Tayanch so`z va iboralar: ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli mahsulot qiymati kapital.
Nazorat savollari
Mehnat bozoridagi ikki tomonlama Monopoliya
Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi
Iqtisodiy renta
Nominal va real daromadlar
Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi
Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati
Djin koeffitsienti
Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada?
Loyihalarni baholashda inflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi?
Yer bozorining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Yerning narxi qanday hisoblanadi?
Yer rentasiga izoh bering.
XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Qog`oz ishlab chiqarish va sotish firmalari ishlab chiqarish jarayonida shuningdek dioksin deb ataluvchi kimyoviy birikmani yaratdilar. Olimlar dioksin atrof-muhitga chiqarilishi, aholi o`rtasida saraton, tug`ilishdagi nuqsonlar va boshqa sog`liq bilan bog`liq muammolar xavfini oshiradi, deb hisoblaydilar.
Dioksin ishlab chiqarish va uning atrof-muhitga chiqishi jamiyat uchun muammomi? Biz bozorlar kamyob resurslarni talab va taklif kuchlari yordamida qanday taqsimlashini o`rgandik va biz talab hamda taklifning muvozanatida odatda resurslar samarali taqsimlanishiga ishonch hosil qildik. Adam Smitning mashhur metaforasidan foydalansak, bozorning “ko`rinmas qo`li” o`z manfaatini ko`zlovchi sotuvchi va xaridorlarni jamiyat oladigan umumiy foydasi maksimallashadigan bozorga olib keladi. Bu qarash Iqtisodiyotning o`nta tamoyilidan biriga asoslangan: odatda bozor- iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning yaxshi yo`lidir. Shuning uchun biz “ko`rinmas qo`l” qog`oz bozoridagi firmalarning juda ko`p dioksin chiqarishiga yo`l qo`ymaydi degan xulosaga kelishimiz kerakmi?
Bozorlar ko`p ishlarni yaxshi bajaradi, lekin hamma ishlarni emas. Bu bobda biz iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining yana birini o`rganishni boshlaymiz: ba'zan hukumat bozor faoliyati natijalarini yaxshilash imkoniyatlariga ega. Biz bozorlar resurslarni samarali taqsimlashda nega ba’zan muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, hukumat siyosati bozor taqsimotini potensial ravishda qanday yaxshilashi mumkinligi va qaysi siyosat shakllari eng yaxshi ishlashini ko`rib chiqamiz.
Bu bobda ko`rib chiqiladigan bozor muvaffaqiyatsizliklari tashqi ta’sirlar deb ataluvchi umumiy turkum ostida bo`ladi. Bir kishi faoliyati boshqa kishi farovonligiga ta'sir qiladigan va bunda bu ta'sir uchun na haq to`laydigan va na uni qoplay oladigan vaziyatda tashqi ta’sir kelib chiqadi. Agar kishiga buning ta’siri yomon bo`lsa, bu salbiy tashqi ta’sir deb ataladi. Bu foydali bo`lsa, u ijobiy tashqi ta’sir deyiladi. Tashqi ta’sirlar mavjud paytda, bozor faoliyatining natijalarida jamiyat manfaati bozor ishtirokchilari bo`lmish sotuvchi va xaridorlar farovonligidan ham oshadi hamda bozorning bilvosita ta’sirida bo`lgan boshqa
kishilarning farovonligini ham o`z ichiga oladi. Sotuvchi va xaridorlar talab yoki taklif hajmi haqida qaror qabul qilishda o`z faoliyatlarining tashqi ta'sirlariga beparvo bo`lganligi sababli, tashqi ta’sirlar bo`lganda bozor muvozanati samarali hisoblanmaydi. Ya'ni, muvozanat, butun jamiyat uchun umumiy foydani maksimallashtirishga imkon bermaydi. Masalan, atrof-muhitga chiqarilgan dioksin, salbiy tashqi ta’sir bo`ladi. Qog`oz firmalari o`z manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladigan ifloslantirish harajatini to`liq ko`rib chiqmaydi va qog`oz iste'molchilari ham ular xarid qilish to`g`risidagi qarorlari natijasida qo`shiladigan ifloslantirish harajatini to`liq ko`rib chiqmaydi. Shuning uchun, hukumat buning oldini olmaguncha, firmalar juda ko`p chiqindilar chiqaraveradi.
Bozor muvaffaqiyatsizliklari bilan shug`ullanuvchi siyosiy chora-tadbirlar kabi tashqi ta’sirlar ham ko`p shakllarda keladi. Mana bir necha misol:
Avtomobildan chiqadigan tutun salbiy tashqi ta’sir, chunki bu boshqa odamlar nafas oladigan havoni zaxarlantiradi. Bu tashqi ta’sir natijasida, haydovchilar juda ko`p havoni ifloslantiradilar. Bu muammoni hal qilish uchun federal hukumat avtomobillar uchun ifloslantirish me'yorlarini o`rnatishga harakat qiladi. Bundan tashqari, haydovchilar sonini kamaytirish uchun benzinga ham soliq joriy etadi.
Tarixiy binolarni qayta ta’mirlash ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki odamlar bu yerda aylanib yurganda bu binolar ifodalaydigan tarix hissi va go`zallikdan bahramand bo`lishi mumkin. Bino egalari ta’mirlashdan so`ng to`liq foyda ololmaydi va shuning uchun ham tezda eski binolarni tark etadi. Ko`pchilik mahalliy hukumatlar tarixiy binolar vayronalarini tartibga solish va ularni qayta tiklash bilan shug`ullanuvchilarga soliq imtiyozlari berish yo`li bilan bu muammoni hal qilish uchun javob topadilar.
Huruvchi itlar salbiy tashqi ta’sir paydo qiladi, chunki shovqindan qo`shnilar bezovta bo`ladi. It egalari shovqinning to`liq harajatini ko`tarmaydi va shuning uchun o`z itlari hurishining oldini olish uchun juda oz ehtiyot choralarini ko`radilar. Mahalliy hukumatlar "tinchlikni bezovta qilish" ni noqonuniy deb bu
muammoni hal qiladilar.
Yangi texnologiyalarni tadqiq qilish ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki bu boshqa odamlar foydalanishi mumkin bo`lgan bilimni yaratadi. Ixtirochilar o`z ixtirolaridan to`liq foyda olishi mumkin emasligi bois, tadqiqot qilish uchun juda kam resurslarini yo`naltirishga moyil bo`ladilar. Federal hukumat ixtirochilarga cheklangan vaqt uchun ularning ixtirolaridan maxsus foydalanish imkonini beradigan patent tizimi orqali qisman bu muammoni bartaraf etadi.
Bu holatlarning har birida, ba’zi qaror qiluvchilar o`z xatti-harakatining tashqi ta'sirini hisobga olmay qoladilar. Hukumat boshqa odamlar manfaatlarini himoya qilish uchun bu xatti-harakatga ta'sir qiladi.