Vazirligi I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 4,66 Mb.
bet18/225
Sana13.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#661361
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   225
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24

Talab egri chizig’ini siljishi


Talab egri chizig’i boshqa teng sharoitlarda haqqoniy bo`lsa, u vaqt o`tgan sari turg’un bo`lmaydi. Agar nimadir talab miqdorini o`zgartirsa, bu holda talab egri chizig’ining siljishi kuzatiladi. Masalan, deylik, Amerikalik Tibbiyot assotsiatsiyasi odamlar ko`p miqdorda muzqaymoq iste’mol qilishsa, ular uzoq umr ko`rishini aniqlashdi. Bunday kashfiyot talab egri chizig’ini ko`taradi. Har bir paytdagi narxda xaridorlar ko`proq muzqaymoqni sotib olishni hohlaydilar, va shu yol bilan talabegri chiziqi siljiydi.
3 rasmda talab egri chizig’i siljishi aks ettirilgan. Har bir narxdagi talabni ko`paytiradigan har qanaqa o`zgarish, masalan Amerikalik Tibbiyot assotsatsiyasining kashfiyoti, talab egri chizig’ini o`ng tomonga siljitadi va bunday siljish talabni ko`payishi deb nomlanadi. Har bir narxdagi talabni kamaytiradigan xar qanaqa o`zgarish talab egri chizig’ini chap tomonga siljitadi va bunday siljish talabni pasayishi deb nomlanadi.
Talab egri chizig’iga ko`plab o`zgaruvchan omillar o`z ta’sirini ko`rsatadi.
Ulardan eng muhimi shulardir.
Daromad. Agar siz yozda ishingizni yo`qotsangiz, sizning muzqaymoqqa bo`lgan talabingiz qanday o`zgaradi? Umuman olganda u tushadi. Kam foyda olganda sizning jami sarf-xarajatlaringiz kamayadi. Shu nuqtayi nazardan sizning yaxshi tovarlarga bo`lgan xarajatingiz ham kamayadi. Agar daromad
tushganda biror mahsulotga bo`lgan talab tushsa ushbu tovar odatiy tovar
deyiladi.

Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda biror tovarga bo`lgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan ko`ra avtobusga chiqishni ma’qul ko`rasiz.


O`rin bosuvchi tovarlar narxi. Faraz qiling muzlatilgan yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli, ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni kamaytiradi va bu tovarlar o`rin bosuvchi tovarlar deyiladi. O`rin bosuvchi tovarlar asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-dog va gamburger, sviter va ko`ylak, kino chiptasi va video ijarasi.
Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga ko`ra siz undan ko`proq sotib olasiz. Shu sababli siz ko`proq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga bo`lgan talabni oshiradi, bu mahsulotlar to`ldiruvchi tovarlar deyiladi. To`ldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur.
Did. Sizning talabingizni aniqlab beradigan asosiy narsa bu sizning ehtiyojingiz. Agr siz muzqaymoqni yoqtirsangiz uni ko`proq xarid qilasiz. Iqtisodchilar odatda insonlarning ehtiyojini o`rganishga harakat qilishmaydi, chunki ehtiyoj tarixan insonlarning o`ziga xos bo`lib kelgan psixologik kuch hisoblanadi. Ammo iqtisodchilar ehtiyoj o`zgarganda nima bo`lishini tahlil qilishadi.




Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish