Qisqacha xulosalar
Qarorlar qabul qilishda bir maqsadni boshqa bir maqsad bilan qarama-qarshi qo`yish talab etiladi.
Insonlar tomonidan ongli ravishda qarorlarni qabul qilishida tanlovning zaruriyati muqobil harakat yo`llarining xarajatlari va ne’matlarni solishtirishni talab etadi.
Oqil odamlar o`z maqsadlariga erishish uchun iloji bo`lgan hamma imkoniyatlardan foydalanishadi.
Rag`batlantirish bu insonni kelajakda jazo yoki mukofot olishga undovchi xatti-harakatidir. Chunki, oqil odamlar foyda va xarajatlarni solishtirib qaror qabul
qilishadi va ular rag’batlantirishlarga ta’sirchandirlar. Mikroiqtisodiyotni o`rganishda bu rag’batlar markaziy rol o`ynaydi.
Boshqalar bilan savdo qilish odamlarni tovarlar va xizmatlarni past narxlarda turli - tumanini sotib olishlariga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy faolyatni samarali tashkil etadi va umumiy iqtisodiy faravonlikka olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti shaxslarni mulk huquqi va noyob resurslarni nazorat qilish uchun institutlarga muhtojdir. Shu sababli, mulk huquqlarini amalga oshirish uchun individual shaxlarning o`zi nazoratda bo`ladi.
Tayanch so`z va iboralar: tamoyil, tanlov, rag`bat, tenglik, samaradorlik, savdo, bozor inqirozi, tashqi ta`sir.
Nazorat savollari
Iqtisodiyotning qanday tamoyillarini bilasiz?
Iqtisodiyotning qaysi tamoyillari mikroiqtisodiyotga, qaysilari makroiqtisodiyotga tegishli?
Odamlar tanlovni qanday amalga oshiradilar?
Firmalar tanlovni amalga oshirishda nimalarga e`tibor qaratadilar? 5.Rag`batlar deganda nimani tushunasiz?
Nima uchun bozor eng yaxshi yo`l sifatida qaraladi?
Davlat bozor muammolarini qanday hal etishi mumkin?
Makroiqtisodiyotga xos bo`lgan tamoyillarga qanday tamoyillarni kirinish mumkin? Javobingizni izohlang.
III-BOB. TALAB, TAKLIF VA BOZOR MUVOZANATI5.
Floridada keskin sovuq tushganda butun mamlakat bo`yicha apelsin sharbatining narxi oshadi. Har yoz Yangi Angliyada iliq havo bo`lganda, Karib orollaridagi mehmonxonalarda ijara narxi keskin tushadi. Yaqin Sharqda urush boshlangan paytda, AQSh davlatida benzin narxi oshadi. Bu hodisalarni nima birlashtiradi? Ularning barchasi talab va taklif ishlashini namoyon etadi.
Talab va taklif – bu dunyo iqtisodchilari tomonidan eng ko`p ishlatiladigan ikki so`z bo`lib va buning o`z sababi bor. Talab va taklif bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuchlardir. Ular ishlab chiqarilayotgan tovarning sonini va uning sotiladigan narxini aniqlashadi. Agar siz qanday qilib qaysidir hodisa yoki siyosiy choralar iqtisodiyotga ta’sir ko`rsatishini tushunmoqchi bo`lsangiz, birinchi navbatda siz ular qanday qilib talab va taklifda o`z aksini topishini tushunishingiz kerak.
Bu bobda talab va taklif nazariyasi taqdim qilingan. Unda sotuvchi va xaridorning o`zini tutishi va ularning o`zaro ta’siri ko`rib chiqilgan. Shuningdek, bu yerda talab va taklifning bozor iqtisodiyotida narxlarni belgilash mexanizmi va bu narxlar iqtisodiyotning taqchil manbalariga qanday ta’sir ko`rsatishi aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |