Oqil odam chegarani o`ylaydi
Iqtisodchilar odatda odamlarni idrokli ekanligini taxmin qilishadi. Oqil odamlar o`z maqsadlariga erishish uchun iloji bo`lgan hamma imkoniyatlardan foydalanishadi.
Oqil odamlar kamdan kam hollarda hayot qonunlarini oq va qora deb bilishadi. Imtihonlar bo`ladigan vaqtda talabalarning qarorlari imkoniyatlarini qo`ldan boy bermay 24 soat mobaynida o`rganish, ammo qo`shimcha soatlarini televizor ko`rish o`rniga ma`ruza va boshqa zarur o`quv materiallarni qaytadan ko`rib chiqishga sarflaydilar. Bunda mikroiqtisodiyotda “chekli o`zgarishlar” atamasi biron bir rejaning holatini kichik o`zgartirishda qo`llaniladi. Shuni yodda tutingki, chekli “chekka” so`zining ma’nosi, siz nima qilayotganligingizning chegaralari doirasidagi chekli o`zgarishlardir. Oqil odamlar ko`pincha chekli foyda va chekli xarajatlarni solishtirish orqali qaror qabul qiladilar.
Masalan, havo yo`llari korxonasi yo`lovchilarning chipta haqi qanchaligi, kim muntazam ucha olishi kabilarni o`rganib chiqqan. Uchish jarayonida faraz qiling 200 ta joy xarajatlari 100 000 AQSH dollari bo`lsin. Bu holda har bir joy uchun
o`rtacha chipta narxi 100 000/200, qaysiki har bir joyga 500 dollardan to`g’ri keladi. Bu havo yo`llari kompaniyasi chiptalarni kamida 500 dollardan sotadi, deb xulosa qilishimiz mumkin. Aslida, oqil havo yo`llari kompaniyalari ko`pincha o`z daromadlarini chekli darajasini o`sirish yo`llarini topishni o`ylaydi. Tasavvur qiling, samolyot 10 ta bo`sh joy bilan havoga ko`tarilayapti, o`tirgan yo`lovchilar joy uchun 300 $ dan to`lashmoqchi, havo yollari kassasi chipta sotadimi? Albatta sotadi. Agar samolyot joylari bo`sh bo`lsa, yana bir necha yo`lovchiga xarajatlar oz miqdorda qo`shiladi. Garchi o`rtacha uchish narxi 500 $ ni tashkil etsa ham, qo`shimcha yo`lovchining chekli xarajati u iste’mol qilgan 1 paket yong’oq va ichilgan 1 banka sodali suv qiymatidan ortiq bo`lmaydi. Uzoq muddat kutgan yo`lovchi chipta sotib olish uchun chekli xarajatni ko`proq to`laydi.
Chekli qaror qabul qilish, ba’zi holda ajoyib iqtisodiy tushuntirib berish hodisasiga yordam beradi. Mana klassik savol: Nima uchun suv bunchalik arzon, oltin bunchalik qimmat? Odamlar yashash uchun suvga muhtojdir, bunda oltin keraksizdir; ammo ba’zi sabablarga ko`ra, odamlar bir piyola suvga qaraganda, oltin uchun ko`proq to`lashni xohlaydilar. Sababi, har bir shaxsning xohish istaklari har bir keyingi chekli mahsulot unga keltiradigan foydaga asoslangandir. Chekli foyda shaxs yana qanchalik ko`p birlik mahsulotga egaligiga bog’liq. Suv muhim, ammo suvning mo`l ko`lligi tufayli bir stakan suvning chekli foydasi kichik. Solishtiradigan bo`lsak, hech kim jon saqlab qolish uchun oltinga muhtoj emas, ammo oltin juda noyobligi tufayli odamlar oltinning chekli foydasi juda ko`p miqdorda bo`ladi, deb biladilar.
Agar chekli foyda chekli xarajatlardan ortiq bo`lsagina, oqilona qaror qabul qilinadi. Bu tamoyil nima uchun havo yollari kompaniylari chiptasini o`rtacha xarajatlardan past narxda sotadilar va nima uchun odamlar suvga nisbatan oltinga ko`proq narx to`lashayapti kabi savollarga javob beradi. Bu cheklilik qoidasiga ko`nikish biroz vaqtni talab qilishi mumkin, lekin mikroiqtisodiyotni o`rganish insonlarga amaliyotda keng imkoniyatlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |