilishga majbur bo`lgani uchun, ular narxga o`z ta’sirini ko`rsatmaydigan, iqtisodiyot sub’ektlari deb ko`riladi. Bozor narxiga xaridorlar xohlagan narsasini sotib oladilar, sotuvchilar esa xohlagan narsasini sotadilar.
Ba’zi bir bozorlarni mutlaqo raqobatdosh deb hisoblash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bozorda minglab bug’doy sotuvchilari va uning minglab xaridorlari mavjud. Ular jiddiy ravishda narxga o`z ta’sirini ko`rsatmasligini hisobga olgan holda, bozorning har bir ishtirokchisi narxni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilishga majbur.
Ammo, barcha tovar va xizmatlar ham raqobatdosh bozor sharoitda sotilmaydi. Ba’zi bozorlarda faqat bitta sotuvchi mavjud va u narxni aniqlaydi. Bunday sotuvchi monopolist deb nomlanadi. Misol uchun, sizning mahalliy kabel telekompaniyasi monopolist bo`lishi mumkin. Sizning shahringizda istiqomat qiluvchilar shu xizmatni taqdim qiladigan faqat bitta kabel telekompaniyasi mavjud bo`lgani uchun uni tanlashlari mumkin. Lekin boshqa bozorlar mutlaqo raqobatdosh bozor va monopoliya orasida joylashgan.
Dunyo bozorlari ko`p ko`rinishga ega bo`lganiga qaramay, barcha bozorlarni mutlaqo raqobatdosh bozor deb hisoblash qulay soddalashtirishdir. Mutlaqo raqobatdosh bozorni tahlil qilish osondir, chunki uning har bir ishtirokchisi bozor sharoitida narxni qanday shakllashtirsa, shunday qabul qiladi. Shuni aytib o`tish lozimki, har bir bozorni qaysidir ma’noda raqobatdosh deb hisoblasa bo`ladi, shu yo`lda biz mutlaqo raqobat sharoitida talab va taklifni o`rganishdan kelib chiqqan xulosalarni murakkabroq bozorlarga ham qo`llashimiz mumkin.
    1. Talab


Biz bozorlarni o`rganishni xaridorlarning o`zini tutishini o`rganib chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish