Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet184/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Salbiy tashqi ta’sirlar


Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab, bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir ko`rsatadi?

Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun harajati alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir alyuminiy birligi uchun ijtimoiy harajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy
harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi. Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner) nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga olishini tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan (ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Qbozor ijtimoiy maqbul miqdor – Qmaqbul dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx beradi. Bu esa, ya’ni Qbozor da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.

Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o`z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki soliq ularni tashqi harajatlarini ham to`lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab chiqaruvchilarga qo`yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat Iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish