Bu erda qishloq xo`jaligi uchun bo`lgan talab chizig`i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o`zgarmaganda foydalaniladigan erning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o`ynagan.
Noqishloq xo`jalik sohalarining yerga bo`lgan talab chizig`i ham manfiy yotiqlikka ega. Bu erda ham qurilish uchun nafaqat shahar ichidagi erlardan foydalaniladi (ular cheklangan), balki shahar atrofidagi erlardan ham foydalanishga to`g`ri keladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lmagan sohalar uchun erga bo`lgan talab o`sish tendentsiyasiga ega. Ushbu talab o`z ichiga uy-joy qurish uchun bo`lgan talabni, infratuzilma ob’ektlari uchun va sanoat ob’ektlari qurish uchun bo`lgan talablarni oladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo`lganda ko`pchilik ortiqcha pulini er sotib olishga sarflaydi (yerga bo`lgan inflyatsion talab). Shuning uchun ham er boylikni saqlash va uni ortishini ta’minlash ob’ekti sifatida qaraladi. Noqishloq xo`jalik yerlarga talab yerning hosildorligiga bog`liq bo`lmay, ko`proq uning qulay joylashuviga (shaharga yaqin) bog`liqdir. Odatda shahar markazlaridagi yer narxi yuqori bo`ladi, shahar markazidan yiroqlashgan sari esa uning narxi kamayib boradi.
Qishloq xo`jaligi uchun kerak bo`lgan erlarga talab uning hosildorligiga va bu hosildorlikni oshirish imkoniyatlariga, erning joylashuviga (qishloq xo`jalik mahsulotlari iste’molchilaridan uzoqlashish darajasiga) bog`liq.
Qishloq xo`jalik yerlariga talab oziq-ovqat mahsulotlariga bo`ladigan talab bilan belgilanadi. Ma’lumki, oziq-ovqat mahsulotlariga talab noelastikdir. Insonlar oziq-ovqatsiz yashay olmaydilar. Shuning uchun am oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlariga bo`lgan talab, ularning narxi qanchalik oshmasin, kam o`zgaradi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga talabning noelastikligi shuni bildiradiki, ularning taklifini kam miqdorda qisqartirish, mahsulotlar narxini keskin oshib ketishiga sabab bo`lishi mumkin va aksincha, taklifning ko`payishi (hosildor yil kelganda), oziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yer rentasi- cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to`lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko`ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko`rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog`liq bo`lmagan holda oladigan rentadir (absolyut renta K.Marks tomonidan kiritilgan).
Yer rentasini tahlil qilish uchun quyidagi shartlar bajarilgan deb faraz qilinadi:
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot bozor uchun ishlab chiqariladi;
barcha yerlar mukammallashgan bozor sharoitida ijaraga beriladi;
barcha yerlardan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladi;
barcha yerlarning unumdorligi bir xil.
Yer taklifi absolyut elastik bo`lmagani uchun, yer taklif chizig`i vertikal ko`rinishda bo`ladi (27-rasm).
P P3