Tayanch so`z va iboralar: mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, ehtiyoj, resurs, muqobil qiymat, ijtimoy ne’mat, bozor, optimallashtirish.
Nazorat savollari
Qanday vaziyatda iqtisodiy tizim barqaror va muvozanatli deb tushuniladi?
Mikroiqtisodiyotning asosiy belgisi va afzalligi nimadan iborat? 3.Mikroiqtisodiyot fani nimani o`rganadi?
4.Mikroiqtisodiy nazariyaning qanday ko`rinishlari mavjud? 5.Muqobil qiymat va murosali tanlov tushunchalari nimani anglatadi?
Oqilona ishlatish tamoyili qanday fikrni o`zida ifoda etadi?
Bozor tizimida noyob ne’matlar muammosi qanday tamoyillar asosida echiladi?
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalari qanday hal etiladi?
II BOB. IQTISODIYOTNING O`NTA TAMOYILI 4
Iqtisodiyotni o`rganishning ko`plab sohalari mavjud bo`lib, ulardan biri mikroiqtisodiyot hisoblanadi. Iqtisodiyotni bir necha asosiy g`oyalar birlashtiradi. Bu bobda biz iqtisodiyotning o`nta tamoyilini va ularning mikroiqtisodiyotga bog`liq tomonlarini ko`rib chiqamiz.
Odamlar tanlovga duch keladilar
Iqtisodiyotning birinchi tamoyili odamlarning tanlovni amalga oshirish jarayoniga taalluqli bo`lib, bu tamoyil mikroiqtisodiyotda ham keng qo`llaniladi. Bu tamoyilning mazmuniga e`tiborimizni qaratamiz. O`zimiz yoqtirgan bir narsaga erishishimiz uchun, odatda biz o`zimiz yoqtirgan boshqa narsadan voz kechishimizga to`g’ri keladi. Qarorlar qabul qilishda bir maqsadni boshqa bir maqsad bilan qarama-qarshi qo`yish talab etiladi. Keling bir talabani o`zining eng qimmatbaho resursi bo`lgan vaqtini taqsimlash muammosini hal etishini ko`rib chiqaylik. U o`zining hamma vaqtini iqtisodiyotni o`rganishga, yoki hamma vaqtini psixologiyani o`rganishga sarflashi, yoki ikkala fanni o`rganish o`rtasida teng sarflashi mumkin. U bir fanni o`rganish uchun sarflagan har soati, uni shu soatni boshqa fanni o`rganishi uchun sarflash imkoniyatidan mahrum qiladi, shuningdek u bu soatda o`rganayotganligi tufayli, u boshqa shu soatda qilinishi kerak bo`lgan mudrash, velosiped haydash, televizor ko`rish va vaqtbay hisobiga pul topishdan voz kechadi.
Yoki ota onani oila a’zolari o`rtasida daromadni qay darajada taqsimlashiga e’tibor qarataylik. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki oila bayramlariga xarajat qilishadi. Yoki ular oila daromadlarini bir qismini nafaqa yoki bolalari kelgusida ta’lim olishiga saqlashlari mumkin.
Qachonki odamlar jamiyatga kirishganda ular turli xil qarorlarga duch kelishadi. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni qiymati oshishiga atrof muhitni himoyalashga firmalar o`z resurslarini bir qismini yo`naltirishini ko`zda tutuvchi qonunlar olib keladi. Yuqori narxlar tufayli bu firmalar kamroq oylik to`laydi, kamroq foydada ishlaganlari uchun yuqoriroq narxlarni belgilaydilar, yoki har
4 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining I bobi asosida tayyorlangan.
uchchalasini birlashtiradilar. Shunday qilib ifloslanishni tartibga solish, toza atrof muhitni yo`lga qoyish natijasida salomatlikni yaxshilab, u fermerlar, boshliqlar, ishchilar va xaridorlar o`rtasida daromadni past darajadagi qiymatini tartibga soladi. Yana bir farq jamiyat samaradorligi va tenglik o`rtasidadir. Samaradorik bu jamiyat cheklangan resurslardan eng yuqori foydani olishidir. Tenglik jamyat a’zolari o`rtasida o`sha foydalarni teng taqsimlash demakdir.
Odamlarni qaror qabul qilishga tanlash tanishtirilganda, ular bizlarga qanday qaror qabul qilishlarini aytishadi. Talaba psixologiyani o`qishni to`xtatdi, chunki iqtisodiyotni o`qishni foydali deb topib, o`qishni kuchaytirdi. Jamiyat tabiatni himoya qilishni to`xtatmaydi, chunki tabiatni tartibga solish bizning yashash tarzimizdagi materiallarni kamaytiradi. Shunday qilib iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo`lgan mikroiqtisodiyotni o`rganish, hayot tanlovlarini tan olish bilan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |