Keys stadi. Mehnat taklifiga daromad ta’siri: tarixiy yo`nalishlar, lotereya g'oliblari vakarnegi taxmini
Orqaga yo`nalgan mehnat taklifi egri chizig`i g'oyasi dastlab oddiy nazariy qiziquvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas. Dalillar mehnat taklifi egri chizig`i uzoq vaqt davomida orqaga yo`nalishiniko`rsatadi. Yuzyil avval, ko`p odamlar bir haftaolti kun ishlashgan. Bugungi kunda, haftabesh kunlik ish norma. Shu bilan birga ish haftasi uzunligi kamayib,tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya o`zgarishi bilan) ortib bormoqda.
Bu yerda iqtisodchilar bu tarixiy voqeani qanday tushunti-rishadi: Vaqt o`tishi bilan texnologiya ishchilar samaradorligini va, shunday qilib, mehnatgatalabni oshirdi. Mehnatgatalab ortishi muvozanat ish haqini ko`tardi. Ish haqi ko`tarilishi, mehnat uchun mukofot bo`ladi. Biroq, juda ko`p mehnatni rag'batlantirishga javoban, ishchilar ko`proq hordiqni tanlashadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, yuqori ish haqining daromad ta'siri almashtirish ta'siridan baland bo`ladi.
Mehnat taklifiga daromad ta'siri kuchli ekanligini yana boshqa dalillari juda ko`p, masalan: lotereyalar g'oliblari. Lotereyada yirik mukofotlar sovrindorlari, daromadlarini o`zgarishi natijada ularning byudjet sig`imini tashqariga siljitadi. G'oliblarining ish haqi o`zgarmagani sababli ularning byudjet sig`imi o`zgarmay qoladi. Shuning uchun almashtirish ta'siri yo`q. Lotereya g'oliblarini xatti-harakati o`rganilib, biz mehnat taklifiga daromad ta'sirini izolyatsiyalashimiz mumkin.
Lotereya g'oliblarini o`rganish natijalari ajoyib bo`ladi. O`sha g'oliblardankim50000 $ dan ortiq yutsa, deyarli 25 foizi bir yil ichida ishlashni kamaytiradi va boshqa9 foizi mehnat soati sonini kamaytiradi. Yana $ 1 milliondan ortiq yutuq g'oliblarining deyarli 40 foizi ishlashni to`xtatadi. Bunday katta yutuq mehnat taklifiga daromad ta'siri sezilarli bo`ladi.
Huddi shunday natijalar 1993 yilda Quarterly Journal ofEconomicsjurnalida chop etilganvasiyat olish qanday qilib shaxsning mehnat taklifiga ta'sir qilishini o`rganishda topilgan. Tadqiqot bir kishi$ 150,000 danortiq meros olsa,$ 25,000 dan kammeros olgan shaxsdan ko`ra to`rt marta ko`p ishlashni to`xtatadideganehtimoli topildi. Ushbu topilma 19-asr sanoatchisi Endryu Karnegi
hayron qoldirmadi. Karnegi "Odatda o`g'liga ulkan boylik qoldirgan ota- onao`g'lining iqtidori va kuchini o`ldiradi, va uni foydasiz va kam munosib hayot kechirishga olib keladi." deb ogohlantirgan.
Bu Karnegi mehnat taklifigadaromad ta'sirini sezilarliligini vauning otalik nuqtai nazardan qayg'ulidir.Karnegi hayoti davomida va vafotidan keyino`zinig ulkan boyligidan ko`p sadaqa berdi. ●